Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi – tuzilmani tashkil etuvchi elementlar orasidagi munosabatlar ixtiyoriy bo’lib, tuzilmani har bir elementi boshqa ixtiyoriy elementga va aksincha, har bir elementga tuzilmaning ixtiyoriy sondagi elementi murojaat qilishi mumkin. Bundan tashqari, murojaatlar og’irlikga, ya’ni murojaatlar iyerarxik ko’rinishga ega bo’lishi mumkin.
Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi klassifikasiyasi – 1) chiziqsiz bog’langan
ro’yxatlar; 2) daraxtlar; 3); graflar.
Yo’naltirilgan graf (orgraf) - G=(V,E) juftlikka yo’naltirilgan graf (orgraf)
deyiladi, bunda V – tugunlar (elementlar) to’plami, E – esa yoylar (yo’naltirilgan yoqlar),
aniqrog’i tartiblangan munosabatlar to’plami, ya’ni (ν,ω)≠(ω,ν).
Tuzuvchi: t.f.n.B.B.Akbaraliyev 4
Orgrafda yo’l – orgrafda v1 va vn tugunlar orasidagi yo’l deb, shunday v1, v2,…, vn tugunlar ketma-ketligi aytiladiki, bunda v1 → v2, v2→v3, … , vn-1→vn yoylar mavjud bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |