O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya Instituti



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.11.2019
Hajmi0,53 Mb.
#27477
  1   2   3   4
Bog'liq
ozbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi va xususiyatlari


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

Toshkent Moliya Instituti 

 

―Budjet hisobi va davlat jamgarmalari‖fakulteti 



  

―Baholash ishi va investitsiyalar‖ kafedrasi  

 

―Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari‖ fanidan 



  

Kurs ishi 

Mavzu: ―O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi va 

xususiyatlari‖ 

 

                                                           



Bajardi: 

  

BI-50 guruh talabasi  

                                                                                    Abdullaeva Samara 

                                                                        Ilmiy rahbar:  Sobirova N. 

 

 



 

 

Toshkent-2016 



 

 

 



REJA: 

 

 

 

Kirish……………………………………….………………..………… 

 



1.    O’zbekistonda  mulkchilik  tizimini  rivojlanishining  fundamental 

asoslari……………………………………………………….………… 



2.    O’zbekistonda 

mulkchilik  tizimining  faoliyat  mexanizmini 

belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasi………………………………...... 

20 

3.    O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishining bosqichlari 

va xususiyatlari………………………………………………………... 

29 

   

 

  Xulosa……………………………………………...…………………… 

40 

  Foydalanilgan adabiyotlar………………………….………………… 

42 

 

 

 

 

 

 

                                              Kirish 



Kurs  ishi  mavzusi  dolzarbligi.  Mulkchilik  tizimiga    oid  tushuncha  va 

qarashlar  tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga  oid nazariy qarashlar 

va  bilimlarni  o‘rganib  tizimlashtirish  asosida  tegishli  xulosalar  shakllantirish 

hamda  ularning  negizida  amaliy  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lish  kurs  ishi  mavzusini 

o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  ta‘kidlaganlaridek:  ―O‘tgan  2015-yil 



bizning  bosh  maqsadimiz  bo‘lmish  asosiy  vazifa  –  odamlarimizning  munosib 

hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan 

o‘rin  egallash  bo‘yicha  avvalo  muhim  islohotlarni  amalga  oshirish  yo‘lida  katta 

qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. 

Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan 

keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat 

e‘tibori  bilan chuqur  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish,  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlik  manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilish,  eng  muhimi, 

Konstitutsiyamizda  ko‘zda  tutilganidek,  xususiy  mulkning  qonuniy,  me‘yoriy-

huquqiy  va  amaliy  jihatdan  ustuvor  rolini  ta‘minlash,  O‘zbekiston  iqtisodiyotida 

davlat  ishtirokini  bosqichma-bosqich  kamaytirishga  qaratilgani  sizlarga  yaxshi 

ma‘lum, albatta‖

1



Jamiyatdagi 



xilma-xil 

iqtisodiy 

munosabatlar 

mulkka 


bo`lgan 

munosabatlardan  kelib  chiqadi.  Respublikamizda  keng  ko‘lmda  amalga 

oshirilayotgan  islohatlar  samarasi,  xususiy  mulkka  berilayotgan  e‘tibor 

Yurtboshimizning  ma‘ruzalarida  o‘z  tasdigini  topdi:    ―Davlat  aktivlarini 

xususiylashtirish,  avvalo,  chet  ellik  investorlarga  sotish  vazifalari  qo‘yildi  va 

buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi.  Masalan, 506 ta mulk kompleksi tanlov 

asosida,  investitsiya  kiritish  sharti  bilan  «nol»  qiymatida  yangi  mulkdorlarga 

                                                           

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 



va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ―

Bosh maqsadimiz – mavjud 

qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy 

mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir‖ 

Vazirlar Mahkamasining 

majlisidagi ma‘ruzasi. – T.: ―Xalq so‘zi‖ gazetasi, 2016 yil 16 yanvar

 


 

sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh 



dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni 

yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim. 

Xususiylashtirish  dasturida  ko‘zda  tutilgan,  foydalanilmayotgan  va  qurilishi 

tugallanmagan  353  ta  davlat  mulki  obekti  buzilib,  buning  natijasida  120  gektar 

hajmidagi  er  maydoni  bo‘shadi.  Bu  erlarning  qariyb  80  gektari  ishlab  chiqarish 

korxonalari tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar 

tasarrufiga berildi. 

Davlat  mulki  shaklidagi  yana  319  ta  ana  shunday  obekt  inventarizatsiya 

qilinib,  xususiy  mulk  shakliga  o‘tkazish  uchun  savdoga  qo‘yildi  va  o‘tgan  yili 

ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik 

jamiyatining  davlat  ulushi  baholandi  va  chet  ellik  strategik  investorlarga  sotish 

uchun ochiq savdoga qo‘yildi‖

2



Mulkchilik  tizimi  munosablarni  tavsiflash  iqtisodiy  faoliyat  kimning 



manfatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savoga javob beradi. Agarda u shaxsiy 

manfaatni  ko‘zlab  olib  borilayotgan  bo‘lsa,  unda  xususiy  shaxsiy  o‘zlashtirish 

(xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatnni ko‘zlab 

olib borilsa, unda jamoa mulk to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki 

bu  ijtimoiy  guruh  manfaatlari  ustivor  hisoblansa,  unda  biz  ijtimoiy                     

o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelamiz. 



Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistondagi mulkchilik tizimining o‘ziga 

xos xususiyatlari hisoblanadi.  



Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkchilik tizimi hisoblanadi. 

Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi va 

xususiyatlarining mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar  va 

bilimlarni  o‘rganib  tizimlashtirish  asosida  tegishli  xulosalar  shakllantirish  hamda 

ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 

                                                           

2

 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 

va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ―

Bosh maqsadimiz – mavjud 

qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy 

mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir‖ 

Vazirlar Mahkamasining 

majlisidagi ma‘ruzasi. – T.: ―Xalq so‘zi‖ gazetasi, 2016 yil 16 yanvar

 


 

Kurs ishining vazifalari: 

- O‘zbekistonda  mulkchilik  tizimining  rivojlanishini  fundamental  asoslarini 

o‘rganish;  

- O‘zbekistonda  mulkchilik  tizimining  faoliyat  mexanizmini  belgilovchi 

meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish; 

- O‘zbekistonda  mulkchilik  tizimining  shakllanishining  bosqichlari  va 

xususiyatlarini tahlil qilish. 

Kurs  ishi  kirish,  uchta  qismdan,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro‘yxatidan tashkil topgan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

1. O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental 



asoslari 

Har  qanday  jamiyatning  iqtisodiy  tizimi  mulkchilikdan  boshlanadi.  Hamisha 

avlodlar  mehnati  yaratgan  va  tabiat  in‘om  etgan  boyliklar  mulk  bo‘lib  kelgan. 

Mulk  egasi  bo‘lish  yoki  bo‘lmaslikka  qarab,  kishilarning  jamiyatdagi  mavqei, 

anikrog‘i  ularning  sotsial  maqomi  yuzaga  keladi.  Mulkiy  munosabatlarga 

asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta 

mulk bo‘lib harakatga keladi. 

Mulk  egasi,  ya‘ni  mulkdor  mulkiy  munosabatlarning  faol  tomoni  bo‘lib, 

mulkni  egallash  uchun  xuquq  va  imkoniyatlarga  ega  bo‘ladi.  Mulk  ob‘ekti 

tabiatdagi  narsalar,  energiya,  aqliy  qobiliyat,  buyumlar    sub‘ektiga  to‘la  yoki 

qisman  tegishli  bo‘lib,  mulkiy  munosabatlarning  passiv  tomoni  xisoblanadi. 

Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni 

mulkiy  ob‘ektning  sub‘ektiv  munosabatlarini  ifodalaydi.  Bu  munosabatlar 

iqtisodiy  mazmunga  ega  bo‘lib,  mulkdorlar  o‘rtasida  mahsulotlar,  daromadlar, 

boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi. 

Jamiyat  rivojining hozirgi bosqichida mulkchilikning  xar xil turlari mavjud. 

Shuning  uchun  xam  hozirda  bozor  iqtisodiyotini  ko‘p  ukladli  iqtisodiyot  deb 

atashadi.  Bugungi  kunda  mulkchilik  davlat  mulkidan  tashqari,  ishlab  chiqarish, 

xizmat  ko‘rsatish  va  matbuot  sohalaridagi  jamoa  mulkining  xilma-xil  turlarini, 

ijtimoiy  tashkilotlar  mulkini,  mehnatkashlarning  uy  xo‘jaligi  hamda  shaxslarning 

yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  shaxsiy  mulkni,  tashqi 

iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk, xususiy mulk va boshqa shakllarni 

o‘z ichiga oladi. 

O‘zbekiston  Fuqarolik  Kodeksiga  muvofiq,  davlat  mulki  Respublika 

mulkidan  va  ma‘muriy  xududiy  tuzilmalar  mulkidan  (munitsipal  mulkidan) 

iboratdir.  Yer-suv,  yer  osti  boyliklari,  havo  bo‘shligi,  o‘simlik  va  hayvonot 

dunyosi,  hamda  boshqa  tabiiy  resurslar,  respublika  hokimiyati  va  boshqaruv 


 

tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki 



hisoblanadi. 

Mulchilik  o‘zlashtirish  borasidagi  munosabat  bo‘lar  ekan,  u  egalik  qilish, 

foydalanish  va  tasarruf  etishning  yaxlitligini  taqozo  etadi.  Mana  shu  uch  jihat 

mulchilikning ajralmas unsurlaridir. 

Egalik qilish — mulkdorlik huduqini   mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir. 

Egalik  sharoitida  mulk  bo‘lgan  boylik  qisman  o‘zlashtirilada.  Mulkka  egalik 

saqlangan  holda,  uni  amalda  ishlatish  o‘zga  qo‘lida  bo‘ladi.  Buning  oqibatida 

mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni 

amalda  ishlatuvchi  o‘zlashtiradi.  Masalan,  bino  ijaraga  berilganda  egalik  qilish 

mulkdor  qo‘lida qoladi va u  mulkdan  kelgan  nafning  faqat bir  qismini ijara  haki 

shaklida  o‘zlashtiradi,  Boshqa  qismni  esa  ijarachi  o‘zlashtiradi.  Xullas,  egalik 

qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi. 

Foydalanish,  ishlatish  —  mulk  bo‘lgan  boylikni  iqtisodiy  faoliyatda  qo‘llab, 

xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik 

daromad  topish  yoki  shaxsiy  ehtiyojni  so‘ndirish  uchun  ishlatiladi.  Mulkdor  o‘z 

mulkini  o‘zi  ishlatganda  egalik  qilish  va  foydalanish  bir  qo‘lda  bo‘ladi,  olingan 

natijani  mulkdor  tanho  o‘zi,  boshqa  bilan  baham  ko‘rmagan  holda  o‘zlashtiradi. 

Eglalik  qilish  va  fovdalanish  ajralganda  mulk  keltirgan  naf  ham  taqsimlangan 

holda o‘zlashtiriladi. 

Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni 

sotib  yuborish,  ijaraga  berish,  merosga  qoldirish,  asrab-avaylab  ko‘paytirish  yoki 

uni  yo‘qotib  yuborishdan  iborat  xatti-harakatlarni  amalga  oshira  bilishdir. 

Mulkchilik  munosabatga  ega  albatta,  uning  ob‘ekti  va  sub‘ekti  bo‘lishi  shart. 

Mulkchilik  xo‘jalik  va  tadbirkorlik  faoliyatining  turli  shakllari  orqali  iqtisodiy 

jihatdan ro‘yobga chiqariladi. 

Fuqarolik  huquqlari  obyektlari  (FHO)  o‘zlarining  xossalari  bilan  bog‘liq 

funksiyalarini  mulkiy  munosabatlarda  to‘liq  bajarishida  va  uni  bir  mulkiy  huquq 

subyektidan  boshqasiga  qonuniy  ravishda  shaffof  o‘tishida  optimal  proporsiyali 

tuzilmaga  ega  mulkchilik  shakllariga  asoslangan  samarali  mulkchilik  tizimining 


 

modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan 



mulkdorlik  institutlari,  ularning  mulkiy  munosabatlari  uchun  mulk  turlari  bilan 

bog‘liq  professional  xizmatlar  bozori  va  mulk  narxi  shakllanuvchi  mulk  bozori 

faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish 

dunyoning  barcha  mamlakatlari  ijtimoiy-iqisodiy  rivojlanishida  muhim  aha-  miyat 

kasb  etadi.  Demak,  mulkiy  munosabatlar  samarali  bo‘lishi  uchun  davlat  mulkiy 

huquq  subyektlari  (MHS)  uchun  samarali  bo‘lgan  mulkchilik  tizimini,  ayniqsa, 

hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 

siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri 

bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini 

belgilaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1-rasm. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli

3

 

 

Mulkchilik  tizimining  namunaviy  funksional  tuzilmasini  1-  rasmda 

ko‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan  

M - mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi), 

V  -  mulk  turlari  bilan  bog‘liq  professional  xizmatlar  (qiymatini  baholash, 

riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy 

xizmatlar) bozorlari,  

                                                           

3

 Shoha‘zamiy SH.SH. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari.-T.:Iqtisod-moliya,2015. 460b 



V

 



M

 



 

S  -  mulkiy  huquq  subyektlari,  ulaming  barchasi  faoliyatini  tartibga  solib 



turuvchi, 

R  -  regulyator  kabi  ushbu  tuzilma  tarkibiy  qismlari  fuqarolik  huquqlari 

obyektlari 

(FHO) 


bilan 

bog‘liq 


ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy 

munosabatlami amalga oshiradi. 

Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami 

mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi  barcha 

M,

 

V,  S,  R  elementlaming  FHO  bilan  bog‘liq  ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-



huquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi. 

Mulkchilik  tizimining  samaradorligi  mulkdorlaming  huquq  va  majburiyatlari, 

mas‘uliyat  va  manfaatlarini  samarali  amalga  oshirilishi  uchun  mulkiy  munosabatlar 

uchun  davlat  tomonidan  yaratilgan  qulay  shart-sharoitlar  va  mulkdorlik  institutlari 

faolligi  bilan  belgilanadi.  Bunda  yaratilgan  shart-sharoitlar  sifatini  risklar  hamda 

siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillaming kompleks ta‘siri belgilaydi. 

Umuman  olganda,  bu  shart-sharoitlar  mulkdoming  huquqiy  havfsizligi  va  mulkchilik 

tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan iborat integral (kompleks) 

tushuncha bo

lib, FHOlarga va ular bilan bog‘liq xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifni 



obyektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi. 

Mulkchilik  tizimiga  oid  yuqorida  aytilgan  fikr-mulohazalaming  ma‘noga  egaligi 

Ernando De Soto

4

 tomonidan ham tasdiqlangan. 



Mulkdoming  ijtimoiy  va  iqtisodiy  manfaati    uning  mulk  egasi  sifatidagi  hayotiy 

ehtiyoji  bo‘lib,  uni  risklar  sharoitida  qondirish  bilan  bog‘liq  xatti-harakati  va  fe‘l-

atvorining  ijtimoiy-iqtisodiy  motivatsiyasini  yuzaga  chiqaradi.  Bunda  risk  —  mulkiy 

munosabatlar  jarayonida  real  mavjud  bo‘lgan  noaniq  va  tasodifiy  hollarning  vujudga 

kelishi ehtimolini sifatiy-miqdoriy usullar yordamida ifodalab baholash shaklidir. 

Yuqorida aytilganlar asosida quyidagi ta‘rif o‘rinli: mulkchilik tizimi — jamiyatda 

o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos instrumental (FHO ma‘nosida), institutsional va 

funksional  tuzilmalarni  va  ular  bilan  bog‘liq  ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy 

                                                           

4

 Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во 



всем остальном мире./Пер. с англ. М.: ЗАО Олимп-Бизнес, 2001.272 с. 

10 

 

munosabatlar  mexanizmini  birlashtiruvchi  yaxlit  tizimli  majmua.  Uning  faoliyati 



mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  bo‘yicha  davlat  siyosati  kontekstida 

MHSlari  tomonidan  harakatga  keltiriladi  Bunda  davlatning  siyosati  mulkchilik 

tizimining  samaradorligiga  qulay  mulkchilik  munosabatlari  muhitini  yaratish  asosida 

erishilishiga qaratiladi. 

Shunday  qilib,  mamlakatda  barqaror  iqtisodiy  o‘sish  va  xalq  farovonligi  faqat 

samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi. 

Dunyoning  har  bir  mamlakatida,  jumladan,  O‘zbekistonda  ham,  mulkchilik 

tizimining  faoliyati  qonunlar  bilan  belgilanib  tartibga  solinadi.  Bunda  ta‘kidlash 

zarurki,  barcha  mamlakatlardagi  mulkchilik  tizimi  va  undagi  mulkiy  munosabatlar 

modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan. 

Ko‘rilgan  mavzu  doirasida  umumiy  xulosa  tariqasida  aytish  mumkinki, 

zamonaviy mulk ko‘p atributli (ko‘p turli, ko‘p qirrali, ko‘p xossali, ko‘p bozorli, ko‘p 

tabiatli) va turli omillarga ta‘sir- chan bo‘lganligi sababli, uni fuqarolik huquqkrining 

obyektlari sifatida qabul qilish mumkin. Shu munosabat bilan, bunday mulkni va uning 

tushunchasini tizimli tadqiqot obyekti sifatida murakkab fenomen deb qarash mumkin.

5

 



Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan 

manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning 

iqtisodiy  manfaati  amalga  oshishi  shart.  Miqdorning  iqtisodiy  manfaati-uning 

boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy 

faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi. 

Ta‘kidlash  zarurki,  barcha  mamlakatlardagi  mulkchilik  tizimi  va  undagi 

mulkiy  munosabatlar  modeli  undagi  jamiyat  tanlagan  taraqqiyot  modeliga  mos 

ravishda  shakllanadi.

6

  Shunday  ekan,  FHOning  ta‘minot  turlari  mulkiy 



munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi. 

Umuman  olganda,  hozirda  keng  ma‘nodagi  mulk  (ne‘mat  sifatidagi) 

nazariyasi  jamiyat,  iqtisodiyot,  huquq  va  axborot  nazariyalari  birligi  silatida 

                                                           

5

 Shoha‘zamiy SH.SH. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari.-T.:Iqtisod-moliya,2015. 460b, (38-40 b)



 

6

  Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему Капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем 



остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес, 2001-.- 272 с. 

 


11 

 

shakllangan  bo‘lib,  bunda  mulk  bo‘yicha  ijtimoiy,  iqtisodiy,  yuridik  va 



informatsion munosabatlar zamonaviy mulkning majburiy atributlari hisoblanadi. 

Zamonaviy  mulk  (ne‘mat  mazmunidagi)  tushunchasini  keng  ma‘noda  naf, 

foydalilik,  manfaat,  samara,  mulkiy  huquqlar  nuqtayi  nazarlaridan  mulkdorga, 

huquqiy  va  iqtisodiy  fantomlarga  ega  hamda  axborotiy  shaffoflik  va  huquqiy 

himoyalanganlik  xususiyatlari  bilan  xarakterlanuvchi  ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ 

uchligi silatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq. 

Mulkni  bunday  ma‘noda  ifodalanishi,  avvalambor,  uni  tovar,  kapital,  turli 

munosabat vositasi  sifatida  jalbdor  va samarali bo‘lishini, unga  bo‘lgan huquq va 

manfaatlrni to‘liq himoyalanishini anglatadi. 

Mulkchilik  tizimi  muhitida  bo‘luvchi  ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖  uchligini 

tizimli  o‘rganuvchi  ne‘mat  to‘g‘risidagi  multifan

7

    qoidalari  nuqtayi  nazaridan 



qarash  lozim.  Bunda  ―ne‘mat-  fantom-mulkdor‖  uchligi  o‘zining  atributlari  va 

mulkdoriga,  huquqiy  va  iqtisodiy  fantom(analog,  ya‘ni,  ekvivalent)lariga,  mulkiy 

shakllari va mulkchilik tizimiga ega. Bu fantomlar faqat inson nafsiga asoslangan 

nafli  mulkiy  munosabatlar  mavjud  bo‘lganidagina  ma‘noga  ega  bo‘lib,  ular  o‘z 

bazisidan  (konkret  shakl  va  mazmundagi  ne‘matdan,  boylikdan)  alohida  mavjud 

emas. 


Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va omad 

faktorlari,  ijtimoiy,  siyosiy  va  huquqiy  jarayonlar,  inson  mehnati,  yuridik  shaxslar 

(jumladan,  biznes  subektlari)  faoliyati,  davlat  tasarrufidan  chiqarish,  xususiylashtirish 

va milliylashtirish (natsionalizatsiya). 

Bunda  davlat,  mahalliy  hokimiyatlar,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  alohida 

jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi. 

Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi 

sifatida qarash mumkin. 

Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning jamiyat subektlari uchun 

qiymat va narx  kategoriyalari  asosida  aniqlanadigan  daromad (foyda) miqdori bilan 

ifodalanadi. 

                                                           

7

 

Шохаъзамий Ш.Ш. Трактат о собственности и её справедливой стоимости. T.:Iqtisod-moliya, 2014. 304 с. 



12 

 

Ijtimoiy  manfaat  mulkning  jamiyat  subektlari  uchun  naflilik  va  qimmatlilik 



kategoriyalariga asoslangan subektiv sifatiy xulosa bilan ifodalanadi. 

Bunda  shaxslarni  mulk  egasi  bo‘lish  yoki  bo‘lmasligiga  qarab,  ularning 

jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-yuridik mavqeyi, maqomi (statusi) vujudga keladi. 

  Mulkiy  munosabatlar  -  turli  mulkchilik  shakllariga  asoslangan  mulkchilik 

tizimida  mulkiy  huquq  subektlari  tomonidan  amalga  oshiriluvchi  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

huquqiy, informatsion aloqa(munosabat)lar majmuasi. 

Mulkiy  tizim  munosabatlar  mulkdorlar  va  mulkdor  bo‘lmagan  shaxslarning 

o‘zaro manfaatli aloqalari mazmun-mohiyati va shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy ishlab 

chiqarishning  turini  va  shaklini,  mulkchilik  tizimidagi  faoliyat  xarakterini, 

mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  modelini  hamda  bu  shaxslaming  ishlab 

chiqarish vositalari bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish omillari va mahsul(natija)laridan 

foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi. 

Mulkiy  munosabatlarsiz  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  jarayoni  va  bozor  faoliyati 

mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi  fikrga qo‘shimcha sifatida aytilsa, mulkiy 

munosabatlar  -  bu  jamiyatdagi  boyliklarni  bozor  muomalasi  va  o‘zlashtirish  bilan 

bog‘liq  ijtimoiy-  iqtisodiy-informatsion-huquqiy  munosabatlar  bo‘lib,  ularni  amalga 

oshirilishi  jarayonida  huquq  va  majburiyat,  mas‘uliyat  va  javobgarlik,  manfaat 

kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega.  

Ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy  tizimni  (IIHT)  tizimli  tadqiq  etish  va  uning  tizimli 

masalalari  kompleks  yechimi  maqsadiga  yo‘naltirilgan  ijtimoiy-iqtisodiy 

siste‘mologiya  (IIS)  qoidalari  mazkur  IIHT  tarkibiga  kiruvchi,  keltirilgan  zamonaviy 

mulkchilik  tizimini  (uning  atributlari  -  zamonaviy  mulk,  ne‘mat,  boylik  va  ular  bilan 

bog‘liq huquqlar sifatidagi fuqarolik huquqlarining obyektlari, uning qiymati, qimmati, 

narxi,  nafligi,  foydaligi,  mulkiy  huquq  subyektlari,  mulk  bozorlari,  mulk  qiymatini 

baholash xizmatlari bozori,  mulkiy  munosabatlar va bularning barchasi bilan bog‘liq 

boshqa unsur va jihatlar - bilan birga) tizimli o‘rganishning ilmiy-metodologik bazisi 

bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin  degan  xulosa  o‘rinli.  Zero,  bunday  xulosa  tizimli 

yondashuvni  qo‘llovchi  IlSning  keng  imkoniyatlari  uni  obyekti  bo‘lmish  IIHT 

mulkchilik  tizimini  ham  qamrab  olishi  bilan  bog‘liq.  Bunda  IIS  qoidalariga  ko‘ra, 


13 

 

zamonaviy mulkchilik tizimi o‘rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmum-



mohiyatiga  mos  ravishda  turli  fanlaming  intellektual  ishlanmalarini  samarali 

garmonizatsiya (integratsiya) qilish bilan bog‘liq IIS hosilasi sifatidagi g‘oya nazarda 

tutiladi.  Mazkur  kontekstga  mos  ravishda  aytish  mumkinki,  ushbu  g‘oya  IIS 

mazmuniga  mos  ravishda  zamonaviy  mulk  va  u  bilan  bog‘liq  mulkchilik  tizimi 

(qisqacha  aytilsa  —  mulk)  to‘g‘risidagi  multifan  nazariyasini  ma‘noga  ega  ekanligi 

fikrini keltirib chiqaradi 

Shu bilan birga aytish mumkinki, bunday g‘oyaning ma‘noga egaligi fikrini mulk, 

ne‘mat,  boylik,  uning  qiymati,  narxi  va  qimmatliligi,  naf,  foydalilik  kategoriyalari 

to‘g‘risidagi qadimgi dunyo va o‘tgan asrlar Yevropasi iqtisodiyot fani namoyondalari 

qarashlarining  tahlili    ham  ko‘rsatadi.  Zero,  bu  namoyondalaming  atomistik  (o‘sha 

davrlardagi  sharoitlar  bilan  chegaralgan)  qarashlari  iqtosodiyot  nazariyasi  tarixiy 

rivojlanishining 

ilmiy 

bazisi 


va 

zamonaviy  mulkni  tizimli  o‘rganish 

metodologiyasining  boshlang‘ich  manbayi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Lekin  bunday 

qarashlaming  alohida  qo‘llanilishga  aoslangan  yo‘l  zamonaviy  mulkni  tizimli  tadqiq 

etish  va  tizimli  masalalarini  kompleks  yechish  uchun  universal  ilmiy-nazariy  bazis 

bo‘la olmaydi. 

Shunday  qilib  aytish  mumkinki,  zamonaviy  mulkchilik  tizimi  kompleks 

o‘rganilishi maqsadida ushbu tizim atributlari mazmun mohiyatiga mos ravishda turli 

fanlarning  intellektual  ishlanmalarini  tizimli  yondashuvni  qo‘llovchi  IIS  qoidalari 

doirasida  samarali  garmonizatsiya  (integratsiya)  qilishga  asoslangan  zamonaviy  (turli 

xil va shakllardagi, xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalariga 

hamda qo‘sh tabiatga ega ne‘mat, boylik sifatidagi) mulk to

£

g

£



risidagi multifan g‘oyasi 

ma‘noga ega. 

Yuqorida aytilganlar quyidagi argumentlar bilan ham izohlanishi mumkin. 

Birinchidan:  tarixiy  retrospektiv  tahlil  asosida  aytish  mumkinki,  iqtisodiyot  fani 

doirasida  mulk  (mulkchilik  tizimi  va  uning  atributlari)  to‘g‘risidagi  har  qanday 

nazariyaning  amal  qilish  davri  iqtisodiy  amaliyotning  uzluksiz  rivojlanishi  ta‘sirida 

bo‘lganligi  sabab  chegarlangan  bo‘ladi.  Masalan,  mulk  (mulkchilik  tizimi  va  uning 

atributlari)  to‘g‘risidagi  XIX  asrdagi  qarashlar  hozirgi  davrdagi  mulkchilik  tizimi  va 



14 

 

munosabatlari mazmun mohiyatiga to‘liq mos kelavermaydi. Huddi shunday, hozirdagi 



nazariy xulosalar uzoq kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa va jarayonlar 

uchun  o‘ta  cheklangan  yoki  tarixiy-retrospektiv  ahamiyatga  ega  bo‘ladi  Vaholanki, 

zamonaviy  nazariyalar  ham  vaqt  o‘tishi  bilan  turli  rivojlanish  omillari  ta‘sirida 

takomillashib boradi. Demak, ertami yoki kechmi mavjud qarash va nazariyalar o‘rnini 

takomillashganroq g‘oya va nazariyalar egallashi ehtimoldan holi emas. 

Ikkinchidan: XXI asr boshlarida zamonaviy mulk va uning atributlarini kompleks 

ravishda  tizimli  tadqiq  etish  hamda  qiymatni  baholash  va  boshqarish  bilan  bog‘liq 

muammolar borasida iqtisodiyot fanining navbatdagi inqirozi muqarrarligi to‘g‘risidagi 

hozirgi zamon nufuzli iqtisodchi olimlarining fikri o‘z tasdig‘ini topdi. Zero, bu inqiroz 

2008  yilda  kuchaygan  va  asorati  hozirgacha  davom  etayotgan  jahon  moliyaviy-

iqtisodiy  inqirozi  (JMII)  sabab  va  saboqlari  sharoitlarida  ayniqsa,  alohida  namoyon 

bo‘ldi.  Aynan  shu  sharoitlarda  zamonaviy  iqtisodiyot  nazariyasining  liberalizm  va 

uzluksiz  ravishda  mulk  bozor  qiymati  (narxi)  o‘sishini  nima  bo‘lsa  ham  ta‘minlash 

postulatlari zaif ekanligi yaqqol ko‘rindi. Chunki, aynan shu postulatlar asosida jahon 

moliya  bozorining  barcha  segmentlarida  ―domino‖  effektiga  o‘hshab  vujudga  kelgan 

turli real mulk(aktiv)lar bo‘yicha ―puffaklar‖ fenomeni JMIIning bosh sababchilaridan 

biriga  aylandi.  Afsuski,  hozirda  ham  bu  fenomen  muammosini  bartaraf  etish  o‘z 

yechimini  topmagani  ertami  yoki  kechmi  navbatdagi  global  inqirozning  davriy  sodir 

bo‘lishi havfi mavjudligini bildiradi. 

Uchinchidan:  jamiyat,  huquq,  siyosat  va  iqtisodiyot  sohalari  amaliyotlarining 

o‘zaro  uyg

£

unlikda  tez  sur‘atlar  bilan  takomillashib  borishi  mulk  (mulk  huquqlari), 



ne‘mat  (boylik)  nazariyasini  hamda  u  bilan  bog‘liq  qiymat,  narx,  qimmat,  naf 

nazariyalarini ham mos ravishda o‘zaro bog‘liqlikda takomillashib borishini, umuman 

olgan,  zamonaviy  mulkiy  munosabatlarda  bu  kategoriyalar  mazmun-mohiyatini  bir 

birga  bog‘liqlikda  kompleks  ravishda  ochib  berish  imkonini  beruvchi  yangicha 

qarashni,  taqozo  etadi.  Bunda  inson  sivilizatsiyasining  ushbu  sohalar  uyg‘unlashuvi 

doirasidagi  mulkiy  munosabatlar  tajribasini  yillar  davomida  boyishi,  bunda 

mulkdorlaming  qiziqishlari  kengayib,  maqsadlari  va  faoliyat  turlari,  ehtiyojlari  ortib, 

manfaatlari  tobora  o‘sib,  ularning  xaq-huquqlari  borgan  sari  mustahkamlanib  va 



15 

 

ta‘minlanib borishi muhim omillar sifatida qaraladi. 



To‘rtinchidan:  zamonaviy  mulkchilik  tizimi  turli  xil  va  shakllardagi,  xilma-xil 

jihat,  qirra,  xossa,  ko‘rsatkich,  bozorlar  va  funksiyalarga  hamda  qo‘sh  tabiatga  ega 

zamonaviy mulkning mazmun mohiyatiga mos ravishda shakllangan. Zamonaviy mulk 

hozirda o‘z mulkdori (NM) uchun iqtisodiy ta‘minlangan, yuridik konstruksiyaga ega 

nafli  ne‘mat  (N)  sifatida  namoyon  bo‘lgan  va  o‘zida  turli  axborotni 

mujassamlashtiruvchi  murakkab  substansiya  mazmunida  qabul  qilingan.  Bunda 

mulkdor (NM) instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o‘zi 

uchun  manfaatli,  foydali)  faoliyat  hisobiga  hayot  ko‘radi  va  mulkiy  munosabatlar 

subyekti hisoblanadi. Zero, falsafiy nuqtayi nazardan, yorug‘

 

dunyoda  maqsadli orzu-



havassiz, nafli ne‘mat xohish-istagisiz mulkdor insonning o‘zi bo‘lmagan! Chunki, bu 

dunyoning  jonli  va  jonsiz  materiyasi  benafs  yaratilmagan,  ularning  nafsi  bir-biriga 

bog‘liq  yaratilgan!  Inson  nafsi  nazariga  vaqtinchalik  tushmagan  yoki  undan  yiroq 

ne‘mat  mulkdor  nafi  uchun  mazmunga  ega  bo‘lmagan  hech  qanday  qimmatga  ega 

bo‘lmagan  materiyaligicha  qoladi.  Bunday  materiya  faqat  inson  nafsiga  asoslangan 

nafli  (qiymat,  narx,  qimmat  kategoriyalariga  asoslangandgina)  mulkiy  munosabatlar 

mavjud  bo‘lganidagina  ma‘noga  ega  bo‘ladi.  Demak,  mulkdor  o‘zining  nafsiga  va 

manfaatiga  mos  qiymatli  va  narxli  ne‘matga  ega  (mulkdor)  bo‘ladi  degan  prinsip 

(tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan mulkdorning manfaatli nafsi va unga 

mos  manfaat  beruvchi  boylik  sifatidagi  ne‘mat(mulkiy  huquq)ni  o‘zaro  ekvivalent 

kategoriyalar deb qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati, 

qiymati  va  narxisiz  manfaatni  o‘lchab  bo‘lmaydi.  Ushbu  hayotiy-falsaliy  aksiomaga 

ko‘ra,  ne‘mat  (qimmat,  qiymat  va  narxga  ega  mulkiy  huquqlar  sifatidagi  boylik), 

huquqiy  va  iqtisodiy  ta‘minoti  vujudga  kelishining  umumiy  manbayi  NM  bo‘lsada, 

lekin bulaming barchasini umumiy sababchisi nafs va unga mos manfaatlami hajmini 

ifodalovchi qiymat, narx va qimmat kategoriyalaridir. Shu munosabat bilan, zamonaviy 

mulk    fuqarolik  huquqlar  obyektlari  (FHO)  sifatida  mulkiy  munosabatlarni 

ta‘minlovchi  mulkchilik  tizimining  mulk  qiymatini  baholash  xizmatlari  bozori 

(MQBXB)  va  mulk  bozori  (MB)  obyektlari  bo‘ladi.    Boshqacha  qilib  aytilsa, 

zamonaviy 

mulk 

kapital, 



tovar 

va 


ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy 

16 

 

munosabatlar  vositasi  sifatida  namoyon  bo‘luvchi  turli  xil  va  shakllardagi,  xilma-xil 



jihat,  qirra,  xossa

s

  ko‘rsatkich,  bozorlar  va  funksiyalarga  hamda  qo‘sh  tabiatga  ega 



murakkab dinamik substansiya. 

Beshinchidan:  jahondagi  zamonaviy  mulkchilik  tizimi  modellari  uning  tarkibiy 

qismlarining o‘zaro o‘zviy bog‘liqlikda yaxlit murakkab dinamik tizim sifatida yuqori 

darajada  tashkillashgan  faoliyatini  taqozo  etmoqda.  Bunda  mulkchilik  tizimning 

tarkibiy  qismlari  bo‘lgan  mulkdorlik  institutlari,  ularning  mulkiy  (kompleks  ijtimoiy-

iqtisodiy-informatsion-huquqiy)  munosabatlari  uchun  mulk  turlari  bilan  bog‘liq 

professional  xizmatlar  bozori  va  mulk  narxi  shakllanuvchi  mulk  bozori  faoliyatlari 

samaradorligiga  hamda  davlatning  samarali  regulyativ  siyosatiga  erishish  dunyoning 

barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, 

davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosatining  samaradorligi  mulkchilik  tizimining 

samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda xususiy mulkchilik tizimi esa biznes 

faolligi  samarasini  belgilaydi.  Bulaming  barchasi  Ernando  De  Soto

8

  xulosalarida  o‘z 



aksini topgan. Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi 

faqat ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy sohalari uyg‘unligi (integratsiyasi)ni samarali 

mujassamlashtiruvchi mulkchilik tizimi shart sharoitlarida erishiladi. 

Zamonaviy  mulkchilik  tizimining  kompleks  o‘rganilishi  maqsadida  turli  xil  va 

shakllardagi  xilma-xil jihat, qirra, xossa, ko‘rsatkich, bozorlar va funksiyalaiga hamda 

qo‘sh tabiatga ega  zamonaviy  mulkni va u bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy,  huquqiy, 

informatsion  mulkiy  munosabatlarni  kompleks  tarzda  tizimli  tadqiq  etish  imkonini 

beruvchi ko‘p o‘lchamli fanlararo fazoviy yangi shaklga o‘tishning zaruriy muhimligi 

to‘liq idrok etilishi tabiiydir. Bunday shaklning hozirgi zamondagi asoslari  yetarlicha 

ishlab chiqilgan, kelajak uchun oqibatlari ijobiy va samarali deb baholanishi mumkin. 

Zero, bunday yangi shakl, IIS qoidalariga ko‘ra, zamonaviy mulk (mulkchilik tizimi) 

mazmun-mohiyatiga  mos  fanlaming  yaxlit  ijtimoiy-iqtisodiy-  informatsion-huquqiy 

fazosi bo‘lib, bundagi fanlar ularga mos sohalarga xos bo‘lgan omillar, munosabatlar, 

hodisalar,  jarayonlami  va  ularning  o‘zaro  bog‘liqliklarini  tizimli  o‘rganadi.    Bunday 

                                                           

8

  Эрнандо  Де  Сото.  Загадка  капитала.  Почему  капитализм  торжествует  на  Западе  и  терпит  поражение  во 



всем остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес 2001 - 272 с. 

 


17 

 

fazo  ushbu  tizim  atributlari  mazmun  mohiyatiga  mos  ravishda  turli  fanlaming 



intellektual  ishlanmalarini  tizimli  yondashuvni  qo‘llovchi  IIS  qoidalari  doirasida 

samarali garmonizatsiya (integratsiya) qilish g‘oyasiga asoslanuvchi zamonaviy  mulk 

to‘g‘risidagi  multifan  nazariyasini  maqsadga  muvofiqligini  bildiradi.  Ushbu  nazariya 

IIS  qoidalariga  asoslangan  holda  zamonaviy  mulkning  tabiatiga  mos  ravishda  keng 

ma‘noda garmonizatsiyalashtirilgan ijtimoiy yo‘nalgan jamiyat, iqtisodiyot va huquq) 

fanlarga, tabiiy va texnik  fanlarning tegishli bo‘limlariga ayniqsa, matematik  apparatni 

va  statistikaga  asoslanadi.  Xususan  olganda,  zamonaviy  mulk  to‘g‘risidagi  multifan 

quyidagi  ixtisoslashgan  nazariyalarni  matematik  apparatni  (jumladan,  statistikani) 

qo‘llash asosida kompleks garmonizatsiyalashtiradi. 

-turli  xil  va  shakllardagi,  xilma-xil  jihat,  qirra,  xossa,  ko‘rsatkich,  bozorlar  va 

funksiyalarga  hamda  qo‘sh  tabiatga  ega  zamonaviy  mulk  (ne‘mat)  bo‘yicha  turli 

huquqlar nazariyasi; 

-qiymat va uni tahliliy baholash nazariyasi; 

-narx, uni shakllanishi, tahlil qilish va baholash nazariyasi;  

-qimmat va uni tahliliy baholash nazariyasi; 

-boshqarish (jumladan, regulyatsiya qilish) nazariyasi. 

Mazkur  nazariyalaming  garmonizatsiyalashtirilgan  ravishda  qo‘llanilishi  esa 

globallashuv  jarayonlari  va  bunda  global  beqarorliklarni  (inqirozlarni)  ko‘payishi, 

dunyoning  ijtimoiy-  iqtisodiy  rivojlanishiga  xususiy  mulk  va  u  bilan  bog‘liq  omillar 

ta‘sirini  keskin  ortishi,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  huquqiy,

 

informatsion  va  boshqa 



munosabatlarni murakkablashuvi va nlarning chegaralari kengayishi bilan belgilanadi. 

Zamonaviy  mulk  to‘g‘risidagi  multifan  quyidagilarni  amalga  oshirish  imkonini 

beradi: 

-turli  nazariyalar  va  ularning  intellektual  ishlanmalarini  samarali  garmonizatsiya 

qilishni; 

-mulkiy  huquq  subyektlari  o‘rtasidagi  ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy 

munosabatlar 

uzviyligini 

ta‘minlovchi 

mulkchilik 

tizimini 

uning 


agregatsiyalashtiriluvining  turli    (makro-,  mintaqaviy  yoki  hududiy  mezo-,  mikro-, 

nano-) pog‘onalarida tizimli o‘rganishni; 



18 

 

-mulkchilik  tizimi  va  uning  atributlari  tabiatini,  undagi  mulk  va  mulkiy 



munosabatlar  turlari,  ulardagi  o‘zaro  bog‘liqliklar  mazmunini  sifatiy  va  miqdoriy 

tushuntirishni; 

-mulkchilik 

tizimidagi 

munosabatlar 

va 


jarayonlaiga 

xos 


xossa 

va 


qonuniyatlarning  tahlilini  (bunda:  xossa  —  obyekt  va  unga  xos  fenomen  va 

jarayonlaming  ma‘lum  bir  sharoit  va  omillar  ta‘sirida  o‘zgarishga  moyil  bo‘lgan 

ma‘lum sifatlarga ega bo‘lish xosiyati (xossasi, xususiyati); qonuniyat  - ma‘lum vaqt 

davrlarida  qandaydir  statistik  muntazam  qaytariladigan  fenomen,  jarayon  va  ular 

xossalari rivojining shakllanishi natijasi bo‘lib, bu natijaning bunday namoyon bo‘lishi 

kuzatuvchilar  tomonidan,  odatda  ma‘lum  sharoit  va  omillar  ta‘sirida,  ishonishlikka 

molik odatiy holat deb qabul qilinadi); 

-mulkchilik  tizimi  va  uning  atributlari  uchun  xos  hodisa  va  voqeliklar  rivojini 

shakllantiruvchi omillaming tahlilini (bunda aytish mumkinki, ―ko‘rsatkich‖ va ―omil‖ 

tushunchalarining farqi shartlidir, chunki har bir ko‘rsatkich boshqa bir undan yuqori 

darajadagi (unga bog‘liq bo‘lgan) ko‘rsatkichning omili sifatida ko‘rilishi mumkin yoki 

aksincha.  Omil  va  voqelik  (obyekt  deb  olinsa)  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  ifodalash 

mumkin, agarda omil ta‘siri ostidagi obyekt hossasini sintetik tarzda olingan (topilgan) 

ko‘rsatkich  yordamida  aks  etishini  hisobga  olsak,  unda  ushbu  ko‘rsatkich  shartli 

ravishda omil kuchi va xarakterini adekvat ifodalaydi deb qabul qilish mumkin); 

-mulkchilik  tizimi  va  uning  atributlarini  tizimli  tahlil  va  sintez  masalalarining 

kompleks yechimiga erishishni; 

-mulkchilik  tizimi  va  uning  mulk  turlari  bo‘yicha  atributlaridagi  sifatiy  va 

miqdoriy  o‘zgarishlar  hamda  bog‘liqliklar  tizimli-metrik  o‘lchanishining  amalga 

oshirilishini; 

-mulkchilik  tizimi  va  uning  atributlarini  modellashtirish  va  prognozlashtirishni, 

umuman olganda, keng ma‘noda tizimli tadqiq qilishni va h.k. 

Bunda  ko‘p  atributli  mulkchilik  tizimini  murakkab  tartiblashtiriluvchi  dinamik 

tizim sifatida tizimli tadqiq qilish bilan bog‘liq barcha masalalami keng ma‘noda ikkita 

yirik masalalar sinfiga ajratish mumkin: 

-  tizimli  tahlil masalasi; 



19 

 

-  tizimli prognozlashtirish va sintez masalasi. 



 

                                               

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish