Topshiriqlar
1.Kutubxonada mavjud kitobning ayni vaqtdagi holati haqidagi ma’lumotlar bilan ishlovchi dastur yarating.
Har bir kitob quyidagi ma’lumotlardan tashkil topadi:
- UDK nomeri;
- Muallif ismi sharifi;
- Nomi;
- Nashr etilgan sanasi;
- Kitobning kutubxonadagi miqdori;
Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
- kutubxonadagi barcha kitoblar haqidagi ma’lumotlarni ikkilik daraxt ko’rinishida tasvirlash;
- kutubxonaga kelgan yangi kitob haqidagi ma’lumotlarni ro’yxatga qo’shish;
- kutubxonadan chiqarib tashlangan kitob haqidagi ma’lumotlarni ro’yxatdan chiqarib tashlash;
- so’rov bo’yicha kutubxonada mavjud kitoblar haqidagi ma’lumotlarni chiqarilgan yili bo’yicha tartiblab bosmaga chiqarish.
2. Libirentdan qidirish usuliga mo’ljallangan dastur yaratish. Labirent kvadratlardan iborat bo’lgan matrisa ko’rinishda ifodalangan. Har bir kvadrat ochiq ѐki ѐpiq bo’lishi mumkin. Yopiq kvadratga kirish taqiqlangan. Agar kvadrat ochiq bo’lsa unga kirish mumkin, faqat burchakdan emas. Har bir kvadrat matrisadagi koordinatasi bilan ifodalanadi.
Dastur labirent orqali belgilangan joydan kirish kerak. O’tish yo’li qidirilganidan so’ng, topilgan o’tish yo’li kvadratlarning koordinatalari ko’rinishida chiqariladi. Yo’llarni saqlash uchun stekdan foydalaning.
3. Fayl tizimida fayllar kataloglari chiziqli ro’yxat ko’rinishida tasvirlangan.
Har bir fayl uchun katalogda quyidagi ma’lumotlar mavjud:
- fayl nomi;
- yaratilgan vaqti;
- faylga murojaatlar soni.
Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
- fayl katalogining dastlabki formasi;
- fayl katalogini chiqarish;
- yaratilgan vaqti ko’rsatilgan vaqtdan kichik bo’lgan fayllarni o’chirish;
- fayllarni ko’proq murojaat qilinganligi bo’yicha tanlash.
Dastur menyu ѐrdamida ishlashi va kiritish jaraѐnidagi xatoliklarni nazorat qilishi kerak.
4. Kvartira ayirboshlash byurosida kartoteka chiziqli ro’yxat tarzida tashkil etilgan. Har bir kvartira haqidagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
- xonalar soni;
- qavat;
- maydoni;
- manzili;
Dastur quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
- katalogning dastlabki formirovkasi;
- ayirboshlash uchun ariza qabul qilish;
- kartotekalar ichidan keraklisini topish: xonalar soni va qavati mos kelgan va maydoni orasidagi farq 10% bo’lgan kvartiralarni chiqarish va ro’yxatdan o’chirish. Aks holda arizani ro’yxatga qo’shib qo’yish;
- barcha ro’yxatlarni chiqarish.
Dastur menyu ѐrdamida muloqot qilish va kiritish vaqtidagi xatoliklarni nazorat qilishi kerak.
5.Daraxt tugunlari ѐzuvi – haqiqiy sonlar bo’lsin.
Quyidagi ishlarni bajaruvchi prosedura ѐki funksiyani ѐzing:
- bo’sh bo’lmagan darxtda ѐzuv qiymati maksimal ѐki minimal bo’lgan tugunlarni topish;
- daraxtning barcha barglari ѐzuvini chop etuvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |