Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t
Gidrogenlashni asosiy omillari va kimyosi.
Gidrogenlashda uglevodorodlarni molekulalarini parchalanishi bilan ketadigan reaktsiyalarda vodorod to`yinmagan bog’larga birikadi va hosil bo`lgan moddalar o`zgarmas xarakterga ega bo`ladi.
Molekula qancha kichik bo`lsa gidrogenlash energiyasi shuncha kichik bo`ladi. etanni etilendan hosil bo`lishi ozod energichsini, geksanni geksilendan hosilbo`lish energiyasiga solishtirilganda bu yaqqol ko`rinadi. 5000S bu kattalik Z=-18080 kall/mol’ Z=-14820 kall/mol’.
Gidrogenlash sharoitida parafin uglevodorodlar parchalanish va izomerlanish reaktsiyalariga kirishishi mumkin.
Katalizator va vodorod ishtirokida gidrogenlash natijasida to`yingan uglevodorodlar hosil bo`ladi:
RH+H2R1H+R11H Bu funktsional katalizatorlar ishtirokida parafinlarning izomerlash xuddi katalitik krekingdagidek oraliq moddalar hosil bo`lish bilan boradi.
Kreking temperaturasida to`yingan bog’lardan sodda aromatik, naften va izoparafin uglevodorodlar hosil bo`ladi. Bundan ko`rinadiki destruktiv gidrogenlash natijasida koks hosil bo`lishiga olib keladigan aromatik xalqalarni knodensatsiyasi kuzatilmaydi. Oltingugurtli mahsulotlarni gidrogenlashlash natijasida ularni vodorod bilan rektsiyaga kirishishni natijasida H2S va uglevodorodlar hosil bo`ladi.
C4H9HS+4H2C4H10+H2SRSH+H2RH+H2SRSSR+3H2RH+R1H+2H2S Gidrogenlash natijasida oltingugurtli birikmalar parchalanishi yumshoq
sharoitlarda (gidrokrekingga nisbatan) boradi.
Gidrogenlash natijasida kislorodli birikmalar – suvga va azotli birikmalar ammiakka aylanib ketadi.
Reaktsiyalarni yo`nalishiga temperatura rejimi, qo`llanilayotgan katalizator katta rol’ o`ynaydi. Temperatura ortishi bilan zanjirlarni va xalqalarni parchalanish reaktsiyasi kuchayadi. Bosimni pasayishi uglerod-vodorod bog’larini parchalanishiga olib keladi va buni natijasida parafin uglevodorodlardan olefinlar va olefin uglevodorodlarni aromatik uglevodorodlarga tsiklizatsiyalash kuchayadi.
YUqori temperaturada gidrogenlash va parchalash xususiyatiga ega bo`lgan aktiv katalizatorlar molibden va vol’fram sul’fidlaridir.
Bu katalizatorlar oksid holida olinib oltingugurtli birikmalar ta`sirida sul’fid ko`rinishiga o`tadi, lekin katalizator o`zini aktivligini yo`qotmaydi. Bu katalizator yuqori temperaturada (450-4800C) qo`llaniladi.
MoS2 va WS2 gidrogenlash va parchalash hususiyatiga ega.
Reaktsiyalarni u yoki bu yo`nalishlarini kuchaytirish uchun katalizator tarkibiga promotorlar qo`shiladi. Ni yoki Co qo`shilsa gidrogenlash hususiyati ortadi. WS2 ni Al–Si ga shimdirilsa (o`tkazilsa) uni parchalanish hususiyati ortadi.
Hozirgi paytda gidrokreking jarayonlarda bifunktsional gidrokreking qiluvchi katalizatorlar-kislotali hususiyatga ega bo`lgan yonuvchi va aktiv metallar
ishlatiladi. Aktiv metallarga: platina, nikel’, palladin, molibden va hokazolar kiradi. Aktiv metallar gidrogenlash hususiyatiga ega, kislotali hususiyatga ega bo`lgan o`yuvchi parchalash va izomerlash hususiyatiga egadir.