Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Operator  mehnati  -  bu  asosan  texnik  ijrochilarning  ishlab  chiqarish  va 

boshqaruv  jarayonlarini  axborotli  ta’minlash  uchun  zarur  bo’lgan  stereotipli  (bir 

xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo’yicha mehnatidar. 

Ta’qidlash  kerakki,  ma’muriy-boshqaruv  xodimlari  mehnatining  mazmuni 

o’zgarmasdan  qolmaydi.  Ta’qiqotlarning  ko’rsatishiga,  hisob,  axborot    va  hujjatli 

operatsiyalar ularda hozircha ish vaqtining 70% gachasini egallaydi. Ammo rahbarlar 

va mutaxassislar tomonidan texnik vositalarni qo’llanishi, bir xildagi, kam mazmunli 

operatsiyalarni mashi- nalarga topshirilishi, mehnatning yangi usullari va vositalarini 

yaratilishi,  boshqaruvni  tashkil  qilishni  takomillashuvi  natijasida  ularning 

mehnatining  mazmuni  ancha  o’zgaradi,  ularning  ishida  ijodiy  operatsiyalarning 

salmog’i oshadi. 

Boshqaruv  mehnati  va  uni  ratsional  tashkil  qilish-tashkilotning  biznes 

jarayonlarini  samaraliroq  amalga  oshirilishining  muhim  omillaridir,  shuning  uchun 

boshqaruv  mehnatini  takomillashtirish  masalalari  alohidagi  dorzarblikni  kasb 

etadilar.  

Ilmiy  ostida  boshqaruv  xodimlari  mehnatining  shunday  tashkil  qilishni 

tushunish  kerakki,  u  fan  yutuqlari  va  ilg’or  tajriba,  xo’jalik  yuritishning  ilg’or 

shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo’llashga asoslanadi.  U xizmatchilarni 

bir  birlari  va  ishchilar  bilan,  hamda  ishlab  chiqarish(tijorat)ni  boshqarish  va 

muxandislik-texnik  va  iqtisodiy  ta’minlash  vazifalarini  amalga  oshirish  jarayonida 

foydalaniladigan texnik vositalar bilan o’zaro hamkorligini yaxshiroq tarzda o’rnatish 

va  muntazam  ravishda  takomillashtirishga  imkon  beradi.  Mehnatni  ilmiy  tashkil 

qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog’liklarini saqlab qolgan 

holda oshirishdan iboratdir.  

Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish va 

takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun “mehnatni ilmiy tashkil qilish” (MITQ) 

atamasidan  foydalanilgan  bo’lib,  u  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  jarayonlariga 

nisbatan  tubdan  farqsiz  bo’lgan.  Taxminan  60  yillarda  “boshqaruv  mehnatini  ilmiy 

tashkil    qilish”  (BMITQ)    atamasi  ajralib  chiqqan.  Bunga  korxonalarga  boshqaruv 

mehnatini  oldindan  tashkil  qilishni  talab  qiluvchi  hisoblash  texnikasining  qudratli 

vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan. 

Boshqaruv  mehnatini  ilmiy  tashkil  qilish  o’z  ichiga  quyidagi  yo’nalishlarni 

oladi: 

- xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko’lamlarida, va ham 

har bir bo’linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi; 

- xodimlarni  tanlash  va  joy  joylariga  qo’yish  va  lavozimli  vazifalarga  muvofiq 

ularning malakalari darajasini ta’minlash; 

- boshqaruv  xodimlarining  ularni  boshqarish  bo’yicha  ishlab  chiqarish  jamoasi 

tarkibidagi va uni muxandisi–texnik ta’minlash bo’yicha faoliyatini tashkil qilish; 

-  ish joylarini tashkil qilish va jihozlash; 




478 

 

- ishning ilg’or usullaridan foydalanish; 



- mehnatning qulay sharoitlarini yaratish; 

- mehnatni me’yorlashtirish; 

- boshqaruvning 

texnik 


vositalari, 

axborot 


texnologiyalari, 

shaxsiy 


kompyuterlardan foydalanish; 

- mehnatni rag’batlantirish. 

Keyinchalik  (70  yillarning  boshlarida)  bizning  mamlakatimizda  BMITQ 

rivojlanish  tendentsiyalarini  aks  ettiruvchi  “tashkiliy  loyihalashtirish”  tushunchasi 

paydo bo’lgan. Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv apparati 

ishining  samaradorligini  oshirish  maqsadida  MITQ  talablari  va  zamonaviy  tashkiliy 

va  hisoblash  texnikasi  bazasida  ratsionallashtirish  loyihalarini  ishlab  chiqish  va 

tadbiq  etish  jarayonidir.  Tashkiliy  loyihalashtirishni  quyidagi  asosiy  yo’nalishlari 

bo’yicha amalga oshirish taklif qilingan: 

 boshqaruv apparatining tashkiliy va vazifaviy tuzilishini ratsionallashtirish; 



 ishlarning  asosiy  va  eng  ommaviy  turlarini  bajarish  texnologiyasi,  mehnat 

sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni ratsionallashtirish; 

 boshqaruvning  ushbu  apparati  faoliyatini  hujjatlashtirish  va  hujjatlar  bilan 



ta’minlashni ratsionallashtirish; 

 boshqaruv  apparatini  tashkiliy  va  hisoblash  texnikasi  bilan  jihozlanganligini 



oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish. 

Xorijda  yana  boshqaruv  mehnatini  takomillashtirish(ratsional-  lashtirish) 

jarayonini ta’riflovchi bir qator atamalar qo’llaniladi. Masalan, AKShda “Tizimlar va 

usullar”,  ”Tizimli  loyihalashtirish”,    “Biznes  jarayonlarning  reinjiniringi”,  Buyuk  

Britaniyada    “Ishni  tadqiqot  qilish”  va  “Tashkil  qilish  va  usullar”  atamalaridan 

foydalaniladi.                                    

Boshqaruv  jarayonlarini  takomillashtirish  zaruriyati  bizning  mamlakamizda  

xorijga nisbatan yaqinda, ya’ni  XX asr 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshida 

vujudga kelgan.  Xorijiy  mualliflar  “ma’muriy  boshqaruvdagi  inqilobni”   boshqaruv 

apparati  va  unga  xarajatlarni  o’sishi,    ma’muriy(idora)  ishining  hajmlarini  o’sishi, 

korxonalarda  boshqaruv  vazifalarining  yangi  turlari  (reklama  faoliyati,  ijtimoiy 

sug’urta,  jamoatchilik  bilan  aloqalar  va  x.k.)  paydo  bo’lishi,  axborotlar  va  hujjatlar 

aylanishi  hajmlarini  keskin  o’sishi  va  buning    natijasida  boshqaruv  mehnatini  aniq 

tashkil qilish, boshqaruv  jarayonlarini ratsionallashtirish, ya’ni boshqaruv faoliyatini 

takomillashtirish bo’yicha majmuaviy harakatlar zarurligi bilan bog’laydilar. 

Rahbar, mutaxassis ishini ratsional tashkil qilish barcha bajari- layotgan ishlarni 

hisobga  olish,  o’z  ish  vaqti  ustidan  mantazam  ravishda  nazorat  qilish,  ish  vaqti 

xarajatlari  tuzilishini  o’rganishni  taqozo  qiladi.  Bu  ish  vaqtidan  foydalanishni tahlil 

qilish,  shaxsiy  ish  va  boshqaruv  xodimlari  mehnatini  ilmiy  tashkil  qilish  bo’yicha 

tadbirlarning asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va mutaxassislar 

mehnatining  mazmuni  va  ish  vaqti  xarajatlarining  tuzilishini  o’rganish  uchun 

qo’yidagi usullardan foydalanish mumkin: 

anketali va og’zaki so’rovlar,  u xodimning uning mehnati qanchalik ratsional 

tashkil  qilinganligi  haqidagi  fikrini  o’rganish  maqsadida  o’tkaziladi:  xodimning 

nuqtai  nazaridan  uning  vazifasi  aniq  belgilab  berilganmi,  unga  o’z  vazifasiga 



479 

 

kirmagan  ishlarni bajarishga to’g’ri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), uning ishi 



rejalashtiriladimi  va  rejadan  tashqari  ishlarning  salmog’i  qanday,  ish  vaqtini 

yo’qotilishlari bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy 

texnikaning vositalari qo’llaniladimi (ulardan foydalanish),  xodimni uning ish joyini 

tashkil  qilinishi  va  mehnat  sharoitlari  qanoatlan-  tiradimi  va  ,  nihoyat,  xodimda 

mehnatni  tashkil  qilishni  takomillashtirish  va  samaradorligini  oshirish  bo’yicha 

takliflar bormi;   

ish  vaqtining  suratini  olish,  u  kuzatishlarining  rejalashtiril-gan  davri 

davomida uning xarajatlarining tuzimini belgilash uchun qo’llaniladi. Bunda ish vaqti 

sarflanishini  o’rganish  vaqtning  barcha  istisnosiz  sarflanishini  ularning  haqiqiy 

izchilligi tartibda kuzatish va o’lchash yo’li bilan o’tkaziladi. Ish vaqtini suratga olish 

maxsus  ajratilgan  shaxs  tomonidan  o’tkaziladi,u    yoppasiga  (ya’ni  ,  butun  ish  kuni 

davomida) yoki tanlovli bo’lishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar 

(ish  turlari)  bo’yicha,  shu  jumladan  takrorlanuvchilarn,  hamda  ishning  alohida 

davralari (davrlari) bo’yicha o’rganiladi; 

- ish  vaqtini  o’zini  o’zi  suratga  olishda  ish  vaqtini  sarflanishini  hisobga  olish 

bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. 

U  o’zini  o’zi  suratga  olishning  maxsus  varaqchalari  yordamida  olib  boriladi,  unda 

barcha  bajariladigan  ishlar  yoki  soatning  ma’lum  qismini  tashkil  qiluvchi  qayd 

etilgan oraliqlardagi tanaffuslar ro’yxatga olinadi; 

 


Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish