2. Sug’urtalovchining sug’urtalanuvchi oldidagi huquq va majburiyatlari. 932-modda. Sug‘urtalovchining sug‘urta xavfini baholash huquqi Oldingi tahrirga qarang. Mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zarurat bo‘lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o‘tkazishni tashkil etishga haqli.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan shaxs sog‘lig‘ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
Ushbu modda asosida sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta xavfini baholash boshqa holatni isbotlashga haqli bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi uchun majburiy emas.
933-modda. Sug‘urta siri Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs va naf oluvchi, ularning sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi, shuningdek bu shaxslarning mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi o‘z kasb faoliyati natijasida o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sug‘urta sirini buzganlik uchun sug‘urtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatiga qarab ushbu Kodeksning 985, 1021 va 1022-moddalari qoidalariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
957-modda. Sug‘urta qildiruvchining zarar qoplanishiga bo‘lgan huquqlarining sug‘urtalovchiga o‘tishi (subrogatsiya) Agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Biroq shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishini istisno qiladigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Sug‘urtalovchiga o‘tgan talab qilish huquqi uning tomonidan sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) va zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchi o‘ziga o‘tgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar va dalillarni sug‘urtalovchiga berishi hamda barcha ma’lumotlarni unga ma’lum qilishi shart.
Agar sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchi tomonidan qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan o‘zining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki bu huquqni amalga oshirish sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) aybi bilan mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘liq yoki uning tegishli qismini to‘lashdan ozod qilinadi va tovonning ortiqcha to‘langan summasini qaytarishni talab qilishga haqli bo‘ladi.
.