O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi



Download 1,42 Mb.
bet42/88
Sana01.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#161554
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Takrorlash uchun savollar


  1. Skopolomin gidrobromid texnologiyasi

  2. Anabazin gidroxlorid olish texnologiyasi

  3. Paxikarpin gidroyodid olish texnologiyasi

  4. Adabiyotlar


7-ma’ruza


M AVZU: PLATIFILLIN GIDROTARTRAT, PAXIKARPIN GIDROYODID OLISH TEXNOLOGIYALARI ISHLATILISHI

Reja:


1.Platifillin gidrotartrat olish texnologiyasi

2. Paxikarpin gidroyodid olish texnologiyasi


Paxikarpin gidroyodid olish texnologiyasi

Paxikarpin gidroyodid - ok kukun, nordon ta’mli, xloroformli va spirtda oson eruvchi, suvda kam eriydi, atseton va efirda qiyin eriydi. Ter - 233-236OS. Paxikarpin vegetativ nerv sistemasini tugunlarini o‘tkazuvchanligini pasaytirish xossasiga ega. Ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo sifatida dukkakdoshlar - Fabaceae qalin mevali achchiqmiya - vexibra pachycarpa o‘tidan foydalaniladi.

Paxikarpin gidroyodid kukun, 0,1 grammli tabletka, 3% eritmaning 2 ml dan ampulalarda, 0,1 gr paxikarpin saqlagan shamchalar ko‘rinishida chiqariladi.

Xom ashyoni tayyorlash va alkaloidlarni ekstraksiyalash.

Qalin mevali achchiqmiyani butunlay somonkeskichdan maydalaniladi. Kesilgan poyalar o‘lchami 5-6 sm dan oshmasligi kerak. Ekstraksiya jarayoni 12 ta diffuzordan iborat diffuzion batareyasida olib boriladi.

Diffuzorga o‘rtacha 0,6-0,8% paxikarpin saqlagan achchiqmiya solinadi. Jarayon 85-95OS temperaturasida qarama-qarshi oqim prinsipi bo‘yicha olib boriladi.

Diffuzorga solingan xom ashyo qopqog‘i ochiq xolda bug‘latiladi. o‘tkir bug‘ diffuzorga pastdan yuboriladi. Ekstrakt siqilgan xavo ostida keyingi diffuzorga yuboriladi. Bu siqilgan xavo ta’sirida ekstraksiya butun batareya bo‘ylab tarqaladi. Bir diffuzordan boshqa diffuzorga o‘tguncha kaloriferdan o‘tadi u erda 85-95OS gacha qizdiriladi. Asosiy diffuzorga ekstrakt to‘lishi bilan siqilgan xavo berilishi to‘xtatiladi va pastki qopqog‘i ochilib chiqindi ajratib olinadi. Asosiy diffuzorga solingan ekstrakt 60 min. ga tindiriladi. Ekstrakt asosiy diffuzordan oxirgi diffuzorga issiq suv bilan yuboriladi.

Ekstraktda 0,15-0,25% asos-paxikarpin saqlaydi.

Suvli ekstraktdagi alkaloidlarni kerosin yordamida ajratish.

Ekstrakt druk filtri yordamida pH 10,0-10,5 42% li NaOH solingan ishqorlantirgichga solinadi. Ekstrakt ishqorlashtirgichdan 65-75OS da isitilgan xolda Badjara tipli likobchali nasadkali ekstraksion kolonkaga yuboriladi 65-75OS da qizdirilgan kerosindan alkaloidlar ekstraksiyasi o‘tkaziladi va to‘yingan kerosinli ekstrakt tuyingan kerosinli yig‘gichka ajratgich orqali solinadi. Jarayon kerosinni berish tezligi va suvli ekstraktda qancha miqdor alkaloidlarni saqlashga qarab ekstraksiya 5-6 soat davom etadi.

Kerosinli ekstraktni sulfat kislota yordamida qayta ishlash.

Kerosinli ekstrakt asosiy sulfatorning injektor qismiga yuboriladi. Sulfat oldindan 43% li sulfat kislota eritmasi bilan to‘ldiriladi. Injektorda intensiv turbulent aralashtirishi sodir bo‘ladi. Buning natijasida kerosinli ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar yi\indisi suvli eritmaga sulfatlar ko‘rinishiga o‘tadi. Alkaloidlardan erkin xolga o‘tgan kerosin qayta kerosin yi\gichka solinadi. Asosiy sulfatda 15-18% ga etguncha erkin sulfat kislota yuboriladi. 0,5-1%ga etganda erkin sulfat kislota saqlagan sulfatorga kerosin yuborilishi to‘xtatiladi. Sulfatlar 1 soat davomida tindirilib montejga quyish ishlari olib boriladi. Bunda sulfatda 14-14,5% paxikarpin saqlanadi. Bo‘sh sulfatorga yangi sulfat kislota porsiyasi solinib oldingi ishlarni takrorlanadi.

Izopropil spirt yordamida alkaloidlarni ekstraksiyalash.

Olingan sulfat ekstraktorga solinadi va unga 8,5% izopropil spirti solinadi. Keyin aralashtirib turgan xolda massaga 43% NaON eritmasini kuchli ishqoriy muxit xosil bo‘lguncha solinadi va 2 soatga tindirishga qo‘yiladi. Aralashtirilgan matochnikni po‘latli emallangan likobchaga solinadi va 2 chi marta ekstraksiyalashga yuboriladi. Xuddi shu usul bilan 3 chi ekstraksiya olib boriladi.

1 chi va 2 chi ekstraktdan olingan spirtli ekstrakt montejyuga yig‘iladi. 5,5-6% paxikarpin saqlangan izopropanolli ekstrakt vakuum bug‘latish apparatiga solinadi. Bug‘latish boshlang‘ich xajmning 15 qismi qolguncha vakuum ostida olib boriladi.


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish