O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya Instituti


- rasm. Zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan tuzilmasining fazoviy



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana27.11.2019
Hajmi0,53 Mb.
#27477
1   2   3   4
Bog'liq
ozbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi va xususiyatlari


2- rasm. Zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan tuzilmasining fazoviy 

piramidal shakldagi modeli

9

 

Shunday  qilib,  zamonaviy  mulk  to‘g‘risidagi  multifanni  piramida  shaklida 

yuqorida  ko‘rsatilgan  nazariyalarni  garmonizatsiyalashtirish  g‘oyasiga  asoslangan 

holda zamonaviy mulk to‘g‘risidagi multifan tuzilmasini 2-rasmda berilgan nazariyalar 

kompleksini  ifodalovchi  fazoviy  piramidal  shakldagi  model  ko‘rinishida  keltirish 

mumkin. 


Bu modelda:  

QN - qiymat nazariyasi;  

NN - narx nazariyasi;  

MN - mulk (ne‘mat) nazariyasi;  

AN - qimmat nazariyasi;  

BRN-boshqarish va regulyatsiya qilish nazariyasi. 

Umuman  olganda,  zamonaviy  mulk  (ne‘mat,  boylik)  to‘g‘risidagi  multifan 

zamonaviy  mulkchilik  tizimi  va  unga  xos  ―ne‘mat-  fantom-mulkdor‖  triadasini  

                                                           

9

 Shoha‘zamiy SH.SH. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari.-T.:Iqtisod-moliya, 2015, 30b. 



 

BRN 

NN 

MN 

QN 

AN

 

20 

 

tizimli  o‘rganadi,  ushbu  uchlik  bilan  bog‘liq  tizimli  masalalaming  kompleks 



yechimiga erishish uchun hizmat qiladi. 

Har  qanday  nazariya  singari,  mulk    to‘g‘risidagi  multifan  nazariyasiga  ham 

uchta funksiya xos: ilmiy bilimlar asosida mulkchilik tizimi va unga xos ―ne‘mat-

fantom-mulkdor‖ triadasini bilish, prognostik va amaliy. 

Birinchi funksiyasi mulkchilik tizimi va unga xos ―ne‘mat- fantom-mulkdor‖ 

triadasi  bo‘yicha  tadqiqot  sohasidagi  (mulk  va  unga  bo‘lgan  huquqlar,  mulkiy 

munosabatlar  va  mulkchilik  tizimi,  bundagi  mulk  bozori  va  mulk  qiymatini 

baholash  xizmatlari  bozori  hamda  mazkur  bozorlardagi  faoliyat  va  h.k.)  ijtimoiy-

iqtisodiy-  huquqiy-informatsion  jarayonlami,  ulardagi  voqeliklar  va  jarayonlami 

hamda  ularning  ichki  mazmun  mohiyatini  har  tomonlama  va  chuqur  tadqiq  etish, 

o‘rganishdan iborat. 

Prognostik  funksiyasi  mulkchilik  tizimi  va  unga  xos  ―ne‘mat-  fantom-

mulkdor‖  uchligi  bo‘yicha  tadqiqot  sohasini  ma‘lum  muddatdagi  istiqbolga 

rivojlanishini bashorat qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 

Amaliy  funksiyasi  esa  davlatning  mulkchilik  tizimi  va  unga  xos  ―ne‘mat-

fantom-mulkdor‖ triadasi bo‘yicha tadqiqot sohasini rivojlantirish siyosatini ilmiy 

asoslash ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 

Ne‘mat  (qimmat,  qiymat,  narxga  ega  mulkiy  huquq  sifatidagi  boylik,  mulk) 

to‘g‘risidagi  multifanning  predmeti  (matlabi)  —  uning  tadqiqot  sohasida  yuzaga 

keluvchi  ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy-informatsion  munosabatlar  tizimi,  mulkchilik 

tizimi  rivojinishini      shakllantiruvchi  omillar,  undagi  jarayonlarga  xos  xossa  va 

qonuniyatlar. 



 

2. O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi 

me’yoriy-huquqiy bazasi 

Bizga ma‘lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi 

meyoriy-huquqiy  bazasi  mavjuddir.  Huddi  shunday  mulkchilik  tizimining  ham 

faoliyat  muxanizmini  belgilovchi  va    tartibga  solib  turuvchi    me‘yoriy-huquqiy 



21 

 

bazasi  mavjud  bo‘lib,  ya‘ni  1990  yil  31  oktyabrda  O‘zbekiston  Respublikasida 



qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi  qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston 

Respublikasida  mulkchilikka  doir  munosabatlar  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan 

tartibga  solib  turiladi.  Bundan  tashqari  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqorolik 

Kodeksi,  Baholash  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunlarning  ham  tegishli  moddalari 

orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘rsatilishicha:  

―Bozor 


munosabatlarini 

rivojlantirishga 

qaratilgan 

O‘zbekiston 

qtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakllardagi  mulk  tashkil  etadi.  Davlat 

iste‘molchilarning  huquqi  ustunligini hisobga  olib,  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik 

va  mehnat  qilish  erkinligini,  barcha  mulk  shakllarining  teng  huquqliligini  va 

huquqiy  jihatdan  bab-baravar  muhofaza  etilishini  kafolatlaydi.  Xususiy  mulk 

boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasidadir.  Mulkdor  faqat 

qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mulkidan  mahrum  etilishi 

mumkin.‖

10

 



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilishicha: 

―Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf 

etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik 

shaxslar  va  davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 

manfaatlarini buzmasligi shart.‖

11

 



O‘zbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  ―Mulkchilik  to‘g‘risida‖  gi 

Qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek: 

 1.  O‘zbekiston  Respublikasida  mulkiy  huquq  tan  olinadi  va  qonun  bilan 

muhofaza etiladi.  

2.  Mulkdor  o‘ziga  tegishli  mol-mulkka  o‘z  ixtiyoriga  ko‘ra  egalik  qiladi, 

undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.  

                                                           

10

 O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 08.12.1992(53-modda).



 

11

O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  08.12.1992 (54-modda) (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) 



 

22 

 

Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-



harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har 

qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.  

3.  Mulkdor  o‘ziga  qarashli  mol-mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va 

uni  tasarruf  qilish  huquqini  boshqa  shaxslarga  berishga  faqat  o‘zi  haqlidir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  ko‘zda  tutilgan  hollarda,  mulkdorning 

zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga 

yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.  

4.  Mulkdor  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  ko‘zda  tutilgan 

shartlar  va  doira  chegarasida  o‘ziga  tegishli  mulkiy  huquqni  amalga  oshirish 

paytida  fuqarolarning  mehnatidan  foydalanish  to‘g‘risida  ular  bilan  shartnoma 

tuzishga haqlidir.  

Fuqaroning  mehnatidan  foydalanishga  asos  bo‘lgan  mulkning  qay  shaklda 

ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 

boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar 

bilan ta‘minlanadi.  

5.  Mulkiy  huquqning  amalga  oshirilishi  atrof-muhitga  zarar  etkazmasligi, 

jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun 

bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.

12

 

O‘zbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  ―Mulkchilik  to‘g‘risida‖gi 



qonunning  5-moddasida  ko‘rsatilishicha,  O‘zbekiston  Respublikasida  mulk 

quyidagi shakllarga bo‘linadi:  

-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;  

-jamoa  mulki,  shu  jumladan  oilaviy,  mahalla,  kooperativ  mulk,  ijaraga 

olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat 

tashkilotlari  va  diniy  tashkilotlarning  mulki,  turli  xo‘jalik  birlashmalari  va 

uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;  

-davlat mulki;  

-aralash mulk;  

                                                           

12

 O‗zbekiston Respublikasi ―Mulkchilik to‗g‗risidagi‖ qonun 31.10.1990y.(1-modda) 



23 

 

-qo‘shma  korxonalar,  ajnabiy  fuqarolar,  tashkilotlar  va  davlat,  shuningdek 



ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.  

O‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.  

Shaxsiy  mulk  -  individual  o‘zlashtirishni  bildiradi,  ammo  xususiy  mulkdan 

farqliroq  daromad  topishga  xizmat  qilmaydi,  balki  shaxsiy  extiyojni  qondirishga 

qaratiladi.  

Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi.  

Jamoa  mulki-  boylikning  muayyan  maqsad  yo‘lida  ayrim  jamoalarga 

birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir.  

Jamoa  mulkining  avfzalligi  shuki,  bu  mulk  ishlab  chiqaruvchining  o‘zini 

mulkdor  qiladi.  Bu  yerda  mulk  egalari  va  ishlovchilar  aynan  bir  kishilardir,  shu 

sababli ishlab chiqarish omillari tog‘ridan- to‘g‘ri birikadi.  

Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:  

- mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;  

- davlat mablag‘i hisobidan korxonalar qurilishi;  

- jamiyatda  yaratilgan,  ammo  boshqa  mulklarga  taalluqli  daromadlarning  bir 

qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.  

Aralash  mulk  muayyan  bir  ob‘ektning  turli  mulkdorlar  ishtirokida 

o‘zlashtirishini bildiradi. 

 O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor 

infratuzilmasi,  baholash  va  rieltorlik  faoliyatlari  rivojiga  ham  katta  ahamiyat 

berilgan.  Masalan  ―O‘zbekiston  Respublikasi  2009-2015-yillar  davrida  baholash 

faoliyatini  rivojlantirishning  asosiy  yo‘nalishlari‖  nomli  dastur  choralari  hamda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  24  apreldagi  ―Baholovchi 

tashkilotlar  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar 

sifatini  va    ularning  mas‘uliyatini  oshirish  to‘g‘risida‖gi  №  843-sonli  Qarori 

talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol 

isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini 

o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va 


24 

 

bir-birini  taqozo  qiladi,  shu  sababli  mulkchilik  bir  vaqtda  ham  iqtisodiy,  ham 



huquqiy  kategoriya  hisoblanadi.  Bu  birlikda,  yuqorida  ko‘rsatilganidek,  hal 

qiluvchi  ro‘lni  mulkchilikning  iqtisodiy  tomoni  egallaydi.  Agar  mulk  iqtisodiy 

jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk 

egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖ kategoriya sifatida qoladi. 

  Mulkchilik  xo‘jalik  va  tadbirkorlik  faoliyatining  turli  shakllari  orqali 

iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi. 

  Boshqa  tomondan,  mulkchilikning  huquqiy  jihati  uning  iqtisodiy  tomoniga 

nisbatan  faqat  bo‘ysunuvchi  rol  o‘ynamaydi.  Bu  shunda  ko‘rinadiki,  ishlab 

chiqarish vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish 

jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan 

mahsulotdan  foydalana  olmaydi.  Shu  sababli  mulkchilikning  huquqiy  normalari 

egalik  qilish,  tasarruf  etish,  foydalanish  huquqi  iqtisodiy  munosabatlarning 

aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. 

  Huquqiy  normalar,  bir  tomondan,  aynan  mulkchilik  munosabatlarini 

muhofaza  qilish  zarurati  bilan  bog‘liq  holda  vujudga  kelsa,  boshqa  tomondan  u 

tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat 

muhim  rol  o‘ynaydi.  Bu  rol  shunda  ko‘rinadiki,  tovar  xo‘jaligi  sharoitida  ayrim 

ijtimoiy  qatlamlar  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashmasdan,  ayirboshlash 

munosabatlarida  ishtirok  etib  (masalan,  savdo  vositachilari)  mulkdorga  aylanish 

imkoniyati paydo bo‘ladi. 

  Shunday  qilib,  mulkchilikning  huquqiy  normalari,  birinchidan,  ishlab 

chiqarish  vositalari  va  yaratilgan  moddiy  ne‘matlarning  muayyan  shaxslarga 

(huquqiy  yoki  jismoniy)  tegishli  ekanligini,  ikkinchidan,  mulk  egalarining  qonun 

bilan  qo‘riqlanadigan  vakolatlarini  va  nihoyat,  uchinchidan  mol-mulkni  himoya 

qilish usullarini belgilab beradi. 

Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu-qo‘shma mulkdir. Qo‘shma 

mulk  tufayli  jalb  etiladigan  chet  el  kapitali  yangi  texnologiyani  olib  kirmokda. 

Chetki  kapital  asosidagi  qo‘shma  korxonalarning  ahamiyati  investitsiyani 

kuchaytirish,  milliy  iqtisodiyotni  bozor  munosabatlari  asosida  shakllantirishda 


25 

 

ortib  boradi.  Katta  mablaglar  zaruriyati  sharoitida  qo‘shma  mulk  orqali  chet  el 



kapitalini jalb etish zaruriyatidir.  

Korxona  mulkini  uning  mustaqil  balansida  aks  etadigan  asosiy  fondlari  va 

oborot mablag‘lari qiymati va boshqa boyliklar tashkil etadi. Korxona to‘g‘risidagi 

qonuniy  hujjatlarga  ko‘ra  quyidagilar  korxona  mol-mulkini  tashkil  etuvchi 

manba‘lardir:  

-  ta‘sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;  

-  mahsulot,  ishlar,  xizmatlarni  realizatsiya  qilishdan,  shuningdek  xo‘jalik 

faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;  

-  qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar;  

-  bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;  

-  kapital mablag‘ va byudjetdan dotatsiyalar;  

-  tashkilotlar,  korxonalar  va  fuqarolarning  tekinga  va  xayriya  maqsadlarida 

bergan badallari shuningdek meros to‘g‘risida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li 

bilan oladigan daromadlari;  

-  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  bilan  taqiqlanmagan  o‘zga 

manba‘lar.  

Mamlakatda  mulkdorlik  huquqini,  xususiy  tadbirkorlar  manfaatlarini 

kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me‘yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda 

muassasalar  tizimlari  vujudga  keltirilganligi  va  ularning  samarali  faoliyat 

kursatayotganligi  natijasida,  1997  yili    nodavlat  sektorining  ulushi  sanoatda  51 

foizga,  qishloq  xo‘jaligida  98  foizga  yetdi,  ishlovchsilarning  70  foizi 

xususiylashtirilgan  iqtisodiyot  hissasiga  to‘g‘ri  keldi.  Ishlab  chiqarish,  savdo-

tijorat,  vositachilik,  hunarmandchilik,  moliya-bank,  turizmda,  erkin  ijodiy 

faoliyatda  mashg‘ul  xususiy  soxibkorlar  va  tadbirkorlar  mustakil  O‘zbekistonda 

shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotgan ichki sinfiy qadamlaridir.  

Mulkdorlar  sinfi  tushunchasi  eng  keng  tushunchalardan  biridir.  Bozor 

iqtisodiyoti  va  bozor  munosabatlari  rivojlanishi  jarayonida  bu  sinfning  ichidan 

tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar 



26 

 

sinfining  shakllanishiga  keng  yo‘l  ochib  berishdir.  Bu  vazifani  bajarish-



O‘zbekistonni ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.  

Mulkdor  boshqalarning  emas,  balki  o‘zining  istagi,  roziligi,  moyilligi, 

xohishiga  ko‘ra  o‘z  mol-mulkiga  egalik  kiladi.  Mulkiy  huquqning  asosiy  yuridik 

mazmuni  unga  egalik  qilishdan,  foydalanishdan,  uni  tasarruf  qilish  bilan  bog‘liq 

huquqiy  vakolatlardan  iborat.  O‘z  huquqiy  vakolati  doirasida  mulkdor  boshqa 

mulkdor  shaxslarning  talabi  yoki  topshirig‘iga  binoan  emas,  balki  o‘zining 

xohishiga  ko‘ra  o‘z  mulkiga  egalik  qiladi,  xohlasa  o‘zining  mazkur  huquqiy 

vakolatini  boshqarishga  o‘tkazishi  mumkin.  Mulkdor  o‘z  xohishi  bilan  mulkidan 

foydalanadi, shuningdek, undan o‘ziga zarur bo‘lgan foydali daromadlarni undirish 

uchun ishlatadi.  

Mulkdor  o‘z  mulkiga  tegishli  huquqiy  vakolatlarini  boshqalarga  berishi 

mumkin.  Masalan,  mulk  egasi  sifatida  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  barcha  huquqiy 

vakolatlarni  davlat  korxonalariga,  muassasalariga,  jamoat  tashkilotlariga  yoki 

ayrim  jismoniy  shaxslarga  o‘tkazishi  mumkin.  Fuqarolar  mehnatidan  foydalanish 

uchun  qonunda  barcha  mulk  egalariga,  jumladan  fuqarolarga  ham,  teng  huquq 

berilgan.  Bu  qonunda  barcha  mulk  egalariga,  jumladan  fuqarolarga  ham,  teng 

huquq  berilgan.  Bu qonunda ko‘zda tutilgan  jiddiy  va  eng  muxim  yangiliklardan 

biridir.  

Bozor  munosabatlariga  o‘tish  va  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish 

maqsadida, fuqarolar o‘ziga tegishli mulkni ko‘paytirish uchun boshqa fuqarolarni 

yollanma  mehnatga  jalb  qilishi  mumkin.  Fuqaro  o‘z  mulkiy  huquqini  amalga 

oshirish  uchun  tadbirkorlik  bilan  shug‘ullanishi,  mulkni  ijaraga  berishi  mumkin. 

Fuqarolarda  o‘tmish  tuzum  so‘ndirgan  mulkiy  mustakillik  hissini  uyg‘otish, 

tiklash,  kengaytirish  va  mustahkamlash  davlatimizning  eng  dolzarb  vazifalaridan 

biridir.  

Respublika  bozor  iqtisodiyotini  birinchi  bosqichida  mulkni  xususiylashtirish 

natijasida  turli  mulkchilikka  asoslangan  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  yaratildiki,  shu 

asosda iqtisodiyotni ichki tuzilishi o‘zgarib, raqobatchilik muhiti zaminida xo‘jalik 

yuritish  usuli  barpo  etildi.  Mamlakat  iqtisodiyoti  davlat  mulki  bilan  bir  qatorda 


27 

 

jamoa,  xususiy,  aksionerlik,  hamkorlikdagi  va  boshqa  turdagi  korxonalar  tashkil 



topdi.  Davlat  o‘z  navbatida  turli  mulkchilik  korxonalari  uchun  teng  iqtisodiy 

sharoit yaratish orqali ishlab chiqarishni jonlantirishga erishildi.  

Turli  mulkchilik  iqtisodiyoti  mulk  egalarini  uquvli,  ishbilarmon,  tadbirkor 

bo‘lishlarini  talab  qilish  bilan  kifoyalanib  qolmay,  balki  iste‘molchilar  va  bozor 

talabini o‘rganib, yangi texnika va texnologiya asosida arzon, sifatli tovarlar ishlab 

chiqarib,  bozorni  turli  mahsulotlar  bilan  to‘ldirishni  talab  etadi.  Prezidentimiz 

I.Karimov  ta‘kidlaganidek:  ―Mulkchilik  shakllari  turiga  bo‘lgan  korxonalar 

o‘rtasidagi  rakobatchilik  kurashi  ularni  ishlab  chiqarishni  boshqarishning  ichki 

tashkiliy  tizimlarini  takomillashtirishga,  texnika  bilan  qayta  qurollantirishga  ,  fan 

va texnika soxasidagi yangi yutuqlarni qo‘llashga moslashishga, kam sarf-xarajat 

qilgan holda yanada yuqori sifatli va eng arzon narxda maxsulot ishlab chiqarishga 

undaydi‖.  

Jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy  yuksalishini muhim 

omillaridan  biri  turli  mulkchilik  iqtisodiy  xo‘jalik  tizimini  barpo  etilgan  bo‘lsa, 

uning  rivojlanishiga  ta‘sir  etuvchi  omili  turli  mulk  shaklidagi  korxonalar 

o‘rtasidagi raqobat kurashi hisoblanadi.  

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1-moddasiga ko‘ra: 

Fuqarolik  qonun  hujjatlari  ular  tomonidan  tartibga  solinadigan  munosabatlar 

ishtirokchilarining 

tengligini 

e‘tirof 

etishga, 

mulkning 

daxlsizligiga, 

shartnomaning  erkinligiga,  xususiy  ishlarga  biron-bir  kishining  o‘zboshimchalik 

bilan  aralashishiga  yo‘l  qo‘yilmasligiga,  fuqarolik  huquqlari  to‘sqinliksiz  amalga 

oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini 

ta‘minlash zarurligiga asoslanadi. 

Fuqarolar  (jismoniy  shaxslar)  va  yuridik  shaxslar  o‘z  fuqarolik  huquqlariga 

o‘z  erklariga  muvofiq  ega  bo‘ladilar  va  bu  huquqlarini  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlab 

amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va 

qonun  hujjatlariga  zid  bo‘lmagan  har  qanday  shartnoma  shartlarini  aniqlashda 

erkindirlar. 


28 

 

Tovarlar,  xizmatlar  va  moliyaviy  mablag‘lar  O‘zbekiston  Respublikasining 



butun hududida erkin harakatda bo‘ladi. 

Xavfsizlikni  ta‘minlash,  insonlarning  hayoti  va  sog‘lig‘ini  himoya  qilish, 

tabiatni  va  madaniy  boyliklarni  muhofaza  qilish  uchun  zarur  bo‘lsa,  tovarlar  va 

xizmatlar  harakatda  bo‘lishini  cheklash  qonun  hujjatlariga  muvofiq  joriy  etilishi 

mumkin.

13

 



O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 2-moddasiga ko‘ra: 

Fuqarolik  qonun  hujjatlari  fuqarolik  muomalasi  ishtirokchilarining  huquqiy 

holatini,  mulk  huquqi  va  boshqa  ashyoviy  huquqlarning,  intellektual  faoliyat 

natijalariga  bo‘lgan  huquqlarning  vujudga  kelish  asoslarini  hamda  ularni  amalga 

oshirish  tartibini  belgilaydi,  shartnoma  majburiyatlari  va  o‘zga  majburiyatlarni, 

shuningdek  boshqa  mulkiy  hamda  u  bilan  bog‘liq  shaxsiy  nomulkiy 

munosabatlarni tartibga soladi. 

Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga 

solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar. 

Agar  qonunda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa,  fuqarolik  qonun 

hujjatlarida  belgilab qo‘yilgan  qoidalar  chet ellik  fuqarolar,  fuqaroligi  bo‘lmagan 

shaxslar  hamda  chet  ellik  yuridik  shaxslar  ishtirokidagi  munosabatlarga 

qo‘llaniladi. 

Shaxsiy  nomulkiy  munosabatlar  va  mulkiy  munosabatlar  bilan  bog‘liq 

bo‘lmagan  shaxsiy  munosabatlar,  agar  qonunlarda  boshqacha  tartib  nazarda 

tutilgan  bo‘lmasa  yoki  bu  munosabatlarning  mohiyatidan  o‘zgacha  hol 

anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko‘rsatilgan  belgilarga  javob  beradigan 

oilaviy  munosabatlarga,  mehnat  munosabatlariga  va  tabiiy  resurslardan 

foydalanish  hamda  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  munosabatlariga  nisbatan 

fuqarolik  qonun  hujjatlari  bu  munosabatlar  maxsus  qonunlar  bilan  tartibga 

solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi. 

                                                           

13

 O‗zbekiston Respublikasi ―Fuqarolik kodeksi‖ 30.08.1996y. 



29 

 

Bir  tarafning  ikkinchi  tarafga  ma‘muriy  bo‘ysunishiga  asoslangan  mulkiy 



munosabatlarga,  shu  jumladan  soliq,  moliyaviy  va  boshqa  ma‘muriy 

munosabatlarga  nisbatan  fuqarolik  qonun  hujjatlari  qo‘llanilmaydi,  qonun 

hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 

 

3. O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va 



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish