4. Ideal gaz. Ideal gaz qonunlari
XVII – XIX asrlarda atmosfera bosimiga yaqin bosimlarda gazlar o‘zini qanday tutishini tekshirgan tadqiqotchilar emperik yo‘l bilan bir qancha muhim qonuniyatlarni ochdilar.
Boyl–Mariott qonnui: o‘zgarmas temperaturada gazning berilgan massasi uchun absolyut bosimning hajmga ko‘paytmasi o‘zgarmas kattalikdir.
P =const (4)
Sharl qonuni: hajm va massa o‘zgarmas bo‘lganda gaz bosimi absolyut temperaturalarning o‘zgarishiga to‘g‘ri proportsional ravishda o‘zgaradi.
(5)
Bu bog‘lanishni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
P=P0(1+t) (6)
Bu yerda P0 - gazning 0S temperaturadagi bosimi, - gazning hajmiy kengayishining temperaturaviy koeffitsienti. Bosim yetarlicha kichik bo‘lganda, turli gazlar bir xil hajmiy kengayish temperaturaviy koeffitsientiga ega bo‘ladi. Bu koeffitsient taxminan =1/273=0,003661S-1 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |