Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha mazmuni.
Ish kirish
qismidan, mavzuni yoritib beradigan 3 ta bob va paragraflardan iborat asosiy qism,
xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat hamda jami
76 betni tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Qishloq xo‟jalgini
10
banklar tomonidan kreditlashning nazariy-huquqiy asoslari” deb nomlanadi. Ushbu
bobda qishloq xo`jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o`rni, ularni moliyaviy
ta`minlashda banklarning rolini hamda kreditlashning iqtisodiy-huquqiy asoslari
yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi “O‟zbekiston tijorat banklari
tomonidan qishloq xo‟jaligini kreditlashning zamonaviy holati” deb nomlangan.
Ikkinchi bobda asosan qishloq xo`jaligini kreditlash tartibi, turlari hamda tahlili
yoritilgan. Uchinchi bob “O‟zbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq
xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish yo‟llari” deb nomlangan. Ushbu bobda
qishloq xo`jaligidagi mavjud muammolar, uni kreditlashda banklarda yuzaga
kelayotgan
muammolar,
kamchiliklar
hamda
moliyalashtirishning
yangi
mexanizmi taklif sifatida kiritilgan. Mavzu materiallarini yoritishda 4 ta jadval va
16 ta rasmdan foydalanilgan. Bitruv malakaviy ishida mavzuga oid mavjud
muammolar hamda ushbu muammolarni bartaraf etish yo‟llari aks etgan.
11
1-BOB. QISHLOQ XO‟JALIGINI BANKLAR TOMONIDAN
KREDITLASHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1.
O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining tutgan o`rni
O‟zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududidajoylashgan. Uning
hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli turli xildagi qishloq xo‟jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar
yetarlidir. Jumladan, respublikada yillik samarali harorat 26-30° ni tashkil etib,
quyoshli soat 3600° dan ortiq bo„lib, bir yilda bir necha marta hosil olish imkonini
beradi. O „zbekistonning jami yer maydoni 44,4 mln. gektar bo„lib, shundan 48,3
foizini turli xildagi qishloq xo„jaligi korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon
xo'jaliklari foydalanadi: ulaming yig'indisi mamlakat qishloq xo„jaligini tashkil
etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan
mamlakat aholisining iste'mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatining esa xom-
ashyoga talablarini qondirishdir.
Maqsadni hal etish uchun:
-
aholi birdaniga, ya'ni qayta ishlanmasdan iste'mol qiladigan sifatli qishloq
xo'jaligi mahsulotlarini barcha talablami qondiradigan darajada ishlab chiqarish;
-
qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo'jaligi mahsulotlari, ya'ni
xomashyoga talabini qondirishi lozim.
O`zbekiston
qishloq
xo`jaligida
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlardan asosiy maqsad sohada mulkdorlar sinfini shalllantirish orqali raqobat
muhitini yuzaga keltirishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugungi
kunga kelib qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 99 % i nodavlat sektori hisobiga
to`g`ri kelmoqda.
Qishloq xo'jaligi dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida shu jumladan
Mustaqil
Davlatlar
Hamdo'stligiga
a'zo
bo'lgan
mamlakatlarda
milliy
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lganligi, qishloq xo'jalik ishlab
chiqarishning o'ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi, qishloq xo'jaligini davlat
tomonidan tartibga solish zaruriyatining mavjud ekanligi, qishloq xo'jalik ishlab
12
chiqaruvchilarini moliyalashtirish masalasini ilmiy izlanish obyekti sifatida qator
olimlar tomonidan tadqiq qilinishiga sabab bo'ldi.
Ayni vaqtda qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini kreditlash amaliyoti
mamlakatlar kesimida bir-biridan tubdan farqlanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi
mamlaktlarida qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari Yevropa Ittifoqi byudjeti va
maxsus tashkil etilgan fondlar mablag‟lari hisobidan faol tarzda subsidiyalanadi.
Bizga ma'lumki har qanday davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq
xo'jaligi asosiy o'rin tutadi. Qishloq xo'jaligida mamlakat, insonlar hayot manbai
hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoat uchun kerakli va zarur xom-
ashyolar ishlab chiqariladi.
O'z navbatida ushbu tarmoqda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarda band
bo'lmagan mehnat resurslarini bandlik bilan ta'minlash hamda ishlab chiqarish
tarmoqlarini harakatlantirish imkoniyatiga ega bo'lgan tarmoqdir. Iqtisodiyotning
ushbu tarmogini rivojlantirish boshqa sohalarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Birgina
paxta tolasini yetishtirish bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turishimiz hamda uni
eksport qilish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turishimiz bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Paxta tolalarini eksport qilishimiz jaxon bozorida o'z o'rnimizni egallashda hamda
mamlakatga xorijiy valyuta kirib kelishida muhim omil hisoblanadi. O'z navbatida
qishloq xo'jaligini rivojlantirishda yangi-yangi iste'mol tovarlarini qayta ishlovchi
korxonalarini tashkil qilishda moliyaviy manbaalar zarur hisoblanadi.
Bunday paytda bank kreditlari hamda investitsiyalari asosiy o'rinni
egallaydi. Banklar iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanadi. Bank kreditlari
yordamida qishloq xo'jaligini rivojlantirish,unda aholi uchun yangi ish o'rinlarini
yaratish yangi iste'mol tovarlarini yetishtirishimiz mumkin
3
.Shu sababdan
respublikadagi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta‟minlash,rivojlangan
mamlakatlarning bank tizimidagi eng samarali mexanizmlarni qo‟llash.,oliy o‟quv
yurtlarida tayyorlanayotgan sohaning kadrlariga alohida e‟tibor qaratish zarur deb
hisoblaymiz.
3
www.uzreport.uz “2016-yilda O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
asosiy ko„rsatkichlari”.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |