O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish va tasdiqlash



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/219
Sana18.08.2021
Hajmi6,56 Mb.
#151229
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   219
Bog'liq
budjet tizimi

 

2. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish va tasdiqlash. 

Budjet  tashkilotlari  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan 

tasdiqlangan budjetdan mablag’ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta va 

shtatlar  jadvalini  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  mustaqil  ravishda 

ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. 

Smetalar  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan 

tasdiqlangan  Davlat  budjeti  daromadlari  va  xarajatlarining  amaldagi 

tasnifnomasiga  muvofiq  xarajatlarning  to’liq  yoyilmasi  ilova  qilingan  holda 

xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi. 

Ilova  smetaning  ajralmas  qismi  hisoblanadi,  smetaning  prognoz  hisob-

kitoblarini  asoslash  uchun  xizmat  qiladi  va  hisobot  maqsadlari  uchun 

foydalaniladi. 

Xalq  ta’limi  muassasalari  bo’yicha  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvali 

hududiy moliya organlari bilan birgalikda tuziladi. 




 

 

160 



      

 

Xarajatlar smetalari Budjet tashkilotlari va Budjet mablag’lari oluvchilar 



tomonidan, yil oylari bo’yicha taqsimlangan holda : 

-  xarajatlarning  birinchi  -  uchinchi  guruhlari  bo’yicha  xarajatlarning 

moddalariga ko’ra ajratib; 

-  xarajatlarning  to’rtinchi  guruhi  bo’yicha  xarajatlarning  moddalariga 

ko’ra ajratmasdan tuziladi. 

Xarajatlar  smetasiga  xarajatlarning  moddalari  bo’yicha  to’rtinchi  guruh 

xarajatlari  yoyilmasi,  shuningdek  davlat  ehtiyojlari  uchun  ustuvor  ravishda 

kichik  tadbirkorlik  sub’ektlaridan  xarid  qilinadigan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar) 

guruhlarining ro’yxati bo’yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining  diplomatik 

muassasalari bo’yicha xarajatlar smetalari har bir diplomatik muassasa bo’yicha 

alohida-alohida xorijiy va milliy valyutalarda tuziladi.  

Budjet  tashkilotlarining  va  Budjet  mablag’lari  oluvchilarning  xarajatlar 

smetalari  ikki  nusxada,  Budjet  mablag’larini  taqsimlovchi  tasarrufidagi  Budjet 

tashkilotlari va Budjet mablag’lari oluvchilar bo’yicha uch nusxada tuziladi. 

Moliya  organlari  va  Budjet  mablag’larini  taqsimlovchilar  Budjet 

tashkilotlari hamda Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir 

hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.  

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchi  o’z  tasarrufidagi  tashkilotlardan  kelib 

tushgan  xarajatlar  smetalarini  moliya  yili  uchun  Budjet  mablag’larini 

taqsimlovchiga  Budjetdan  ajratiladigan  mablag’lar  hajmi  doirasida  ko’rib 

chiqadi  va  Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.  

Xarajatlar  smetasining,  jamlanma  xarajatlar  smetasining  va  ularga  doir 

ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi O’zbekiston Respublikasi 

Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 




 

 

161 



      

 

Xarajatlar  smetasini  tuzish  bo’yicha  ishlarni  tashkil  etish  davomida 



O’zbekiston  Respublikasi  va  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  vazirliklari, 

idoralari,  tegishli  hokimiyatlarning  boshqarma  va  bo’limlari  o’zlariga 

bo’ysunuvchi  tashkilotlarga  tegishli  halq  deputatlari  Kengashi  sessiyasining 

Budjetni tuzish tartibi va muddati to’g’risidagi qaroridan va moliya organining 

ushbu  masala  bo’yicha  ko’rsatmalaridan  kelib  chiqib,  kelgusi  yil  uchun 

smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida ko’rsatmalar beradilar. 

Buning  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  va  Qoraqalpog’iston  Respubli-

kasi vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari 

o’zlariga  qarashli  tashkilotlarning  rahbarlari  hamda  tegishli  xodimlari 

kengashini  chaqiradilar  va  xarajatlar  smetasini  tuzish  tartibi  va  muddatlari 

to’g’risida  yo’l-yo’riqlar  ko’rsatadilar,  ularga  tashkilotlarning  moliyaviy-

xo’jalik  faoliyatiga  va  ularga  xarajatlar  smetasini  tuzish  masalalari  bo’yicha 

qonunchilik  talablarini  tushuntiradilar,  byud-jet  mablag’lari  bo’yicha  xarajatlar 

smetasi hisob-kitoblarini albatta qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda 

moliya  intizomiga,  iqtisod  qilish  tartibiga  rioya  qilish  haqida  ko’rsatmalar 

beradilar,  shuningdek,  xarajatlar  smetasini  tuzish  hamda  blankalarni  to’ldirish 

texnikasi masalalari bo’yicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar. 

Bir 


vaqtning 

o’zida  o’zlariga  qarashli  tashkilotlarga  ijtimoiy 

rivojlanishning  iqtisodiy  ko’rsatkichlari  asosida  (sinflar,  o’quvchilar,  bolalar, 

shifoxonalarda  joy-kunlar,  bola-kunlar  soni  va  boshqalar)  kelgusi  yil  uchun 

ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar. 

Xarajatlar  smetasi  bo’yicha  xarajatlarni  hisoblab  chiqish  mablag’larga 

bo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlarini va 

iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga 

oshirilishi  shart.  Tashkilotlarning  xarajatlar  smetasi  uch  nusxada  tuzilib, 

tashkilotning rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo huquqiga ega shaxs), 

tashkilot  bosh  hisobchisi  yoki  uning  o’rinbosari  (ikkinchi  imzo  huquqiga  ega 

shaxs), shuningdek moliya-iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq 




 

 

162 



      

 

moliya-iktisod  masalalari  bo’yicha  mutaxassis)  tomonidan  imzolanadi  hamda 



belgilangan tartibda moliya organida ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng: 

- birinchi nusxasi - tashkilotda qoladi; 

- ikkinchi nusxasi - tegishli moliya organiga taqdim qilinadi;  

- uchinchi nusxasi - yuqori tashkilotga taqdim qilinadi (zarur hollarda). 

Budjet tashkilotlari va Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi 

tashkilot  bosh  buxgalteri  (uning  o’rinbosari)  va  moliya-iqtisod  bo’linmasi 

boshlig’i  (shtat  jadvaliga  muvofiq  moliyaviy-iqtisodiy  masalalar  bo’yicha 

mutaxassis)  tomonidan  imzolanadi  hamda  tashkilot  rahbari  yoki  u  vakolat 

bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi .  

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  jamlanma  xarajatlar  smetasi 

Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  bosh  buxgalteri  (uning  o’rinbosari)  va 

moliya-iqtisod bo’linmasi boshlig’i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy 

masalalar  bo’yicha  mutaxassis)  tomonidan  imzolanadi  hamda  Budjet 

mablag’larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan 

tasdiqlanadi.O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligining  diplomatik 

muassasalari  bo’yicha  xarajatlar  smetalari  O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi 

ishlar  vazirligining  bosh  buxgalteri  va  moliya-iqtisod  boshqarmasi  boshlig’i 

tomonidan  imzolanadi  hamda  O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  ishlar  vaziri  va 

O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vaziri  yoki  ular  vakolat  bergan  shaxslar 

tomonidan  tasdiqlanadi.  Kapital  qurilish  ob’ektlari  bo’yicha  xarajatlarning 

smetalari  buyurtmachi  tomonidan  tasdiqlangan  qurilishlarning  manzilli 

ro’yxatlari va ob’ektlarning titul ro’yxatlari asosida tuziladi.  

Budjet  tashkilotlari  va  Budjet  mablag’lari  oluvchilarning  xarajatlar 

smetalarini,  Budjet  mablag’larini  taqsimlovchining  jamlanma  xarajatlar 

smetalarini  tasdiqlash  joriy  moliya  yilining  10  martidan  kechiktirmay  amalga 

oshiriladi. 




 

 

163 



      

 

Xarajatlar  smetasini  tasdiqlash  O’zbekistan  Respublikasi  Prezidentining, 



Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Juqorg’i  Kengesining  yoki  tegishli  viloyatlar, 

shaharlar, tumanlar Xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining Budjet haqidagi 

qarori  kabul  kilingan  kundan  boshlab  ikki  hafta  muddat  ichida  (agar  boshqa 

muddat  belgilanmagan  bo’lsa)  va  tegishli  Budjetlarda  turuvchi  tashkilotlar 

uchun  xarajatlar  tasnifi  moddalari  bo’yicha  bo’lingan  holda  amalga  oshiriladi 

hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o’rinbosari) imzosi 

bilan,  tasdiqlangan  kuni  ko’rsatilgan  holda,  shuningdek  ushbu  tashkilotning 

muhri  smetaning  barcha  nusxalariga  bosilib,  bir  paytning  o’zida  xarajatlar 

smetasi  bo’yicha  umumiy  summasini  yuqori  o’ng  burchagida  shtatdagi 

xodimlarning mehnatga haq to’lash jamg’armasining umumiy summasini ajratib 

ko’rsatgan holda rasmiylashtiriladi. 

Xarajatlar smetalarida Budjet mablaglarini yil choraklari (oylari) bo’yicha 

taqsimoti  tegishli  Budjetlarning  daromadlari  va  xarajatlari  choraklar  (oylar) 

bo’yicha taqsimotini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. 

 

 

 



 

 

Budjet  tashkilotining  shtat  jadvali  1  yanvar  holatiga  ko’ra  har  bir  Budjet 



tashkiloti  bo’yicha  mazkur  tashkilot  uchun  belgilangan  mehnatga  haq  to’lash 

shartlariga  muvofiq,  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan 

tasdiqlanadigan shakl bo’yicha tuziladi. 

Yangidan  tuzilayotgan  Budjet  tashkilotining  shtat  jadvali,  agar  qonun 

hujjatlarida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  Budjet  tashkiloti 

faoliyat ko’rsata boshlashidan ikki oy oldin tuziladi va kuchga kiradi. 

Shtat jadvali - doimiy xodimlar lavozimlari va bo’sh 

o’rinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining 

miqdorlari ko’rsatilgan ro’yxatni o’z ichiga oladigan, 

byudjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat 

 



 

 

164 



      

 

Lavozimlarning nomlari va xodimlar soni,  mehnatga haq to’lash bo’yicha 



razryadlar, bazaviy stavkalar: 

- Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida, 

namunaviy  shtatlarda  hamda  qonun  hujjatlari  bilan  tasdiqlangan  mehnatga  haq 

to’lash  bo’yicha  tarif  razryadlarida,  bazaviy  stavkalarda  nazarda  tutilgan 

lavozimlarga; 

- tasdiqlangan namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan xodimlar soniga; 

- xodimlarning  tasdiqlangan  umumiy  cheklangan  soniga,  shu  jumladan 

Budjet tashkilotlarining Budjet mablag’lari va Budjetdan tashqari jamg’armalari 

hisobidan saqlab turilgan boshqaruv xodimlari soniga; 

- davlat  boshqaruvi  organlarining  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan 

boshqaruv,  xizmatlar  ko’rsatuvchi  va  texnik  xodimlari  sonining  o’zaro  nisbati 

normativlariga muvofiq bo’lishi kerak.  

Ish  haqining  hisob-kitobi  tarifikatsiya  ro’yxatlariga  muvofiq  amalga 

oshiriladigan lavozimlar shtat jadvaliga lavozimlarning har bir guruhi bo’yicha 

stavkalar  soni,  oylik  mehnatga  haq  to’lash  jamg’armasi  ko’rsatilgan, 

tarifikatsiya ro’yxati shtat jadvaliga ilova qilingan holda kiritiladi. 

Ayrim  Budjet  tashkilotlari  uchun  tasdiqlangan  namunaviy  shtat 

normativlari  va  mehnatga  haq  to’lash  bo’yicha  razryadlar,  bazaviy  stavkalar 

mavjud  bo’lmaganda,  ularning  shtat  jadvallariga  kiritiladigan  lavozimlarning 

nomi  va  xodimlar  soni  hamda  ularning  mehnatga  haq  to’lash  bo’yicha 

razryadlari, bazaviy stavkalari ushbu tashkilotlar tomonidan tashkilotning o’ziga 

xos  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va 

aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  hamda  Moliya  vazirligi  bilan 

kelishuvga ko’ra belgilanadi.Amaldagi mehnatga haq to’lash shartlarida nazarda 

tutilgan,  ustamalar,  qo’shimcha  haq  to’lash  va  xodimlarni  moddiy 

rag’batlantirishga yo’naltiriladigan, bir yil uchun hisob-kitob qilingan mehnatga 

haq to’lash jamg’armasi Budjet tashkilotining shtat jadvalida alohida satr bilan 

ko’rsatiladi.Budjet  mablag’lari  oluvchilar  -  kapital  qurilish  bo’yicha 




 

 

165 



      

 

buyurtmachilar  xizmatlarining  shtat  jadvali  Budjet  kodeksida  belgilangan 



tartibga muvofiq tuziladi. 

Budjet  tashkilotining  shtat  jadvali  tashkilotning  bosh  buxgalteri  (uning 

o’rinbosari)  va  moliya-iqtisod  bo’linmasi  boshlig’i  (shtat  jadvaliga  muvofiq 

moliyaviy-iqtisodiy  masalalar  bo’yicha  mutaxassis)  tomonidan  imzolanadi 

hamda  tashkilot  rahbari  yoki  u  vakolat  bergan  shaxs  tomonidan 

tasdiqlanadi.Budjet  tashkilotlarining  shtat  jadvallarini  tasdiqlash  joriy  moliya 

yilining 10 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 

Tashkilotlar  vaqtinchalik  xarajatlar  smetasini  tuzish  va  tasdiqlash  oylar 

kesimida  birinchi  chorakdan  oshmagan  davr  uchun  amalga  oshiriladi.  Bunda, 

har  oylik  xarajatlar,  qoida  tariqasida,  moliya  yilining  boshlanishida  amalga 

oshirilishi  rejalashtirilmaydigan  xarajatlar  summasini  hisobga  olgan  holda, 

o’tgan  moliya  yilining  oxirgi  choragi  Budjet  mablag’larining  uchdan  bir 

qismidan oshib ketmasligi shart. 

Vaqtinchalik xarajatlar smetasida o’tgan moliya yilida amalga oshirilmagan 

Budjet  xarajatlari  ko’zda  tutilmaydi.  Vaqtinchalik  xarajatlar  smetasi  xarajatlar 

smetasi  tasdiqlangunga  qadar  amalda  bo’ladi,  bunda  belgilangan  tartibda 

ro’yxatdan  o’tkazilgan  xarajatlar  smetasidagi  birinchi  chorak  uchun  xarajatlar 

summasi  tashkilotlarning  vaqtinchalik  xarajatlar  smetasida  ko’zda  tutilgan 

xarajatlar summasidan kam bo’lishi mumkin emas. 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish