O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bank ishi yo`nalishi 50-guruh mavzu: Barqaror turizm menementi salohiyatini oshirish. Bajaruvchi



Download 91,24 Kb.
bet8/10
Sana12.04.2023
Hajmi91,24 Kb.
#927374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Barqaror turizm menementi salohiyatini oshirish

4. Hamkorlik orqali salohiyatni tiklash.
Turizm sohasi bozor tizimidagi boshqa har qanday iqtisodiyot tarmog‘i kabi alohida segment hisoblanadi. Shuning uchun ham turizm faoliyatini talab va taklif omillarining o‘zaro bog‘liq tizim sifatida ko‘rib chiqish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’umki, talab va taklif omillari bozor munosabatlari sharoitida xususiy mulkchilik munosabatlarini har jihatdan rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy tayanch hisoblanishadi. Har qanday mamlakatdagi turistik xizmatlar bozorida xususiy turistik firmalar mavjud talab va ehtiyojlarni atroflicha hisobga olmay turib, o‘z xizmatlari taklifini kutilganidek amalga oshirisha olmaydi. Ko‘rinib turganidek, xususiy turistik firmalar bozordagi talab va taklif omillarini to‘liq hisobga olgan holda harakat qilganda, ularning respublika turizm iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz xususiy turistik firmalarning turizm iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdan oldin talab va taklif omillari xususida ayrim fikr va mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz.
Talab omillari o‘zida asosan xalqaro (hududiy) va ichki (milliy) turistik bozorlarni namoyon etadi. Bunday bozorlarda chet ellik sayyohlar bilan birgalikda mahalliy aholi ham turistik diqqatga sazovor joylar, ob’yektlar va turistik xizmatlardan keng miqyosda foydalanishadi. Taklif omillari bo‘lsa o‘z ichiga chet ellik sayyohlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan turistik diqqatga sazovorliklar va turli xil faoliyat turlari (milliy hunarmandchilik, musiqa va mahalliy xalq urf-odatlari-yu marosimlari), mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, shuningdek boshqa turistik ob’yektlar va xizmatlarni oladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, turizm sohasidagi ekspert mutaxassislarning ta’kidlashlaricha diqqatga sazovorliklar deganda tematik xiyobonlar, hayvonot bog‘lari, botanika bog‘lar va akvariumlar kabi tabiiy, madaniy va maxsus ob’yektlar, shuningdek ushbu ob’yektlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat turlari tushuniladi. Xalqaro turizm tashkiloti (XTT) tasnifiga muvofiq ravishda tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalariga turli xil shakldagi mehmonxonalar, motellar, mehmonxona tipidagi uylar, shaxsiy xonadonlar va boshqa turdagi turistlar to‘xtaydigan ob’yektlar tegishli bo‘ladi.
Umuman olganda barcha turistik xizmatlar va ob’yektlardan samarali foydalanish uchun zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan turizm infratuzilmasini shakllantirish talab etiladi. Bunday infratuzilma o‘z ichiga transport (havo transporti, avtomobil yo‘llari transporti, temir yo‘l transporti, suv transporti va boshqalar) xizmatini, suv va elektr ta’minoti, kanalizatsiya va telekommunikatsiya kabi sohalarni qamrab olishi kerak. Hozirgi kunga kelib, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalarida sanitar-ekologik omilga ham infratuzilma rivojini ta’minlovchi omil sifatida baho berishmoqda. Chunki, zamonaviy turizmni atrof-muhitning muhofazalanishi va ekologik tozaliksiz tasavvur etish qiyin. Ana shunday jihatlarga ega infratuzilmaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishi, ya’ni turistlarga imkon qadar sifatli xizmat ko‘rsatishning tashkil etilishi har jihatdan xususiy firmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi. Ekspert mutaxassislarning baholashlaricha barcha talab va taklif omillari turistik mahsulotni shakllantiradi. Quyidagi jadvaldan ko‘rinib turganidek, xalqaro turizm talabi, ya’ni O‘zbekiston bo‘yicha sayohat qiluvchi chet ellik sayyohlarning talabi umumiy turistik mahsulotning beshdan bir qismini tashkil etsa, ichki talab, ya’ni mamlakatimiz bo‘yicha sayohat qiluvchi mahalliy turistlar uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Turistik mahsulotning qolgan qismi turli xil diqqatga sazovor vositalar va turizm ob’yektlari joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Ko‘rinib turganidek, mamlakatimiz turizmi chet ellik sayyohlarning ehtiyojlarini qondirishga qaraganda mahalliy iqtisodiyotining ichki ehtiyojlarini qondirishga nisbatan ko‘proq yo‘naltirilgan.
Taklif omillari xususida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, turistik mahsulotning uchdan bir qismini mamlakatimizga chet ellik va mahalliy turistlarni jalb etadigan diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi. Mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, viloyatlardagi turli xil milliy madaniyat sarchashmalari, tabiiy boyliklarimiz va boshqa shu kabilar turistlarni mamlakatimizga qiziqtiruvchi asosiy motivatsiya omil sifatida e’tirof etiladi. Mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalari, transport xizmati hamda turizm infratuzilmasining boshqa turistik ob’yektlari va elementlari O‘zbek turistik mahsulotidagi barcha taklif omillarning ikkidan bir qismini tashkil etadi.
Umuman olganda, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, xususiy turistik firmalar turizm bozoridagi talab va taklifni atroflicha tahlil etish orqali samarali faoliyat ko‘rsatsa, bu holat o‘z navbatida mamlakatimiz turizm infratuzilmasining zamon talablari darajasiga mos ravishda rivojlanishiga va turizm xizmatlari bozorini kengayishiga olib keladi. Biz mamlakatimiz turizm xizmatlari bozorida faoliyat ko‘rsatadigan xususiy firmalar faoliyatiga quyidagi tasnif orqali baho berib o‘tmoqchimiz:
- transport vositalari sektori;
- turistlarni joylashtirish va oziq-ovqat bilan ta’minlash sektori;
- ko‘ngil ochar tadbirlar sektori;
- turistik operatorlar va turistik agentlar.
Dunyo turizm sanoatida xususiy mulkchilik munosabatlarini tahlil qilinishida ham aynan mana shunday tasniflardan foydalaniladi.
Turizmdа mаrkеting kоnsеpsiyasining tаrkibini uning vаzifаlаrini ko’rib chiqish оrqаli tushuntirish mumkin:
1-vаzifа. Qаrоrlаr qаbul qilishdа ehtiyojlаr, tаlаbning hоlаti vа dinаmikаsi, turistik bоzоr kоn’yunkturаsidаgi vаziyat hаmdа dinаmikаning chuqur o’rgаnilishi.
2-vаzifа. Turistik mаhsulоt ishlаb chiqаrishning bоzоr tаlаblаrigа, tаlаb strukturаsigа shu оndаgi lаhzаlik mаnfааtdаn emаs, bаlki, uzоq muddаtli istiqbоldаn kеlib chiqqаn hоldа mаksimаl dаrаjаdа mоslаshishigа shаrоit yarаtish. YA’ni, turizm sоhаsidа fаоliyat yurituvchi kоrхоnаning butun fаоliyati (ilmiy-tехnik, ishlаb chiqаrish, sоtuv, vа bоshqаlаr) istе’mоlchilаrning tаlаbi vа uning istiqbоldаgi o’zgаrishi to’g’risidаgi bilimgа аsоslаnishi lоzim.
3-vаzifа. Turmаhsulоt хаridоrlаrining qоndirilmаgаn tаlаblаrini аniqlаsh vа ishlаb chiqаrishni ushbu tаlаblаrni qоndirishgа yo’nаltirish. Mаrkеting istе’mоlchilаrning tаlаbi bo’lgаn turlаrni lоyihаlаshtirish, ishlаb chiqаrish vа sоtishni аnglаtаdi. Mаrkеting tizimi turistik mаhsulоt ishlаb chiqаrishni tаlаbgа bоg’lаb qo’yadi vа tоvаrlаrni istе’mоlchigа kеrаk bo’lgаn аssоrtimеnt vа hаjmdа yarаtishni tаlаb etаdi. Mаrkеting kоnsеpsiyasini аmаlgа оshirishdа хo’jаlik qаrоrlаrini qаbul qilish bоzоrdаgi vаziyatgа nisbаtаn sеzgir bo’lgаn bo’linmаlаrdаn kеlib chiqib qаbul qilinаdi. Mаrkеting хizmаti bоzоr, ishlаb chiqаrish, ilmiy-tехnik vа mоliyaviy siyosаtni аmаlgа оshirishdа mа’lumоt vа tаvsiyalаr mаnbаi bo’lib хizmаt qilаdi. Bundа tаlаbning hоlаti vа dinаmikаsi hаmdа bоzоr kоn’yunkturаsining chuqur tаhlil etilishidаn so’ngginа u yoki bu turni ishlаb chiqishning zаrurаti, fоydаliligi to’g’risidа qаrоr qаbul qilinаdi.
4-vаzifа. Istiqbоldаgi istе’mоlchilаrni tаshkilоt mаhsulоtlаri to’g’risidа хаbаrdоr qilish hаmdа istе’mоlchilаrgа bаrchа uslub vа vоsitаlаrdаn fоydаlаngаn hоldа аynаn bеlgilаngаn turni хаrid etishgа undаsh uchun tа’sir etish. YAngi sаmаrаli turistik turni tаklif etish bu - turmаhsulоtning o’zi o’z bоzоrini egаllаydi dеgаni emаs, buning uchun uni bоzоrdа ilgаri surishni hаm muvаffаqiyatli аmаlgа оshirish lоzim bo’lаdi. Zеrо, turist birоr еrgа bоrishidаn оldin, hеch bo’lmаsа, shu еrning (mаnzilning), tur(mаrshrut)ning mаvjudligi to’g’risidа mа’lumоtgа egа bo’lishi lоzim.
Mаrkеting fаlsаfаsigа binоаn turistik kоrхоnа uzоq muddаtli vаqt dаvоmidа sаmаrаli fаоliyat yuritishi uchun quyidаgi bеsh prinsipdаn kеlib chiqib ish tutishi lоzim (prinsip – qаndаydir ishоnch, qаrаsh; u butun bilimlаr vа hаtti-hаrаkаtlаr tizimining аsоsidа yotuvchi tаlаblаr yig’indisidir):
innоvаsiоn mаrkеtingni qo’llаsh, ya’ni kоrхоnа muttаsil rаvishdа o’z tur хizmаtlаrini vа mаrkеting uslublаrini yangilаb bоrishi lоzim;
qаdriyatiy mаrkеtingdаn fоydаlаnish, ya’ni, kоrхоnа turmаhsulоtning istе’mоlchi uchun qаdrli bo’lgаn tоmоnlаrini rivоjlаntirib, оshirib bоrishi lоzim;
kоrхоnаning o’z ijtimоiy vаzifаsini hаm аnglаshi, ya’ni, u o’z fаоliyatidа tоr ishlаb chiqаrish – хo’jаlik vаzifаlаridаn emаs, bаlki o’z ijtimоiy o’rnidаn kеlib chiqib ish tutishi uning хоdimlаridа o’zlаrining ishlаridаn bo’lgаn mаmnunlik hissini оshirib bоrаdi. Nаtijаdа хоdimlаr yanаdа yaхshirоq ishlаy bоshlаydilаr;
Ijtimоiy-etik mаrkеting kоnsеnsiyasigа аmаl qilish;
Istе’mоlchi - turistlаrgа mo’ljаllаnib ish yuritish.
Turizm o’zining muhim хususiyatlаri bo’yichа хo’jаlik fаоliyatining bоshqа shаkllаridаn hеch qаndаy fаrqi yo’q. SHuning uchun zаmоnаviy mаrkеtingning hаmmа mаvjud хususiyatlаri turizmdа hаm to’liq qo’llаnilishi mumkin.
Bir pаytning o’zidа turizmni nаfаqаt mаhsulоtlаr sаvdоsidаn, bаlki хizmаt ko’rsаtish sаvdоsining bоshqа shаkllаridаn fаrq qiluvchi хususiyati mаvjud.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan mazkur forumda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Hindiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Latviya kabi 30 dan ortiq mamlakatdan yuzdan ziyod sayyohlik kompaniya va firmalari vakillari ishtirok etdi.
Joriy yilgi Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ham o‘zaro foydali muloqotlar va manfaatli kelishuvlarga boy bo‘ldi. Unda mamlakatimiz hududlarining rang-barang an’ana va udumlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari namunalari namoyish etildi. Ishtirokchilar ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan taqdimotlar va ko‘rgazmali chiqishlar orqali yurtimizning turizm salohiyati, xalqimizning betakror madaniyati bilan tanishdi. Turizmning ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar va oilaviy kabi yangi turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berildi.
Sayyohlik sohasi dunyo miqyosida jadal rivojlanmoqda, – dedi Turkiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi maslahatchisi Jesim Chelebi. – Bu nafaqat mamlakatlar moliyaviy barqarorligi, balki xalqlar o‘rtasidagi madaniy-ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, tabiat va inson o‘rtasidagi mushtaraklikni saqlash kafolatidir. O‘zbekiston betakror diyor. Qadimiy shaharlaringizdagi noyob madaniy-ma’naviy meros yurtingizda turizmni har tomonlama rivojlantirish imkonini bermoqda. Yarmarkada butun dunyodan soha vakillarining ishtirok etgani mamlakatingizning sayyohlik salohiyati ortib borayotganidan dalolat. Bu xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘ladi.
Tadbirda mehmonxona va restoranlar, muzeylar, sug‘urta kompaniyalari, transport-logistika tarmoqlari, dam olish maskanlari vakillari o‘z xizmatlarini taqdim etdi. Me’moriy obidalarimiz aks etgan eksponatlar, xalq hunarmandligi buyumlari tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.
– O‘zbekiston haqida ilgari eshitgan bo‘lsam-da, mamlakatingiz to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega emasdim, – dedi “X Trans” sayyohlik kompaniyasi menejeri Devi Ismanto (Indoneziya). – Xalqaro turizm yarmarkasida davomida o‘zbek xalqining buyuk ma’naviyat sohibi ekaniga amin bo‘ldik. Hunarmandlar yasagan buyumlardagi naqshlar va ranglar jozibasi ko‘zni quvontiradi, ularda yuksak intellektual va ijodiy salohiyat namoyon. Yarmarka hamkorligimizda yangi sahifa ochdi. Yurtingizga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha poytaxtingizdagi beshta firma bilan shartnoma imzoladik.
Yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning sayyohlik salohiyati keng namoyish etildi. Sopol va chinni mahsulotlari, misgarlik buyumlarini tayyorlash, zardo‘zlik, kashtachilik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Milliy hunarmandlik buyumlari hamda liboslar namoyishi uyushtirildi.
“Davolash-sog‘lomlashtirish” bo‘limidan o‘rin olgan dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, mamlakatimizning tibbiyot turizmi sohasidagi imkoniyatlari xorijliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sog‘lomlashtirish maskanlarida tashxis qo‘yish va davolash, tabiiy yo‘l bilan salomatlikni tiklash borasida erishilayotgan tajribalar yuqori baholandi.
Anjuman doirasidagi “Hosted Buyers” (Professional xaridorlar) dasturi mamlakatimizda turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash, istiqbolli hamkorlikni rivojlantirish, sayyohlarni jalb qilish imkonini beruvchi imtiyozlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
“Turizm sohasida interaktiv xizmatlar”, “Sayyohlik sohasidagi kompaniyalar integratsiyalashuvi” mavzularidagi taqdimotlar mahalliy va xorijiy sayyohlik tashkilotlarining hamkorlikdagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish istiqbollariga bag‘ishlandi.
Yarmarka so‘ngida eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi taqdimoti, eng yaxshi stend, eng yaxshi xizmat, eng yaxshi dizayn, kompaniya va mehmonxona taqdimoti, tematik bo‘lim va turistik imkoniyatlar, sermahsul hamkorlik kabi qator yo‘nalishlardagi tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.
Turizmning rivojlanishiga davlatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati, jahon iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida sodir bo‘layotgan integratsiya va globallashuv jarayonlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu ishbilarmonlik turizmining turli xil yangi turlarining paydo bo'lishiga yordam beradi.
Biroq iqtisodiyotdagi bojxona rasmiyatchiligining kuchayishi, moliyaviy beqarorlik, iqtisodiy ish tashlashlar kabi hodisalar turizm industriyasidagi tashkilotlar faoliyatiga sezilarli darajada to‘sqinlik qilishi mumkin.
Ijtimoiy-demografik omillar. Turizmning rivojlanishiga aholining, ayniqsa shahar aholisining o'sishi ta'sir ko'rsatadi. Psixologlarning fikriga ko'ra, shahar turmush tarzi stress, hayotning anonimligi, odamlar bilan aloqa qilmaslik, tabiatdan ajralish bilan ajralib turadi. Shu munosabat bilan, shahar aholisi uchun turizm - bu xotirjamlikni izlash.
Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida ish va bo'sh vaqt nisbatini o'zgartirish tendentsiyasi mavjud. Odamlar hayotida bo'sh vaqtning ko'payishi bilan ikkita asosiy tendentsiya paydo bo'ldi - ta'til davrining parchalanishi va qisqa muddatli sayohatlarning o'sishi, ya'ni. turistik sayohatlar qisqarmoqda, lekin tez-tez.
Turizm bilan bog'liq boshqa o'zgarishlar qatorida ayollarning ijtimoiy ish sohasiga keng jalb etilishini alohida ta'kidlash lozim. Ularning ko'pchiligi martaba orttirishga intiladi. Shunga ko'ra, bu ayollarning keyinchalik turmushga chiqib, bolalar tug'ishiga olib keladi. Moliyaviy mustaqillikka erishish istagi tufayli, sayohat qiluvchi ayollar soni biznes maqsadlari, tez ortib bormoqda.


XULOSA
Umuman turizmni rivojlantirish orqali qator xizmat ko‘rsatish ob’ektlari jadal rivojlanadi:
1. Mexmonxonalar soni va uning sifat darajasi yaxshilanadi, turistlar oqimining ko‘payishi narx omiliga xam ta’sir etadi, iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun turtki bo‘ladi.
2. Yo‘l qurilishiga katta ahamiyat beriladi, shaharsozlik arxitektura rivojlanadi va bu o‘z navbatida qurilish materiali ishlab chiqaruvchilariga talabning oshishiga olib keladi;
3. Transport tizimi, xususan aeroportlarda taksi xizmatlarini va internet xizmatlarini yaxshilash ko‘zda tutiladi, yuqoridagi qaror ijrosi bo‘yicha reklama shitlari ko‘payadi, oqibatda kelayotgan turistlar hoh chet ellik hoh ichki turistlarimiz manzil topishdagi yoki qator o‘ziga zarur ma’lumotlarni topishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
4. Umumiy ovqatlanish tizimi rivojlanishi bilan bir qatorda ularda xizmat darajasi ancha yuqoriga chiqadi, kadrlar malakasini oshirishga talab ortishi bilan ta’lim sohasida bu sohaga talab ortadi.
5. Kasanachilikni rivojlantirish uchun yanada keng asos mavjud bo‘ladi, qo‘l mehnati orqali yasalgan suviner maxsulotlariga bo‘lgan talab oshadi. Ushbu soha vakillariga berilgan qator imkoniyatlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Yaratayotgan har bir suviner mahulotlarida albatta vatanparvarlik ruhi ufirib turishi zarur. Zero turist ushbu mahsulotni ko‘rganida yana yurtimizga tashrif buyurgisi kelsin.
6. Turizm sohasida ishtirok etuvchi kadrlar malakasi ham yuqori darajaga ko‘tariladi. Bojxona vakillaridan sifatli xizmat ko‘ratilishi nazarda tutiladi. Yuqori saviyaga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Aksariyat hollarda “Vatan-ostonadan boshlanadi” iborasi chegara xizmatchilarining ma’suliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lini tanlagach, boshqa sohalardagi bo‘lgani kabi turizm sohasida ham dunyo tajribasida erishilgan ijobiy natijalardan andoza sifatida foydalanish orqali rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Biroq, bozor iqtisodiyotiiga endi qadam qo‘yayotgan yosh mamlakatlardan biri bo‘lganligimiz tufayli yuqorida keltirilgan tasnifdagi hamma qismlar bo‘yicha xususiy firmalarning faoliyat ko‘rsatish darajasi yuqori saviyaga olib chiqishimiz lozim. Chunki hukumatimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha shart sharoitlar yaratilib berilmoqda.
Marketing turistlarni qabul qilish va ularga raqobatbardosh va sifatli xizmatlar ko'rsatishga yo'naltirilgan har qanday joylashtirish kompaniyasi faoliyatining asosiy elementlaridan biridir. Yaxshi ishlab chiqilgan mehmonxona marketing strategiyasi uning biznesni rivojlantirishdagi muvaffaqiyati va raqobatda g'alaba qozonishining kalitidir. Shu bilan birga, mehmonxona xizmatlari iste'molchisi - turist har qanday mehmondo'stlik korxonasining marketing markazida bo'lishi kerak.
Mavsumiy omil ham muhimdir. Mavsumiylik omili har qanday turar joy korxonasining faoliyatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi, chunki mehmonxonalar, birinchi navbatda, sayyohlik oqimining maqsadiga bog'liq. Xizmat ko'rsatishning mavsumiyligiga ta'sir qiluvchi omillarning uch guruhi mavjud: tabiiy va iqlimiy; turizm turining xususiyatlari; iste'molchilarning mehnat va dam olish xususiyatlari.
Muayyan turistik hudud uchun mavsum deb, kelgan turistlarning oylik soni ularning yil davomidagi oʻrtacha oylik sonidan oshib ketgan davr hisoblanadi. Ikki fasl (ko'pincha yoz va qish) mavjud bo'lsa, ular o'rtasida mavsumdan tashqari davrlar o'tadi. Yilning eng yuqori kelishida ular "issiq mavsum" atamasini qo'llashadi (qizil, baland); sayyohlarning deyarli to'liq yo'qligi davri odatda "o'lik mavsum" (ko'k, past) deb ataladi.
Agar mavsumiylikni batafsilroq ko'rib chiqsak, unda yil davomida besh fasl mavjudligi haqida gapirish mumkin. Eng yuqori mavsum qisqa vaqt davomida kuzatiladi - ko'pincha, bir yoki ikki yoz haftasi. Bu manzilga sayyohlarning maksimal oqimi bilan tavsiflanadi.

Download 91,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish