5. Statistika fani uslubiyati
Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tumandir, ularning kechish sharoitlari ham, tuzilishi ham turlichadir. demak, bunday hodisa va jarayonlar ko'pdan ko'p shakllarga va turlarga ega.
Ayniqsa, ijtimoiy hayotdagi hodisa va jarayonlar o'zining murakkabligi va ko'p o'zaro bog'lanishlarga egaligi bilan ajralib turadi. shu sababli statistik qonuniyatlar ham ularda har xil ko'rinishlarda namoyon bo'ladi va turli jihatlarini ta'riflaydi.
O'z-o'zidan ravshanki, ularni qandaydir yagona bir usul yordamida o'rganib bo'lmaydi. buning uchun maxsus usullar, yo'llar majmuasi, bilim vositalari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |