O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi



Download 4,16 Mb.
bet7/143
Sana25.03.2023
Hajmi4,16 Mb.
#921525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

3. Su’gurta bozorining rivojlanishi
O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi tamoyillari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati kundan kunga oshib bormoqda.
Bundan tashqari, sug‘urta iqtisodiyotning rivojlanishi uchun salmoqli investitsiya kapitalini jamlashtiruvchi va iqtisodiyotga kirituvchi strategik ahamiyatga ega bo’lgan bo‘g‘inlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bunga misol tariqasida ta’kidlash joizki mamlakatda tobora sug‘urta sohasining rivojlanishiga katta ahamiyat berilayotganligi, hamda sug‘urta sohasini taraqqiy toptirish sug’urta sohasida yangi mahsulotlar va qulayliklarni uzluksiz ravishda yaratib borish hozirga zamon talablaridan biri hisoblanmoqda. Endilikda sug‘urta sohasining rivojlanishi uchun axborot texnologiyalaridan keng va samarali foydalanishni taqozo qilmoqda. Sug’urta sohasida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda agentlar uchun bir qancha dasturlar ustida ish olib borilmoqda.
Milliy sug‘urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash, sug‘urta xizmatlariga yuqori talab bo‘lgan yangi turlarini joriy etish, iste’molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” dagi Davlat dasturiga muvofiq: “O‘zbekiston respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi12 PQ 4412-sonli qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorda yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo‘lgan an’anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, sug‘urta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish belgilab berilgan. Ushbu qarordagi vazifalarni bajarish yuzasidan sug‘urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “Elektron turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish tartibini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi13 780-sonli qaroriga muvofiq “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ (keyingi o‘rinlarda — Yagona integrator) hamda “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda yagona axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha texnik talablarga muvofiq yagona axborot tizimini Yagona integrator serverlar maydonida belgilangan tartibda joylashtirish. E-polisni rasmiylashtirishda zarur bo‘lgan axborot-ma’lumotlar tegishli vazirliklar va idoralar hamda sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida almashinuvini ta’minlash vazifalari ko’rsatib o’tilgan.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish” turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatishda E-polisni sotishni tashkil etish bo’yicha jami 22 ta sug’urta kompaniyalari E-polisni sotishni yo’lga qo’ygan. Shulardan “Gross insurance” sug’urta kompaniyasi 2021 yilning mart-avgust oylarida 4.477 ta, “O’zbekinvest eksport import” sug’urta kompaniyasi 3.325 ta, “Kafolat” sug’urta kompaniyasi esa 966 ta E-polislarni sotishgan. E-polisni sotish tartiblari quyidagicha bo’ladi:
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda) uning egasi transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish joyiga borish muddatiga, biroq o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatga E-polisni tuzishga haqlidir. Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga E-polisni tuzish huquqiga ega. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam bo‘lishi mumkin emas. Transport vositasining egasi majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotini erkin tanlash huquqiga ega.
E-polisni tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi har bir transport vositasi bo‘yicha sug‘urta tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi resursidagi E-polisni tuzish to‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
- sug‘urta qildiruvchining va transport vositasini boshqarishga vakolat berilgan jismoniy shaxslarning (transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslarga ruxsat berilishi sharti bilan E-polis tuzilgan taqdirda) shaxsiy identifikatsiya raqamini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami;
- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (yuridik shaxs uchun);
- transport vositasi egasining shaxsiy identifikatsiya raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami (agar transport vositasi mulkdori boshqa jismoniy shaxs bo‘lsa);
- elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
- mobil telefon raqami;
- E-polis tuzilayotgan transport vositasining davlat raqami belgisi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning seriyasi va raqami;
- agar sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka asosan siylov olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifasiga kirsa, majburiy sug‘urta bo‘yicha siylovlar mavjudligi to‘g‘risida belgi qo‘yib, yuqoridagi toifaga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning (guvohnoma, ma’lumotnoma) tegishli raqamlari;
- transport vositasi egasining ixtiyori bilan mazkur transport vositasidan foydalanish va uni boshqarishga qo‘yilgan yaqin qarindoshlarining (ota, ona, er (xotin), o‘g‘il, qiz, aka, uka, opa, singil) qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarning tegishli raqamlari.
Bunda tegishli ma’lumotlar yagona axborot tizimida mavjud bo‘lganda avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
E-polis tuzilayotgan vaqtda Yagona axborot tizimi qisman yoki to‘liq ishlamaganda, ya’ni davlat axborot bazalari qisman ishlamagan va/yoki ular bilan aloqa uzilgan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi arizadagi ma’lumotlarni qo‘lda kiritadi. Sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘ldirilgan arizadagi ma’lumotlar Yagona axborot tizimiga yuboriladi va davlat axborot bazalari ishga tushirilgandan va aloqa tiklagandan so‘ng yuborilgan ma’lumotlarning muvofiq yoki nomuvofiqligi tekshiriladi. Bundan tashqari sug’urta kompaniyalarning yagona axborot tizimi bazasi yaratilib, olingan ma’lumotlar sir saqlanadi.
Sug‘urta soxasini rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida sug‘urta tashkilotlari o‘z faoliyatlarini bozor talablariga mos ravishda tashkil etishga xarakat qilmoqdalar.
Sug‘urtaning moxiyati O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yangicha mazmun kasb etdi. Istiqlol yillari sug‘urtaning yanada rivojlanishi uchun shunday qulay sharoitlar yaratildiki, buning natijasida o‘laroq, sug‘urta bozori keskin suratlarda rivojlanmoqda. Bugungi kunda sug‘urta bozorida turli mulkchilik shaklidagi 30 dan ziyod sug‘urta tashkiloti tomonidan 200 dan ortiq sug‘urta xizmat turlari ko‘rsatilmoqda.

Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish