O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanini o‘rganish mutaxassislik fani bo‘lib, 7-8 semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish uchun, o‘quv rejasida rejalashtirilgan noorganik kimyo, analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, matematika, ukt, ktja fanlar bo‘yicha bilimlar talab etiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun kimyoning asosiy qonunlari, oksidlanish qaytarilish reaksiyalari, tuzlar gidrolizi, kimyoviy bog‘lanish, sifat va miqdor analizi bo‘limlari, spektrofotometrik va xromatografik analiz usullari, turli konsentratsiyali eritmalar tayyorlash, Raul qonuni, termodinamika qonunlari, elektr o‘tkazuvchanlik, proporsiya tenglamasi, statistika nazariyasi, organik birikmalarning tuzilishi, klassifikatsiyasi, kimyo texnologik jarayonlarning sxemalari, apparatlarning ishlash prinsiplari bo‘limlarni bilishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |