2- Jadval.
Sana
|
31.01
|
31.03
|
30.06
|
30.09
|
31.12
|
Asosiy summa bo’yicha qarzdorlik
|
800000
|
600000
|
400000
|
200000
|
0
|
Foiz to’lovi bo’yicha qarzdorlik
|
168000
|
126000
|
84000
|
42000
|
0
|
Umumiy qarzdorlik
|
968000
|
726000
|
484000
|
242000
|
0
|
Sug’urta summasi
|
871200
|
653400
|
435600
|
217800
|
0
|
Sug’urta badallari
|
30492
|
22869
|
15246
|
7623
|
0
|
Sug’urta mukofoti
|
76230
|
Jadval 1. dagi “Asosiy summa bo’yicha qarzdorlik”, “Foiz to’lovi bo’yicha qarzdorlik” va “Umumiy qarzdorlik” qatorlaridagi raqamli ma’lumotlar kreditni to’lovi har kvartalda teng miqdorlarda to’lanishidan kelib chiqqan.
“Sug’urta summasi” qatoridagi raqamli ma’lumotlar “Umumiy qarzdorlik” qatoridagi raqamli ma’lumotlarni 0.9(sug’urtalovchining javobgarlik chegarasi – 90%) soniga ko’paytirish orqali aniqlangan.
“Sug’urta badallari” qatoridagi raqamli ma’lumotlar “Sug’urta summasi” qatoridagi raqamli ma’lumotlarni 0.35(sug’urta tarifi – 3.5%) soniga ko’paytirish orqali aniqlangan.
“Sug’urta mukofoti” qatoridagi raqamli ma’lumotlar “Sug’urta badallari” qatoridagi raqamli ma’lumotlarni qo’shish orqali aniqlangan.
“Sug’urta badallari” va “Sug’urta mukofoti” badallarini alohida 2- jadvalga moslashtirish orqali masala javobini olamiz.
Javob: Sug’urta badallari grafigi 2-jadvalda keltirilgan
Sana
|
31.01
|
31.03
|
30.06
|
30.09
|
31.12
|
Sug’urta badali
|
30492
|
22869
|
15266
|
7623
|
0
|
Sug’urta mukofoti
|
76230
|
Masala 4. Korxonaning 25 mln. so‘mlik mulki 1 yil muddatga bir yo‘la ikkita sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalangan bo‘lib, birinchi sug‘urta kompaniyasida tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi 12 mln. so‘m va ikkinchi sug‘urta kompaniyasida tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi 15 mln so‘m. Ko‘rilgan zarar summasi 21 mln. so‘m.
Har bir sug‘urta kompaniyasi qanchadan miqdorda sug‘urta qoplamasi to‘lashini hisoblang?
Echish:
birinchi sug‘urtalovchi to‘laydigan sug‘urta qoplamasi:
W = (12 mln. : (12 mln. + 15 mln.)) x 21 mln. = 9 mln. 335 ming so‘m
ikkinchi sug‘urtalovchi to‘laydigan sug‘urta qoplamasi:
W = (15 mln. : (12 mln. + 15 mln.)) x 21 mln. = 11 mln. 665 ming so‘m
Masala 5. Haydovchining ish stajidan kelib chiqqan holda tarif stavkalari quyidagicha (sug‘urta summasiga nisbatan foizda): 1 yilgacha 5.8 %, 1 yildan 5 yilgacha – 3.6 %, 5 yildan 10 yilgacha – 2.9 %.Agar transport korxonasida 1 yilgacha staj bilan ishlayotgan haydovchilar -4 kishi, 1 yildan 5 yilgacha staj bilan ishlayotgan haydovchilar – 3 kishi, 5 yilda 10 yilgacha staj bilan ishlayotgan haydovchilar 2 kishi bo‘lsa ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti hajmini aniqlang. Har bir haydovchi uchun sug‘urta summasi 5 mln. so‘m
Do'stlaringiz bilan baham: |