O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи
савол, савол, савол, final work, oivoits kasalligi va undan saqlanish choralari., Bilim inson manaviy kamoloti omili, ALLOMALAR DIN TO'G'RISIDA, Hozirgi tezis nima, 4-amaliy topshiriq, 9-b baho daftari, 33, 35, 35, 1 вариант
         

Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va 

insonning  qadr-qimmati  uning  avlod-ajdodlarining  kim  bo'lganligi  emas,  balki 

uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-

odatlari  o'ziga  xos  bladi  va  inson  ahli  ularga  rioya  qilmog'i  darkordir,  aks  holda 

nizom  va  bir  xillik  yo'qolsa,  tartib  ham  yo'q  bo'ladi,  deb  uqtiradi  buyuk 

donishmand.  

Olimning  fikrlariga  tayanib  shunday  muhim  qisqacha  xulosalar  chiqarish 

mumkinki,  inson  erdagi  bunyodkor  va  yaratuvchi  kuchdir.  Inson  avvalo  halol 

mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.  

Beruniy  qayd  etishicha,  bilimlarni  egallamoq  va  hunar  o'rganmoq  uchun 

mehnat  qilish  zarur,  bu  esa  doim  davom  etadigan  va  takomillashib  boradigan 

jarayondir.  U  mehnatni  turlarga  ajratib,  ularning  har  qaysisi  alohida  talab  va 

ehtiyojlar  asosida  vujudga  kelishini  ko'rsatib  berdi.  Binokor,  ko'mir  qazuvchi, 

hunarmand,  fan  sohiblari  mehnatini  og'ir  mehnat  deb  biladi.  Ilm,  ma'rifat 

zag'matkashlari  mehnatiga  ta'rif  berish,  ilm  olish,  o'qish  eng  kerakli  mehnat 

ekanligini  isbotlaydi.  Shunga  ko'ra  olimlarning  mehnatini  qadrlash  turli  ilmlar 



ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan 

harakatlarda, mehnatda deb biladi.  

Qul  mehnati,  majburiy  mehnatdan  erkin  kishilarning  faoliyati  usutunligi 

isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-

irodasiga  qarshi,  ularni  majburlab  ishlatishga  qarshi  bo'lgan,  chunki  bunday 

mehnat  samarasi  pastdir.  Meros  bo'lib  avloddan  avlodga  o'tib  keladigan  hunarlar 

yuqori baholangan.  

Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida 

gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar 

va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq 

va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash 

(falokat  oldini  olish  uchun),  er  osti  suvlarini  chiqarib  tashlash,  olingan  rudani 

yuqoriga  olib  chiqish  uchun  maxsus  moslamalardan  foydalanish  tavsiya  etiladi. 

Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.  

Er  osti  boyliklarini  qazib  olish  ishlari  katta  jismoniy  mehnat,  ixtirochilik, 

aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish 

maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi 

olim.  Xuddi  shu  o'rinda  Beruniy  ilm  ahllari,  olimlar,  tarbiyachilarning  mehnati 

jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning 

avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari 

suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi. 

 Olimning  yozishicha:  «Basrada  billurdan  idish-tovor  va  boshqa  narsalar 

yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning 

mayda  va  katta  bo'lakchalari  to'plangan.  U  ana  shulardan  chiroyli  va  keraklisini 

olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi. 

Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib 

buyumlarni yasay boshlaydi.  

Olim  shu  erda  mehnat  taqsimoti  va  uning  ahamiyatini  ko'rsatadi.  Olim  va 

mutaxassislar  mehnatini  mamlakat  boshqaruvchilari  tomonidan  rag'banlantirib 

turish  foydali  ekanligi  alohida  ta'kidlanadi.  Bu  aslini  olganda  manfaatdorlik 

tamoyilining  xuddi  o'zidir.  Uningcha,  ayniqsa,  erga  ishlov  berib,  rizq-ro'z 

yaratuvchilarga  mehribon  bo'lish  kerakligi  ko'rsatiladi.  Ana  shu  g'amxo'rlik 

oqibatida  erga  yaxshi  ishlov  beriladi  va  er  hosildor  bo'ladi,  moddiy  ne'matlar 

yaratiladi,  ishlovchi  va  jamiyat  manfaatlari  bab-baravar  himoya  qilinadi  (bu  fikr 

XVIII  asrda  Adam  Smit  tomonidan  to'laroq  isbotlab  berilgan).  Moddiy  ne'matlar 

esa  tiriklik  asosi.  Ana  shunday  qilinganda  hokimiyat  ham  mustahkam  bo'ladi, 

deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).  

Agar  kishilar  to'q  bo'lsa,  davlat  ham  kuchlidir.  Hukmdorlarning  vazifasi 

yuqori  tabaqalar  bilan  quyi  tabaqalar  o'rtasida  haqiqatni,  kuchli  bilan  kuchsiz 

o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, 

ozodligi,  erkinligi  kishilar  o'rtasida  hulq-atvor,  hurmat-e'tibor  uchun  muhim  va 

zarurdir.  Bozor  iqtisodiyotining  eng  zarur  tamoyillaridan  biri-  bu  tanlash  va 

tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti