O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


Budjet  xarajatlarining  tarkibi  va  tuzilishi



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/219
Sana18.08.2021
Hajmi6,56 Mb.
#151229
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   219
Bog'liq
budjet tizimi

Budjet  xarajatlarining  tarkibi  va  tuzilishi.Davlatning  iqtisodiyot  va 

ijtimoiy  hayotda  kechayotgan  jarayonlarga  ta’sir  etish  qurollaridan  bir  davlat 

budjetidir.  Davlat  budjet  xarajatlari  orqali  jamiyat  talablariga  mos  ravishda  pul 

mablag’larini  moddiy  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  sohalari  o’rtasida 

qayta  taqsimlanish  jarayonini  tartibga  solib  turishi,  iqtisodiyotning  ustivor 

tarmoqlarining  rivojlanishini  rag’batlantirishi,  ilmiy-texnika  taraqqiyotining 

jadallashuviga  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  budjet 

xarajatlari iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish va 

tartibga solishda muhim vosita – dastak bo’lib xizmat qiladi. 

Budjet  xarajatlari  –  davlat  va  mahalliy  hokimiyat  vazifa  va  faoliyatini 

moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. 



 

 

27 



      

 

 Budjet  mablag’lariga  egalik  qiluvchilar  –  budjet  mablag’larini  oluvchilar 



yoki  boshqaruvchilar  bo’lgan,  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish 

sohalaridagi  tashkilotlar  budjet  xarajatlari  orqali  moliyalashtiriladi.  Shunday 

qilib,  budjet  xarajatlari  tranzit  xarakterga  ega.  Budjetda  faqat  budjet 

xarajatlarining  miqdori  xarajatlar  moddalari  bo’yicha  belgilanadi,  bevosita 

xarajatlarni  esa  budjet  oluvchilar  amalga  oshiradilar.  Bundan  tashqari 

dotatsiyalar,  subvensiyalar,  subsidiyalar  va  budjet  ssudalari  vositasida  budjet 

tizimi  darajalari  bo’yicha  budjet  mablag’larini  qayta  taqsimlash  budjet  orqali 

amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. 

Faqat  budjet  kreditlari  va  budjet  ssudalari  qaytariladigan  asosda  berilishi 

mumkin.  Xarajatlar  tuzilmasi  yil  uchun  tasdiqlanadigan  budjetda  bevosita 

ko’rsatiladi  va  budjet  daromadlari  kabi  iqtisodiy  vaziyatga,  ijtimoiy 

ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.  

Iqtisodiy  mazmuniga  ko’ra  davlat  budjeti  xarajatlari  –  davlatning 

markazlashgan  pul  fondini  taqsimlash  va  ishlatish  bilan  bog’liq  iqtisodiy 

munosabatlardir.  

Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo’lib, bir qator omillarga bog’liq: 

  davlatning tabiati va funksiyasiga



  mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga; 

  budjetning  iqtisodiyot  va  xizmat  ko’rsatish  soha-tarmoqlari  bilan 



aloqalarining ko’lamiga; 

 



davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga; 

 



budjet mablag’larini taqdim etish shakllariga va boshqalar. 

Bu  omillar  ta’siri  ostida  har  qanday  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishning  har  bir  bosqichidagi  budjet  xarajatlari  tarkibi  va  tuzilishi 

shakllanadi.  Masalan,  agar  davlatning  asosiy  e’tibori  iqtisodiyot  tarmoqlarini 

davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lsa, unda budjet xarajatlari 

tarkibida  yirik  investitsiyalarni  davlat  resurslari  hisobidan  moliyalashtirish 

xarajatlari  ustun  bo’ladi.  Davlatning  asosiy  e’tibori  jamiyatdagi  ijtimoiy 



 

 

28 



      

 

muammolarni  hal  qilishga,  aholini  ijtimoiy  himoyalashga,  ijtimoiy  dasturlarni 



amalga oshirishga qaratilgan bo’lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi 

xarajatlar ortib boradi.  

O’z  iqtisodiy  mazmuniga  qarab  budjet  xarajatlari  joriy  va  kapital 

xarajatlarga bo’linadi.  

Budjetning  joriy  xarajatlari–  budjet xarajatlarining bir qismi  bo’lib, davlat 

hokimiyati  organlarining,  mahalliy  o’z-o’zini  boshqarish  organlarining,  budjet 

tashkilotlarining  joriy  faoliyatini  ta’minlashga,  davlat  tomonidan  quyi 

pog’onadagi  budjetlar  va  iqtisodiyotning  ayrim  tarmoqlariga  mablag’  ajratish, 

dotatsiyalar,  subvensiyalar  va  subsidiyalar  shaklida  yordam  ko’rsatish  uchun 

ajratiladi.  

Budjetning  kapital  xarajatlari  –  budjet  xarajatlarining  innovatsiya  va 

investitsiya  faoliyatini  ta’minlaydigan  qismi  hisoblanadi.  Unga  tasdiqlangan 

investitsiya  dasturiga  muvofiq  ishlab  turgan  yoki  yangidan  tashkil  qilinadigan 

korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalarga  investitsiyalar  uchun  mo’ljallangan 

xarajatlar  kiradi.  Bu  xarajatlar  investitsiya  maqsadlari  uchun  budjet  kreditlari 

tarzida  beriladigan  mablag’lar,  kapital  ta’mirlash  xarajatlari  va  kengaytirilgan 

takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat.  

Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat: 

 

ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 



  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa 

institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 

  iqtisodiyot xarajatlari; 



  markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 

  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarini  saqlab  turish 



xarajatlari; 

  sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; 




 

 

29 



      

 



 

fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  saqlab  turish 

xarajatlari; 

  boshqa xarajatlar. 



Davlat  budjetining  xarajat  qismi  tarkibida  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, 

viloyatlar  viloyat  budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  zaxira 

jamg’armalari hisobga olinadi. 

O’zbekiston  Respublikasining  respublika  budjetidan  quyidagi  xarajatlar 

amalga oshiriladi: 

1)  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash  xarajatlari,  shu 

jumladan:  

-  maktabgacha  ta’lim,  umumiy  o’rta  ta’lim,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta’limi,  oliy  ta’lim,  oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim,  maktabdan  tashqari 

ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, 

bolalar  uylari,  ta’lim  muassasalarini  axborot-uslubiy  jihatdan  ta’minlash 

muassasalari,  vazirliklar  va  idoralar  tasarrufidagi  ta’lim  muassasalari,  boshqa 

yordamchi  muassasalarni  saqlab  turish,  shuningdek  qonun  hujjatlarida 

O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda 

tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;  

-  respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish 

respublika  markazi, Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati, karantin va  o’ta 

xavfli  infeksiyalar  profilaktikasi,  Salomatlik  va  tibbiyot  statistikasi  instituti, 

ilmiy-tadqiqot  institutlari  va  oliy  o’quv  yurtlarining  klinikalari,  qon  quyish 

xizmati  va  sud-tibbiyot  ekspertizasi  respublika  muassasalari,  respublika 

vazirliklari  va  idoralari  tasarrufidagi  boshqa  davolash-profilaktika  muassasalari 

hamda  yordamchi  tashkilotlarni  saqlab  turish,  shuningdek  qonun  hujjatlarida 

O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda 

tutilgan xizmatlar haqini to’lash xarajatlari; 



 

 

30 



      

 

-  qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar 



ko’rsatilganligi  uchun  respublika  ixtisoslashtirilgan  markazlari  xarajatlarining 

o’rnini qoplash (subsidiyalar);  

-  qabul  qilingan  davlat  dasturlariga  muvofiq  fuqarolarning  sog’lig’ini 

saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;  

-  respublika  vazirliklari  va  idoralari  tasarrufidagi  madaniyat,  jismoniy 

tarbiya  va  sport  muassasalarini  saqlab  turish,  tele-  va  radiodasturlar  yaratish 

hamda  ularni  tarqatishga  doir  xizmatlar  ta’minoti  va  ularga  haq  to’lash, 

hukumatning  alohida  qarorlariga  ko’ra  ommaviy  axborot  vositalarini  saqlab 

turish,  kino-  va  videomahsulotlar  yaratish,  madaniy  myeros  ob’ektlarida 

restavratsiya  ishlarini  bajarish,  tasdiqlangan  kalendar  rejalarga  muvofiq 

madaniyat  va  sportni  rivojlantirish  bo’yicha  qonun  hujjatlarida  O’zbekiston 

Respublikasining  respublika  budjetidan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan 

maqsadli tadbirlar xarajatlari;  

-  fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-

texnik  dasturlari  doirasida  grantlar  bo’yicha  amalga  oshiriladigan  ilmiy-texnik 

loyihalar,  noyob  ilmiy  ob’ektlarni  va  fanga  xizmat  ko’rsatuvchi  muassasalarni 

saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o’tkazish hamda qonun hujjatlariga 

muvofiq  O’zbekiston  Respublikasining  respublika  budjeti  hisobidan  amalga 

oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;  

-  davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;  

-  respublika  vazirliklari  va  idoralari  tasarrufidagi  urush  hamda  mehnat 

faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish 

muassasalarini  saqlab  turish,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  O’zbekiston 

Respublikasining  respublika  budjetidan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan, 

aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 

-  davlat  mukofotlari,  davlat  pul  mukofotlari  bilan  taqdirlanganligi 

munosabati bilan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini 

to’lash xarajatlari; 




 

 

31 



      

 

-  bolalikdan  nogironlarga  va  bola  tug’ilganda  beriladigan  nafaqalarni, 



qonun  hujjatlarida  ayrim  toifadagi  shaxslarga  belgilangan  kompensatsiyalarni 

to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish xarajatlari; 

-  Chyernobil  AES  halokati  oqibatlarini  tugatishda  ishtirok  etgan 

shaxslarni  va  radiatsiya-yadro  ob’ektlarida  harbiy  xizmatni  o’tagan  pensiya 

yoshidagi  shaxslarni  ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash,  ayrim  toifadagi  shaxslarga 

qonun  hujjatlarida  belgilangan  imtiyozlar  va  kompensatsiyalarni  to’lash 

xarajatlari; 

2)  davlat  grantlari,  subsidiyalar  va  ijtimoiy  buyurtma  shaklida  nodavlat 

notijorat  tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  faoliyatini 

davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;  

3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:  

-  qishloq  va  suv  xo’jaligi  sohasidagi  respublika  nazorat  organlarining 

xarajatlari,  suv,  qishloq,  o’rmon  xo’jaligi  xarajatlari,  qishloq  xo’jaligi  ekinlari 

zararkunandalariga  qarshi  kurashish  muassasalarining  xizmatlariga  haq  to’lash 

va ularni saqlab turish xarajatlari; 

-  hosildorligi  past  yerlarda  davlat  ehtiyojlari  uchun  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash 

xarajatlari; 

-  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  tomonidan  to’lanadigan 

yagona  yer  solig’i  bo’yicha  tushumlarga  muvofiq  budjetdan  ajratiladigan 

mablag’lar  va  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

Sug’oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  jamg’armasining  har 

yili  tasdiqlanadigan  asosiy  parametrlari  doirasida  budjetdan  ajratiladigan 

maqsadli mablag’lar; 

-  qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 

moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  standartlashtirish  va  sertifikatlashtirish, 

topografiya-geodeziya,  kartografiya  va  kadastr,  shuningdek  geologiya  qidiruv 

ishlari,  davlat  shaharsozlik  kadastrini  yuritish  xarajatlari,  chegaradosh 




 

 

32 



      

 

davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to’lovi, gidrometeorologiya xizmati 



muassasalarini saqlab turish xarajatlari;  

-  atrof  muhit  va  landshaftning  muhofaza  qilinishini,  biologik  xilma-

xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar; 

4)  respublika  vazirliklari,  davlat  qo’mitalari  va  idoralari  buyurtmachi 

bo’lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 

5)  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarini  saqlab  turish  xarajatlari, 

shu jumladan: 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;  



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini; 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini; 



O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;  

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini; 



O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  bo’yicha 

vakili (ombudsman) kotibiyatini; 

qonun  hujjatlarida  O’zbekiston  Respublikasining  respublika  budjeti 



mablag’laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;  

O’zbekiston  Respublikasining  chet  ellardagi  muassasalarini  saqlab 



turish xarajatlari; 

6) sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; 

7) 

O’zbekiston  Respublikasi 



Vazirlar 

Mahkamasining 

zaxira 

jamg’armasini shakllantirish xarajatlari; 

8) boshqa xarajatlar. 

O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan: 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  budjetiga,  viloyatlar  va  Toshkent 



shahar  mahalliy  budjetlariga  subvensiyalar,  o’tkazib  beriladigan 

daromadlar va dotatsiyalar;  




 

 

33 



      

 



 

davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari va dotatsiyalar; 

  yuridik  shaxslarga  budjet  ssudalari  va  kredit  liniyalari  hamda  chet 



davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika  budjeti,  viloyatlarning 

viloyat  budjetlari  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan  quyidagi  xarajatlar 

amalga oshiriladi: 

1)  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash  xarajatlari,  shu 

jumladan: 

-  umumiy  o’rta  ta’lim,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi,  maktabdan 

tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa 

yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 

-  bolalar  uylari,  davlat  bolalar  shaharchalarini  saqlab  turish,  qonun 

hujjatlarida  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika  budjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  budjetlari  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan 

moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  ta’lim  tizimidagi  yordamchi  xizmatlar  va 

maqsadli tadbirlar xarajatlari;  

-  Respublika  shoshilinch  tibbiy  yordam  markazi  filialini,  ko’p  tarmoqli 

va  ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  markazlarini,  ixtisoslashtirilgan  kasalxonalar  va 

dispanserlarni, tug’ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo’yish 

va  davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati  markazlarini,  qon  quyish  xizmati 

va  sud-tibbiyot  ekspertizasi  muassasalarini,  Salomatlik  va  tibbiyot  statistikasi 

instituti  filialini,  hududiy  sog’liqni saqlashni  boshqarish  organlari  tasarrufidagi 

boshqa  davolash-profilaktika  muassasalari  va  yordamchi  tashkilotlarni  saqlab 

turish,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  Qoraqalpog’iston  Respublikasining 

respublika  budjeti,  viloyatlarning  viloyat  budjetlari  va  Toshkent  shahrining 

shahar  budjetidan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  xizmatlarga  haq  to’lash 

xarajatlari; 

-  qabul  qilingan  davlat  dasturlariga  muvofiq  fuqarolarning  sog’lig’ini 

saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;  



 

 

34 



      

 

-  hududiy  madaniyat  va  sportni  boshqarish  organlari  tasarrufidagi 



madaniyat,  jismoniy  tarbiya  va  sport  muassasalarini  saqlab  turish,  shuningdek 

madaniyat  va  sportni  rivojlantirishga  doir  maqsadli  tadbirlarni  amalga  oshirish 

xarajatlari;  

-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 

Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;  

-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 

Toshkent  shahar  hokimliklari  tasarrufidagi  qariyalar  va  nogironlarning 

intyernat-uylari,  pansionatlari  va  sanatoriylari,  nogironlarni  reabilitatsiya  qilish 

markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini 

ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 

-  shahar  yo’lovchilar  transporti  tashuvchilarining  yo’lovchilarni  va 

bagajni  cheklangan  tariflar  bo’yicha  tashish,  shuningdek  alohida  toifadagi 

fuqarolarni  imtiyozli  tashish  xizmatlarini  ko’rsatish  bilan  bog’liq  zararlarning 

o’rnini qoplash xarajatlari; 

2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: 

-  qishloq  xo’jaligi  sohasida  hududiy  nazorat  organlarini  saqlab  turish, 

shu  jumladan  hayvonlar  kasalliklariga  qarshi  kurashuvchi  muassasalar 

xizmatlariga  haq  to’lash,  shuningdek  yerlarni  rekultivatsiya  qilish  ishlarini 

bajarish;  

-  uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;  

-  suv yo’llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; 

-  aholi punktlarini obodonlashtirish;  

-  shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko’chalarini va xo’jaliklararo 

qishloq  avtomobil  yo’llarini  ta’mirlash,  shuningdek  ayrim  tashkilotlar 

xarajatlari;  

-  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  o’rmon  xo’jaligini  saqlab  turish 

xarajatlari; 



 

 

35 



      

 

3)  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 



Toshkent  shahar  hokimliklari  buyurtmachi  bo’lgan  markazlashtirilgan 

investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 

4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesini; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent 

shahar  hokimliklari,  ularning  boshqarmalari  va  bo’limlarini  saqlab  turish 

xarajatlari; 

5)  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  budjetining,  viloyatlar 

viloyat  budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  zaxira 

jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari; 

6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo’yilishi 

munosabati  bilan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  etkazilgan  zararning  o’rnini 

qoplash xarajatlari; 

7)  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika  budjetining,  viloyatlar 

viloyat  budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  mablag’lari 

hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika  budjetidan,  viloyatlarning 

viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan  tumanlar  va 

shaharlar  budjetlariga  budjet  ssudalari,  dotatsiyalar,  subvensiyalar  va  o’tkazib 

beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. 

Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 

1)  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash  xarajatlari,  shu 

jumladan: 




 

 

36 



      

 

-  tumanlar  (shaharlar)  xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyatini  uslubiy 



jihatdan  ta’minlash  va  tashkil  etish  bo’limlarini,  shuningdek  ular  tasarrufidagi 

maktabgacha  ta’lim,  umumiy  o’rta  ta’lim,  maktabdan  tashqari  ta’lim 

muassasalarini  saqlab  turish  hamda  qonun  hujjatlarida  tumanlar  va  shaharlar 

budjetlaridan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  ta’lim  tizimidagi  tadbirlar 

xarajatlari;  

-  tumanlar  (shaharlar)  tibbiyot  birlashmalari  tasarrufidagi  davolash-

profilaktika  muassasalarini  hamda  davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati 

tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 

-  qabul  qilingan  davlat  dasturlariga  muvofiq  fuqarolarning  sog’lig’ini 

saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 

-  tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo’limlari tasarrufidagi 

madaniyat,  jismoniy  tarbiya  va  sport  muassasalarini  saqlab  turish,  shuningdek 

madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;  

-  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  tomonidan  kam 

ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to’lanadigan ijtimoiy nafaqalar va 

moddiy  yordam  hamda  tabiiy  ofatlardan  jabrlangan  oilalarga  moddiy  yordam, 

uyda  ijtimoiy  yordam  ko’rsatish,  Chyernobil  AES  halokati  oqibatlarini 

tugatishda  ishtirok  etgan  shaxslarni  va  radiatsiya-yadro  ob’ektlarida  harbiy 

xizmatni  o’tagan  pensiya  yoshidagi  shaxslarni  ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash 

xarajatlari; 

2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:  

-  veterinariya  laboratoriyalari  va  hayvonlar  kasalliklariga  qarshi 

kurashish stantsiyalarini saqlab turish; 

-  shaharlarning  va  boshqa  aholi  punktlarining  ko’chalarini,  shuningdek 

xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta’mirlash;  

-  uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;  

-  aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;  

3)  tuman  va  shahar  hokimliklarini  hamda  ularning  bo’limlarini  saqlab 

turish xarajatlari;  



 

 

37 



      

 

4)  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  saqlab  turish 



xarajatlari; 

5)  boshqa  xarajatlar,  shu  jumladan  qonun  hujjatlarida  tumanlar  va 

shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va 

tadbirlarning xarajatlari. 

Davlat  budjeti  xarajatlari  tarkibida  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy 

himoyalash  xarajatlarining  izchil  ravishda  ortib  borayotganligi  davlatimiz 

tomonidan 

kuchli 


ijtimoiy 

siyosatning 

moliyaviy 

asoslari 

shakllantirilayotganligidan dalolatdir. 

Davlat  budjeti  xarajatlarining  tarkibidagi  ijtimoiy-madaniy  tadbirlar 

xarajatlari  yil  sayin  oshib  borgan.  Keyingi  4  yil  mobaynida  jami  budjet 

xarajatlarining  tarkibida  ijtimoiy  sohaga  qilinayotgan  xarajatlar  59  foizdan 

ortiqroqni  tashkil  etgan.  Ushbu  holat  jahondagi  barcha  davlatlar  orasida  eng 

yuqori  ko’rsatkichni  tashkil  etadiki,  o’z  navbatida,  respublikamizda  izchil 

amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy  islohotlarning  uzoq,  strategik  ahamiyatga  ega 

ekanligidir. Shuningdek, ushbu xarajatlarning o’sib borishi bilan birga, ularning 

davlat budjeti xarajatlaridagi eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda. 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish