2.2022-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy himoya masalalarining asosiy yo‘nalishlarining belgilanishi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar amalda bajarildi. O‘zbekistonning bundan keyingi rivojlanish yo‘llari belgilandi. Bu yo‘l O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda imzolagan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berildi. Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 100 ta maqsad belgilab berilgan. Taraqqiyot strategiyasida ham asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida ijtimoiy himoya masalasi asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Bu yo‘nalishda 34 ta maqsad belgilangan. Jumladan,
-Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta'lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish;
- Maktabgacha ta'limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish;
- Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish;
- Maktabgacha ta'lim tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta'minlash;
- Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta'limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish;
-2026 yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish;
- Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish;
- Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta'minlash;
- Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish;
-2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash;
- Qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish;
-2026 yilgacha nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish;
-«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish;
- Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;
- Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030 yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish;
- Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
- Pensiya ta'minoti tizimini takomillashtirish;
- Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish maqsadida respublika hududlarida tibbiyot klasterlarini tashkil etish;
- Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug‘urtalash amaliyotini joriy qilish;
- Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish;
- Dori-darmon va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish;
- Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish;
- Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish;
- Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish;
- Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining ulushini 80 foizga yetkazish;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xalqaro maqomga ega laboratoriyalarini tashkil etish;
- Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni «bir qadam» tamoyili asosida tashkil etish;
- Malakali shifokorlarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish;
- Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish;
- Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash;
- Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
3. O‘zbekiston Respublikasi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun mohiyati va uning hayotga tadbiq etilishi.
Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muxiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir.Tahlillarga ko‘ra bu illat jaxon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.
Dunyoda korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transprensy international xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsada, hali bu illat barham topmagan.
Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta'lim, bank, bojxona, sud, prokratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.
Tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda, ko‘plab sohalarda davlat haridlarni amalga oshirish tizimi ochiq oshkora emas.
Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta'kidlab, unga qarshi kurashishga ma'sul bo‘ladigan alohida organ tuzishni talif qilgan edi1.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir .
Prezident tashabbusi bilan 2017-yilda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun va mazkur qonunning qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi.
Jaxon tajribasiga e'tibor beradigan bo‘lsak, «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlar Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘istonda 1998-yil 2-iyulda, Qirg‘izistonda 2012-yil 8-avgustda, Turkmanistonda 2014-yil 1-martda, MHD davlatlaridan Ukrainada 2014- yilda, Moldovada 2002-yil 6-iyunda, xorijiy davlatlardan XXR da 2007-yil 1-yanvarda, Buyuk Britaniyada 2010- yilda qabul qilingan.
Respublikamizda qabul qilingan qonun asosida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan davlat siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirgan ishlarimiz natijasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga kamaydi.
Biz bunday natijalarni korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli faoliyatimizning dastlabki samarasi deb qabul qilishimiz, bu yo‘lda yanada qat'iy ish olib borishimizni talab etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llaridan biri bu davlat xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun qulay muhit yaratish va korrupsiyani keltirib chiqaradigan holatlarni kamaytirishdan iborat.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 9 dekabr– Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Biz korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida tanlov e'lon qilindi va ushbu tanlov 2018-yilning 1-oktyabridan 1-dekabrigacha o‘tkazildi. Tanlov to‘rt yo‘nalish – eng yaxshi jurnalistik material (teleko‘rsatuv, raioeshittirish, maqola), eng yaxshi blogpost, eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi insho («korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» insholar tanlovi) yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.2 Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralda «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasining 2.4. bandi bevosita Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish masalalariga qaratilgan. Ushbu bandga asosan:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga karshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga karshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga karshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iboratligi belgilab qo‘yildi:
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ruyxatini belgilash;
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish xaqi yetarli darajada bo‘lishini ta'minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
korrupsiya bilan bog‘lik huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish va boshqalar.
2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab borishi, uning yakunlari bo‘yicha:
korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantirishi;
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshirishi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘rishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab tatbiq etish va umumiy o‘rta, o‘rta mahsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini ta'minlashi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 27 -maydagi PF-5729-son Farmonining 8-bandi ijrosi yuzasidan Oliy ta'lim sohasida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan «Yo‘l haritasi» tasdiqlangan.
«Yo‘l haritasi»da 7 yo‘nalishda (OTM sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, OTM qabul jarayoni, ta'lim berish va talabalar bilimini baholash jarayonini takomillashtirish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, o‘qishga tiklash, xorijiy davlatlarda berilgan ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish hamda ta'lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, OTM faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi hamda ularga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish hamda ta'lim tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta'minlash) 46 banddan iborat korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish nazarda tutilgan:
Tadbirlarni Davlat byudjeti, oliy ta'lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, BMT taraqqiyot dasturi, YuNeSKO, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish belilangan. Chora-tadbirlarda jami 31 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta qonun – Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va Oliy ta'lim to‘g‘risida, 1 ta Prezident qarori, 23 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 5 ta idoraviy normativ huquqiy hujjat loyihalari) ishlab chiqish, 15 ta amaliy-tashkiliy chora-tadbirlar (1 ta ilmiy tadqiqot, 2 ta tahliliy ma'lumot va 12 ta boshqa tadbirlar) belgilangan.
2019-yil 23-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 797-son qarori qabul qilinib, oliy ta'lim muassasasi rahbar kadrlarining o‘quv-metodik va ilmiy-pedagogik faoliyati natijalari inobatga olinadigan, ularga muntazam ravishda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimi amaliyotga joriy etildi. O‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash bilan bog‘liq fan va kurslarni kengaytirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv rejalariga 13 ta yangi modul kiritildi.
Respublikada malakali yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek ta'lim xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yuqorida ta'kidlanganidek, aynan muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida oliy ta'limda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan, jumladan sohada korrupsiyaga to‘liq barham berish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar ham mavjud.
Xususan, keyingi yillarda oliy ta'lim muassasalari soni ortdi.
«2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta'limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta'lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta'lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi».3
Qabul kvotalari 2016-yilga nisbatan oshdi va natijada yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrovi 9 foizdan 25 foizga etdi.
2018-2019-o‘quv yilidan boshlab 52 ta oliy ta'lim muassasasida sirtqi, 9 ta oliy ta'lim muassasasida kechki ta'lim, 43 ta oliy ta'lim muassasasida ikkinchi oliy ta'lim sirtqi shaklda joriy etildi.
Yangi 66 ta ta'lim yo‘nalishi va 48 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
16 ta oliy ta'lim muassasasida 10 ta xorijiy davlatning etakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 33 ta ta'lim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturi asosida kadrlar tayyorlanmoqda.
2019-yilda oliy ta'limni moliyalashtirishga byudjetdan 1 trln. 289 mlrd so‘m hamda 3 trln. 417 mlrd so‘m kontrakt tushumlarini yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, jumladan ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha misli ko‘rilmagan aniq choralar amalga oshirilmoqda.
Ammo ta'kidlash kerakki tahlillar ko‘rsatganidek korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator masalalar ham mavjud. 2018-yildan o‘tkazilgan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, korrupsiyaga moyil bo‘lgan sohalar sifatida ta'lim 21,2 foiz ekanligi aniqlangan.
Tahlillar ko‘rsatganidek tizimda korrupsion jinoyatlarning quyidagi ko‘rinishlari uchraydi:
1. Ta'lim muassasalari mansabdorlarining o‘z shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yib, mansab soxtakorligini sodir etib, soha uchun ajratilgan, tizimning bir maromda faoliyat olib borishi uchun yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish.
2. Ta'lim tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va shu kabi masalalarni pora evaziga hal qilish.
3. Ta'lim muassasalari mansabdorlari tomonidan asoslantirilmagan harajatlar uchun pul yig‘ish kabi suiiste'molchiliklar sodir etilishi.
Mablag‘larni asosan muassasani ta'mirlash va boshqa harajatlar niqobi ostida, ba'zi holatlarda esa sodir etilgan jinoyatlarni pora berish yo‘li bilan tekshiruvdan yashirish maqsadida yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.
4. Ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi yuzasidan tuzilgan statistik ma'lumotlarni soxtalashtirish, ta'lim muassasasida tahsil olmagan o‘quvchilarga soxta attestatlarni berish evaziga pora olish, haqiqatda ishlamagan yoki ta'lim muassasasiga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslarni muassasa xodimlari sifatida rasmiylashtirish va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish.
6. Ta'lim tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan o‘qishga qabul qilish, boshqa o‘quv muassasalariga o‘tkazish evaziga pora olish.
Oliy ta'lim tizimida korrupsiya holatlarining uchrashi, bepul umumiy ta'lim olish borasidagi Konstitutsiyaviy huquqlarning buzilishi, ta'lim oluvchilar bilim darajasining tushib ketishi, jamiyatdagi inson salohiyatining kamayishiga olib kelishi mumkinligi, ko‘rsatib o‘tilgan holatlarga alohida e'tibor qaratishni talab etadi.
Ta'kidlab o‘tilganidek, to‘plangan statistik ma'lumotlarning tahlili, sohadagi jinoyatchilik darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda, bu esa o‘z navbatida, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olishga yo‘naltirilgan aniq va qat'iy chora-tadbirlar ishlab chiqilmaganligi, jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilinmaganligi, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiya va uning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bo‘lgan salbiy ta'sirini tushuntirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari etarli darajada o‘tkazilmaganligi, tizim xodimlari tomonidan qonunbuzish sodir etilishini oldini oluvchi va bunga doimiy hamda tizimli ravishda qarshi kurashuvchi samarali mexanizm yaratilmaganligining natijasidir.
«Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng
yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a'zolari, ta'bir joiz bo‘lsa, «halollik vaksinasi» bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak».4
Ushbu illatga qarshi kurashishdagi yana bir muhim vositalardan biri-jamoatchilik nazorati. Bugungi kunda yurtimizda 10 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faoliyati sezilmayapti. Chunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi,davlat bilan ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q.
Shu bois Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik nazoratini yanada kuchytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etish taklifini ham bildirgan edi. Jamoatchilik palatasi aholi fikrini muntazam ravishda o‘rganib borishi, ularning echimini topish bo‘yicha davlat idoralari oldiga aniq vazifalarni qo‘yishi zarurligi ta'kidlandi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tizimdagi korrupsion jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklar ahvolini atroflicha tahlil qilib, ularning sabablari va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o‘rganib, tizimning har bir sohasini qamrab oluvchi, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikka qarshi kurashish va uni oldini olishga yo‘naltirilgan aniq muddatlari va ijrochilari belgilangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda kelgusida ushbu turdagi davriy rejalarning ishlab chiqilishi va ijrosini ta'minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |