48
eng yirigidir.Keyingi o‟rinda esa saomatlik va boshqa ijtimoiy xizmatlar sohasiga
16 foiz yoki 6,72 mlrd AQSh dollari,transport sohasiga 12 foiz yoki 5,04 mlrd.
AQSh dollari ,Suv va sog‟lomlashtirish hamda energetika va konchilik sohalariga
11 foiz yoki 4,62 mlrd. AQSh dollari ajratilganligi bilanajralib turadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo'lib,
yirik
mintaqaviy rivojlanish banklaridan biri hisoblanadi
.
OTBning maqsadi Osiyo
qit'asidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy
taraqqiyotda yordam berish,
hududiy hamkorlikni rag'batlantirish, a'zo mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish
va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat. OTB transport va
kommunikatsiya, energetik loyihalar, qishloq xo'jaligi
va tabiiy resurslar, moliya,
ijtimoiy infratuzilma sohalarini moliyalashtiradi. OTB tarkibida Osiyo rivojlanish
fondi va Maxsus texnik yordam fondi mavjud. OTB rivojlanayotgan
mamlakatlarga:
-
oddiy fond hisobidan tijorat shartlari asosida 25 yil muddatga;
-
Osiyo rivojlanish fondi hisobidan imtiyozli 1-3% stavkalar bo'yicha kam
rivojlangan mamlakatlarga 40 yilgacha bo'lgan muddatga kreditlar ajratadi.
O'zbekiston OTBga 1995yilda a'zo bo'lgan
hamda bankning mintaqaviy
a'zolari ro'yxatida 15-o'rinni, yirik aktsiyadorlar ro'yxatida esa 22-o'rinni egallaydi.
O'zbekiston bankning 23 834 ta aktsiyasiga (0,67%) va 37 066 ta ovozga (0,84%)
ega. O'zbekiston Osiyo taraqqiyot bankining yirik mijozlaridan biri hisoblanib,
qarz olish miqdori bo'yicha 14-o'rinda turadi. Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan
O'zbekistonga hozirgi kunga qadar 40 dan ortiq loyihalarni
moliyalashtirish
maqsadida kreditlar va moliyaviy yordam yo'naltirilgan. Berilgan moliyaviy
yordamlarning sezilarli qismi ijtimoiy sohalarni isloh etishni moliyalashtirishga
yo'naltirilgan. OTB kredit liniyasi bo'yicha ajratiladigan
kreditlar qaytmaslik
xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez sotiladigan, ya'ni likvid ta'minot
turlaridan birini taqdim etishi lozim. Kredit ta'minoti quyidagilar bo'lishi mumkin:
-
mol-mulk yoki qimmatli qog'ozlar garovi;
-
bank yoki sug'urta tashkilotining kafolati;
-
uchinchi shaxslarning kafilligi;
49
-
qarz oluvchining kreditni qaytmaslik xatarini sug'urtalashi to'g'risida
sug'urta kompaniyasining polisi.
Ilovadagi jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, XSRIK kredit liniyasi hisobidan
kreditlar mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan qulay shartlar asosida,
shuningdek, qarz oluvchining loyihani moliyalshtirishda
majburiy ishtiroki bilan
ajratiladi. Boshqa kredit liniyalaridan asosiy farq shundaki, YETTB kredit liniyasi
hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarda qarz oluvchilar nisbatan yuqori
ulushda o'z mablag'i hisobidan ishtirok etishlari talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: