Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


  Mehnatning inson va jamiyatning rivojlanishidagi o‘rni



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

1.1. 

Mehnatning inson va jamiyatning rivojlanishidagi o‘rni 

Mehnat – boylik manbaidir. U inson faoliyatining birinchi va zarur sharti 

hisoblanadi. Inson va jamiyat taraqqiyotining tarixi jarayonda mehnatning hal qiluvchi 

ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Odamlar atrofdagi tabiatni o‘zgartirar ekanlar, 




350 

 

o‘zlarining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlari ta’sirida o‘z tabiatlarini ham o‘zgartiradilar: 



bilimlarini boyitib, qobiliyatlarini rivojlantiradilar va yangi ko‘nikmalar hosil qiladilar. 

Mehnat o‘zining tarkibiy rivoji jarayonida jiddiy ravishda murakkablashdi: inson 

tobora murakkabroq va xilma–xilroq operatsiyalarni bajara boshladi, tobora uyushgan 

mehnat vositalarini ishlatib, o‘z oldiga ancha yuksakroq maqsadlar qo‘yish va ularga 

erishishga intildi.  

Iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida olib borayotgan  mamlakatlarda 

ishlab chiqarishni rivojlantirish tajribasining ko‘rsatishicha, bir xil mahsulot ishlab 

chiqaradigan korxonalarni birlashtirish, ya’ni ishlab chiqarishni gorizontal holatda bir 

joyga to‘plash bilan bir qatorda ishlab chiqarishni vertikal holatda bir joyga to‘plash, ya’ni 

kombinatlar tarzida, korxonalarni birlashtirish yo‘li bilan tashkil etish sodir bo‘ladigan 

bo‘lsa, bunda xom ashyoni qayta ishlashning izchil bosqichlari yoki ijtimoiy mehnat 

taqsimotining turli shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ro‘y 

beradi.  

Hozirgi sharoitda mehnat quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:  

 mehnat  jarayonining  intellektual  potentsiali  ortadi,  bu  esa  aqliy  mehnat  rolining 



kuchayishida, xodimning o‘z faoliyati natijalariga ongli va ma’suliyat bilan munosabatda 

bo‘lishining ortishida namoyon bo‘ladi; 

 mehnat xarajatlari moddiy qismining ulushi ortadi. Mehnat vositalari (mashinalar, 



asbob-uskunalar,  mexanizmlar  va  shu  kabilar)  bilan  bog‘liq  buyumlashgan  mehnat 

ulushining  ko‘payishi  fan–texnika  taraqqiyoti  erishgan  yutuqlari  bilan  bog‘liq  bo‘lib, 

inson  cheklangan  jismoniy  imkoniyatlari  sharoitida  mehnat  unumdorligi  va 

samaradorligining ortishida hal etuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi; 

 mehnat  jarayoni  ijtimoiy  jihatining  ahamiyati  ortadi.  Hozirgi  vaqtda  mehnat 



unumdorligining  o‘sish  omillari  faqat  xodim  malakasini  yoki  uning  mehnatini 

mexanizatsiyalash darajasini oshirish bilangina emas, balki inson salomatligining ahvoli, 

uning  kayfiyati,  oiladagi,  jamoadagi  va  umuman,  jamiyatdagi  munosabatlar  bilan  ham 

bog‘liqdir.  Mehnat  munosabatlarining  bu  ijtimoiy  tomoni  mehnatning  moddiy 

rag‘batlantiruvchi omillarini to‘ldiradi va inson hayotida muhim rol o‘ynaydi.  

O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun 

hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ 

hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga O‘zbekiston 

Respublikasining «Mehnat Kodeksi», «Aholini ish bilan ta’minlash tug‘risida»gi qonuni 

va bu qonunga Mehnat vazirligi tomonidan tayyorlangan sharhlar hamda mehnat va uni 

tashkil etish bo‘yicha davlat xokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z 

vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar kiradi. 

Mehnatning  ijtimoiy–iqtisodiy  mohiyatini  ifodalovchi  umumiy  jihatlaridan  kelib  chiqib,  uning 

serqirraligini ifodalovchi har xil turlarini konkret belgilariga qarab tizimlashtirish kerak bo‘ladi.  

Tabiati va mazmuniga ko‘ra, mehnat turlarining tasnifi ikki yo‘nalishda – ijtimoiy va 

tarkibiy jihatdan olib qaraladi. 

Mehnatning tarkibiy tabiati ikki bosh mezon – mehnat vazifasining intellektual 

darajasi va malakaliligi nuqtai nazaridan mehnatning mazmun xususiyatlari ta’siri ostida 

shakllanadi. 



351 

 

Mehnat vazifasining intellektual darajasi unda mavjud aqliy va jismoniy mehnat 



unsurlarining hissasi, shuningdek, ijodiy va oddiy (noijodiy) mehnat hissasiga bog‘liq 

holda farqlanadi. Mehnat vazifasining malakalilik darajasi uning chegarasi va tarkibi: 

tarkibiy qismlar va bu tarkibiy qismlarning miqdori, ularning rang–barangligi, yangiligi, 

shuningdek, ijro shart-sharoiti orqali aniqlanadi. Mazkur belgini u yoki bu xodimga 

tatbiqan baholash qabul qilingan tarif tizimiga muvofiq uning razryadiga moslab amalga 

oshiriladi. Shunday qilib, mehnatning tabiati va mazmuni tasnifiy alomatlar sifatida o‘zaro 

aloqadordir.  

Mehnat predmeti va mahsuli bo‘yicha mehnat turlarining tasnifi mehnatni 

professional, funktsional va tarmoq nuqtai nazaridan farqlashga asoslanadi. Mehnatning 

professional belgisiga ko‘ra, ilmiy yoxud tadqiqotchilik, muhandislik, boshqaruv, ishlab 

chiqarish, ma’rifiy, tibbiy va boshqa turlarini, ajratib ko‘rsatish mumkin. Funktsional 

belgisiga ko‘ra, mehnat turlari ularning qay maqsadga yo‘naltirilgani, tatbiq etilish sohasi 

va xo‘jalik faoliyati iqtisodiy turkumidagi funktsional roliga bog‘liq holda tarkibiy 

qismlarga ajratiladi. Uch bosqich – ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni bo‘lib 

ajratuvchi ma’muriy – rejalashtirish tizimida amal qilinganidan farqli o‘laroq, bozor 

iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy turmushning tarkibi tubdan o‘zgaradi.    

Mehnatni tahlil etishning eng muhim usulologik jihatlaridan biri mehnat 

funksiyalarini bilib olishdir. Bu funksiyalar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning 

dialektik birligini ham ta’kidlab o‘tmasdan bo‘lmaydi. Mehnat o‘zining asosiy ijtimoiy 

funksiyalarida quyidagicha namoyon bo‘ladi:  

ehtiyojlarni qondirish usuli (bu mehnatning birinchi va eng muhim funksiyasi 



bo‘lib, insonning ijtimoiy turmushi ana shundan boshlanadi);  

ijtimoiy  boylikning  yaratuvchisi  (bu  shunday  faoliyatki,  uning  yordamida 



inson  o‘z  ehtiyojlarini  qondiradi,  o‘zi  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  moddalar  almashinuvini 

bevosita ifodalaydi, tartibga soladi, nazorat qiladi); 

jamiyat ijodkori va ijtimoiy taraqqiyot omillari (mehnat ehtiyojlarni qondirish 



va  boylik  yaratish  bilan  butun  ijtimoiy  taraqqiyotga  asos  bo‘ladi  -  jamiyatning  ijtimoiy 

qatlamlarini va ularning o‘zaro hamjihatligi asoslarini shakllantiradi); 

insonning  yaratuvchisi  (inson  kishilar  hayotining  barcha  boyliklarini  yaratib, 



ijtimoiy taraqqiyot sub’ekti sifatida maydonga chiqadi, umuman, jamiyatni mehnatga jalb 

qilib, o‘z-o‘zini ham rivojlantirib boradi, bilim va kasb malakalarini egallaydi, muomala 

va o‘zaro yordam ko‘nikmalarini shakllantiradi). 

Mehnat mazmuni – xodimning mehnat predmetlari va vositalari bilan o‘zaro 

munosabatga kirishuvidir. Masalan, tikuvchi tikuv mashinasida foydalangan holda 

gazlama bilan ishlaydi, oshpaz taom tayyorlashda oziq-ovqat xom ashyosi va 

mahsulotlaridan, shuningdek, o‘zi uchun zarur bo‘lgan pishirish jihozlaridan, gaz 

plitasidan foydalanadi. Mehnat mazmuni quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: 

mehnatning murakkabligi; xodimning kasbga yaroqliligi; xodimning mustaqillik darajasi. 

Aytib o‘tilgan belgilarni batafsilroq qarab chiqamiz. 

Mehnat  mazmunining  birinchi  belgisi  uning  murakkablik  darajasi  bilan  farq 

qilishidir.  Olimning  mehnati  chilangarning  mehnatidan  murakkabroqligi,  do‘kon 

rahbarining  mehnati  kassir  mehnatidan  qiyinroqligi  tushunarlidir.  Biroq  turli  mehnat 

xillariga  haq  to‘lash  o‘lchovlarini  asoslash  uchun  ularni  taqqoslash  kerak  bo‘ladi. 




352 

 

Murakkab  va  oddiy  mehnatni  o‘lchash  uchun  «mehnat  reduktsiyasi»    tushunchasi 



qo‘llaniladi. 

 Mehnat  reduktsiyasi  –  murakkab  mehnatni  oddiy  mehnatga  aylantirishdir,  bundan 

maqsad  turli  murakkablikdagi  mehnatga  haq  to‘lash  o‘lchovlarini  aniqlashdir.  Jamiyat 

rivojlanganligi  bilan  murakkab  mehnat  ulushi  ortib  boradi.  Bunga  sabab  korxonaning 

texnika  bilan  qurollanish  darajasi  oshganligi,  xodimlarning  ma’lumoti  va  rivojlanishiga 

qo‘yiladigan talablarning ortganligidir. 

 

Murakkab  mehnat  oddiy  mehnatdan  farq  qilib,  bir  qator  xususiyatlarga  ega 



bo‘ladi: 

 xodimning  harakatlarini  rejalashtirish,  tahlil  qilish,  nazorat  qilish  va 



muvofiqlashtirish kabi aqliy mehnat funksiyalarini bajarish; 

 



xodimning faol fikrlashni bir joyga to‘plashi va aniq maqsad bilan intilishi; 

 qarorlar qabul qilish va harakatlardagi izchillik; 



 

xodim organizmining tashqi ta’sirlarga aniq va to‘g‘ri aks-sado berishi; 



 tez, chaqqon va xilma-xil mehnat harakatlari; 

 mehnat natijalari uchun javobgarlik. 



 

Mehnat mazmunining ikkinchi belgisi – xodimning kasbga yaroqliligidir. Uning 

mehnati natijalariga ta’siri insonning qobiliyatlari, unda genetik iqtidorlarning shakllanishi 

va  rivojlanishi,  kasbni  to‘g‘ri  tanlash,  kadrlarning  rivojlanishi  va  ularni  tanlash  shartlari 

bilan  bog‘liqdir.  Kasbiy  tanlashda  kasbga  yaroqlilikni  aniqlashning  maxsus  usullari, 

masalan, professiografiyaning ahamiyati katta. 

 

Mehnat mazmunining uchinchi belgisi – xodimning mustaqillik darajasi bo‘lib, u 



mulkchilik  shakli  bilan  bog‘liq  tashqi  cheklanishlarga  ham,  shuningdek,  ishning 

murakkablik  miqyosi  va  darajasi  taqozo  etuvchi  ichki  cheklanishlarga  ham  aloqadordir. 

Javobgarlik  darajasini  oshirganda  qarorlar  qabul  qilishda  cheklashlarning  kamayishi 

harakatlarning  ko‘proq  erkin  bo‘lishini,  ijodkorlikni  va  muammolarni  hal  etishga 

norasmiy  yondashish  imkoniyatini  bildiradi.  Har  qanday  erkinlik  kabi  mustaqillik 

darajasining  ortishi  ham  hamma  narsani  bemalol  qilish  mumkinligini  bildirmaydi. 

Xodimning  mustaqilligi  rivojlangan  shaxsning  o‘z-o‘zini  anglash  darajasi  mezoni,  ish 

natijalari uchun javobgarlik choralarini anglatadi. 

Hozirgi vaqtda mehnat taqsimotining u yoki bu shakli sof holda qo‘llanadigan kasbni 

aytish  qiyin,  mazkur  kasbda  faqat  u  yoki  bu  shaklning  ustunligi  haqidagina  gapirish 

mumkin.  Masalan,  yuk  tashuvchining  mehnati  oddiy,  jismoniy,  bir  xildagi  mehnatdir,  u 

jonli  mehnat  ham,  buyumlashgan  mehnat  ham  bo‘lishi  mumkin.  O‘qituvchi  mehnati 

uchun aqliy, jonli va ijodiy mehnat xosdir. Ko‘pchilik kasblarni mehnat taqsimoti shakllari 

bo‘yicha aralash mehnat deb atash mumkin. Bunday mehnatga sotuvchining, iqtisodchi va 

menejerning mehnatini kiritish mumkin. 

Ko‘rsatib  o‘tilgan  mehnat  taqsimoti  shartli  hisoblanadi.  Biroq  u  mazkur  kasbdagi 

xodim  mehnatiga  haq  to‘lash  o‘lchovini  aniqlashga  uning  mehnat  hissasi  va  jamiyatda 

tutgan roli mezonidan kelib chiqib to‘g‘ri yondashish imkonini beradi.     

Mehnat mazmunini tahlil qilish vaqtida mehnat jarayonida quyidagi funksiyalar 

amalga oshirilishi hisobga olinadi: 

  zarur  mehnat  operatsiyalari  tizimining  maqsadi  va  uni  tayyorlash  bilan  bog‘liq 



bo‘lgan mantiqiy funksiya; 


353 

 



  ijro  etuvchilik  funksiyasi  -  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  holatiga  bog‘liq 

ravishda mehnat vositalarini turli usullar bilan harakatga keltirish va mehnat predmetlariga 

bevosita ta’sir ko‘rsatish; 

  qayd  etish  va  nazorat  qilish  funksiyasi  -  texnologiya  jarayonini,  belgilangan 



dasturni bajarishning borishini kuzatish; 

  tartibga solish funksiyasi - berilgan dasturni tuzatish, unga aniqlik kiritish. 



Bu  aytib  o‘tilgan  funksiyalardan  har  biri  ayrim  olingan  xodimning  mehnatida  ma’lum  darajada 

ishtirok etishi mumkin, lekin u, albatta, yalpi mehnatga ham xos bo‘ladi. Inson mehnat faoliyatida qaysi 

funksiya ustunlik qilishiga qarab aqliy va jismoniy mehnat funksiyalarining muayyan nisbati qaror topadi.  

Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band bo‘lishi tushiniladi. 

Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig‘indisidan 

tashkil topadi. 

Mehnat  faoliyatining  mohiyatini  umumlashgan,  hamda  konkret  shaklda  olib 

qaraladigan  bo‘lsa,  bir-biri  bilan  bog‘liq  ikki  muhim  vazifani  hal  qilishning  ob’ektiv 

zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri — insonlarning moddiy mehnat elementlari 

bilan o‘zaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi — birgalikda yoki 

o‘zaro bog‘langai faoliyat qatnashchilari o‘rtasida munosabatlari shakllanishidan iboratdir. 

Xuddi  mana  shu  narsa  mehnat  faoliyatini  tashkil  etish  predmeti  hisoblanadi.  Buning 

mohiyati  mehnat  faoliyatini  tashkil  etish  vazifasiga  (keng  ma’noda  olganda)  mehnat 

sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va 

vositalari  bilan  ta’minlash,  qulay  mehnat  sharoitlarini  yaratib  berish,  mehnat  (ishlarini 

bajarish) jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq to‘lash kabi masalalarini o‘rganish bilan 

bog‘liqdir.  

«Tashkil  etish»  tushunchasi  frantsuzcha  organisation,  lotincha  organizo -«tartibga 

keltiraman» so‘zidan  kelib chiqqan. Mazkur tushuncha  yaxlit bir butunlik ichida o‘zaro 

aloqalarning  yuzaga  kelishi  hamda  takomillashishiga  olib  keladigan  jarayon  yoki 

harakatlar  jamlamasini  anglatadi.  Tashkil  etish  deganda  birgalikda  amalga  oshiruvchi 

muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari harakat qiluvchi kishilarning 

birlashgan  faoliyati  tushuniladi.  Shunga  ko‘ra,  funktsional  nuqtai  nazardan,  tashkil 

etish ichki  tartiblarni  o‘rnatish  va  takomillashtirish  jarayoni  demakdir.  Binobarin, 

mehnatni  tashkil  etish  atamasi  kishilar  faoliyatini  tartibga  solish  va  muayyan  tizimga 

keltirishni anglatadi. Biroq, bunday ta’rif haddan tashqari umumiy bo‘lganligi uchun uni 

mukammal deb bo‘lmaydi. 

 «Mehnatni  tashkil  qilish»  tushunchasining  paydo  bo‘lish  tarixiga  to‘xtalgandi, 

albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (1856-1915) nomi tilga olinadi. 

F.  Teylor  mehnatni  «ilmiy  boshqarish»  muammosini  amaliy  jihatdan  asoslab  bergan 

bo‘lib, u iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Ammo, F. Teylor ko‘zda tutgan fan sohasini 

iqtisodiyotda  haddan  tashqari  toraytirib  qo‘ygan.  «Oqilonalashtirish»  atamasi  mazkur 

fanni  to‘g‘ri  nomlash  muammosini  murakkablashtirdi,  bu  atama  dastlab  Germaniyada 

qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. 

Mazkur  atama  shu  qadar  noaniq  va  umumiy  tusdagi  mazmunga  egaki,  uni  har  qanday 

yaxshilanishga nisbatan qo‘llash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy 

mamlakatlarda  hozirgi  vaqtda  «mehnatni  ilmiy  tashkil  etish»  yoki  «mehnatni  tashkil 

etish» atamalari deyarli qo‘llanilmayapti. 




354 

 

Bu  muammo  juda  ko‘pgina  MDH  mamlakatlari,  jumladan,  O‘zbekistonda  ham 



mavjuddir.  Undan  turli  darajalarda  o‘rin  tutadigan  xilma-xil  hodisalarni  nomlash  uchun 

foydalaniladi.  «Tashkil  etish»  atamasi  ayrim  korxona,  muassasa,  firma  va  umuman 

jamiyatga  nisbatan  qo‘llaniladi.  Shu  bilan  birga,  gap  turli  ob’ektlar:  mehnat,  ishlab 

chiqarish, boshqarish to‘g‘risida borishi mumkin. 

Jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzilishi,  ayni  kishilarni  mehnatga  jalb  etish, 

mehnatning  ijtimoiy  taqsimoti,  ijtimoiy  mahsulotni  taqsimlash  usuli  va  ishchi  kuchini 

tiklash  xususiyatlari  ko‘rib  chiqilayotganda  «mehnatni  ijtimoiy  tashkil  etish» 

tushunchasidan foydalaniladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1-chizma. Mehnat faoliyatini tashkiliy ta’minlash tamoyillari  

«Mehnatni tashkil etish» atamasidan ayrim korxonaga tatbiqan foydalanilganda uni 

keng  va  tor  ma’noda  talqin  etish  mumkin.  Keng  ma’noda  mehnat,  ishlab  chiqarish  va 

boshqarishni  tashkil  etish  bilan  bog‘liq  masalalarning  barchasini  anglatadi.  Mazkur 

tushunchani shunday talqin qilish tarafdorlari korxonada mehnat faoliyatini tashkil etishga 

uni yaxlit bir butun deb yondashadilar. Boshqa mualliflarning fikricha, «mehnatni tashkil 

etish» tushunchasining mazmunini bunday anglash tegishli hodisaning ijtimoiy ahamiyati 

nuqtai  nazaridan  to‘g‘ri  bo‘lsa-da,  korxonalarda  ishlab  chiqarish  jarayonida  jonli 

mehnatning mavjudligi uchun uni to‘liq va atroflicha o‘rganishni qiyinlashtiradi.  

Tor ma’noda mehnatni tashkil etish deganda jonli mehnatni tashkil etish, mehnatni 

taqsimlash  va  kooperatsiyalash,  ish  joylarini  tashkil  etish,  mehnat  usullari,  sharoitlari  va 

dam  olish  tartiblarini  oqilonalashtirish,  mehnatni  me’yorlash,  xodimlarni  tayyorlash  va 

malakalarini oshirish, moddiy pag‘batlantirish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi bir 

qator amaliy tadbirlar majmuasi tushuniladi. 

Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  samarali  mehnat  faoliyatini  tashkil 

etish (mehnat predmeti va vositalarining mavjudligini taqazo etadi); mehnat sharoitlarini 

tashkil  qilish  (texnologik  va  ekologik  omillarini  taqozo  etadi);  mehnat  munosabatlarini 

tashkil etish (xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishni talab etadi); mehnatga 

haq  to‘lashni  tashkil  etish,  mehnatni  o‘lchash,  normalash  hamda  mehnat  sarfini  uning 




Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish