O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


  Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish - fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

3.  Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish - fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va 
mamlakatni modernizatsiya qilish omili 
Mamlakatimiz 
konstitutsiyasi 
negizida 
o‘zining  ifodasini  topgan  qoidalarga  hamda 
jamiyatimizning  isloh  etishning  “o‘zbek  modeli”  asoslariga  tayanilgan  holda  yurtimizda  zamonaviy 
demokratiya  mezonlari  va  tamoyillariga  hamohang  ravishda  fuqarolik  jamiyati  bosqichma-bochqich 
ravishda shakllantirib kelinmoqda. 
YUrtimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  samarali natijalari  tufayli  XXI  asrning  dastlabki 
o‘n yilligiga kelib, jamiyatimiz o‘z taraqqiyotining tom ma’nodagi yangi sifat bosqichiga qadam qo‘ydi. 
Siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy  sohalarda  erishilgan  ulkan  ijobiy  natijalar  mamlakatimizni 
taraqqiy  ettirishning,  modernizatsiya  jarayonlarini  kuchaytirishning  yangi  strategik  asoslarini  yaratilishi 
uchun zamin bo‘lib xizmat qildi.  
Davlatimiz  rahbari  I.A.Karimovning  2010  yilning  12  noyabrida  bo‘lib  o‘tgan  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisidagi  ma’ruzasida 
jamiyatimizni  yangilash  va  modernizatsiya  qilishning  yangi  strategik  yo‘nalishlarini  belgilab  bergan 
Konsepsiya asoslab berildi.  
Birinchi  Prezidentimizning  mamlakatimiz  taraqqiyotining  endilikdagi  keng  istiqbollarini  ochib 
berish  uchun  dasturul  amal  bo‘lib  xizmat  qiluvchi  Konsepsiyasi,  jamiyatimizda  amalga  oshirilayotgan 
                                                           
150
Ўзбекистон  Республикасининг  “Сиёсий  партиялар  тўғрисида”ги  Қонуни.  //  Ўзбекистон  Республикаси  Олий 
Мажлисининг Ахборотномаси, № 2 (1250). 1997. –Б. 12. 


140 
 
siyosiy  yangilanishlar  va  modernizatsiya  jarayonlarining  yangi,  yanada  yuqoriroq  bo‘lgan  bosqichi 
boshlanganligining amaldagi ifodasi bo‘ldi.  
YUrtboshimiz  ta’kidlaganidek:  “Biz  hammamiz  shuni  aniq  anglab  olishimiz  zarurki,  saylovlarda 
yutib  chiqqan  siyosiy  partiya  taqdim  etgan  Bosh  vazir  nomzodining  Parlament  tomonidan  ko‘rib 
chiqilishi  va  tasdiqlanishi  haqidagi  konstitutsiyaviy  tartibning  belgilanishi,  hukumatga  nisbatan 
ishonchsizlik votumi institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga 
oshirili lozim bo‘ladigan boshqa qator chora-tadbirlar o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh 
etish va demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi ”
151

I.A.Karimov  konsepsiyasida  mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish 
hamda  fuqarolik  jamiyatini  kuchli  darajada  rivojlantirish  asnosida  demokratik  yangilash  va 
modernizatsiya jarayonlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishlar asoslab berildi. 
Bular,  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish,  Sud-huquq  tizimini  isloh  etish,  Axborot 
sohasini  isloh  qilish,  axborot  va  so‘z  erkinligini  ta’minlash,  O‘zbekistonda  saylov  huquqi  erkinligini 
ta’minlash  va  saylov  qonunchiligini  rivojlantirish,  Fuqarolik  jamiyati  institutlarini  shakllantirish  va 
rivojlantirish, Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish 
kabi muhim va hal etuvchi ustuvor yo‘nalishlardir.  
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiya asosida avvalambor davlat hokimiyati 
va  boshqaruvini  demokratlashtirish  borasida  erishilgan  ulkan  natijalar  zaminida  mamlakatimizda 
demokratlashtirish  jaryonlarini  kuchaytirish  uning  institutsional  asoslarini  zamonaviylashtirish,  hamda 
fuqarolik jamiyati zaminlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy-huquqiy bazani yanada 
rivojlantirish va zamonaviylashtirish masalalariga etakchi e’tibor qaratildi. SHuningdek, mamlakatimizda 
barpo  qilinayotgan  demokratiya  va  fuqarolik  jamiyatining  nazariy  va  g‘oyaviy  asoslari  ham  har 
tomonlama boyitila boshlandi. Bu o‘rinda avvalambor mamlakatimiz Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizga 
kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilish borasida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini alohida e’tirof qilib o‘tish joizdir.  
Davlatimiz 
rahbari 
tomonidan 
ilgari 
surilgan 
Konsepsiyaning 
g‘oyalariga  binoan 
Konstitutsiyamizning  mamlakatimiz  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish  va  uni  boshqarish  bilan  bog‘liq 
yuridik  xususiyatlari  hamda  tamoyillari  eng  zamonaviy  demokratik  taraqqiyot  manfaatlaridan  kelib 
chiqqan  holda  yanada  takomillashtirildi.  Vakillik  demokratiyasining  etakchi  ustuni  bo‘lgan  qonun 
chiqaruvchi hokimiyatining faoliyati timsolida, xalqning davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi 
haqidagi  konstitutsiyaviy  demokratik  qoidani  yanada  yuqori  darajada  amal  qilishi  uchun, 
Konstitutsiyamiz 
bag‘rida 
yangi 
huquqiy-siyosiy 
asoslar 
belgilab 
qo‘yildi. 
Xususan, 
Konstitutsiyamizning XVIII, XIX, XX boblariga va jumladan 32, 78, 93, 96, 98, 103 va 117 moddalariga 
qo‘shimchalarning  kiritilishi  mamlakatimiz  Asosiy  Qonunining  huquqiy  normalarini  vorisiylik  asosida 
yangi demokratik qoidalari bilan to‘ldirilishini ta’minladi.  
Konsepsiya asosida shu paytga qadar 27 ta qonun hamda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul 
qilindi.  Jumladan,  “Rieltorlik  faoliyati  to‘g‘risida”gi  (2010  yil  22  dekabr),  “Oilaviy  tadbirkorlik 
to‘g‘risida”gi (2012 yil 26 aprel), “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida”gi  (2012  yil  24  sentyabr),  “Kredit  byurolari  faoliyati  va  kredit  axboroti  almashuvi 
to‘g‘risida”gi  (2012  yil  4  oktyabr),  “Tadbirkorlik  faoliyati  sohasidagi  ruxsat  berish  tartib-qoidalari 
to‘g‘risida”gi (2012 yil 20 dekabr), “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi (2012 yil 25 dekabr), “Garov 
reestri to‘g‘risida”gi (2013 yil 23 oktyabr), “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi (2013 yil 27 dekabr), “Davlat 
hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligi  to‘g‘risida”gi  (2014  yil  5  may),  “Ijtimoiy 
sheriklik  to‘g‘risida”gi  (2014  yil  28  avgust),  “Investitsiya  va  pay  fondlari  to‘g‘risida”gi  (2015  yil  25 
avgust) yangi qonunlar qabul qilindi.  
SHu bilan bir qatorda, Konsepsiya zaminida bir qator qonun hujjatlariga demokratik mohiyatga ega 
bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, 2012 yil 18 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat-protsessual kodeksining, 2012 yil 19 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g‘risida”gi,  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida”gi 
qonunlarning  qator  bob  va  moddalariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritildi.  SHuningdek, 
jamiyatimizdagi  o‘zgarishlarga  hamohang  tarzda  “O‘zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2011 yil 26 aprel), “Tadbirkorlik 
                                                           
151
Каримов  И.А.  Мамлакатимизда  демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. -Б. 15. 


141 
 
faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  o‘zgartish  va 
qo‘shimchalar  kiritish  haqida”gi  (2012  yil  2  may),  “Normativ-huquqiy  hujjatlar  to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2012 yil 24 dekabr), 
“Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2013 yil 22 aprel), “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va 
uning  maslahatchilari  saylovi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  o‘zgartish  va 
qo‘shimchalar  kiritish  haqida”gi  (2013  yil  22  aprel),  “Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish haqida”gi (2014 yil 6 may) qonunlar qabul qilindi. 
Konsepsiya  zaminida  mamlakatimiz  Konstitutsiyasi  va  uning  huquqiy  normalarida  mamlakatimiz 
demokratik  taraqqiyoti  uchun  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  yangi 
qoidalar  o‘z  aksini  topdi.  Jamiyatimizni  modernizatsiya  qilishning  zamonaviy  demokratik-huquqiy 
poydevori  izchil  mustahkamlandi.  Jumladan,  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  Konstitutsiyamizning  98-moddasi 
yuridik moddalarga jamiyatimizda davlat boshqaruvini tashkil qilinishi va amalga oshirilishining hozirgi 
zamon uchun eng samarali bo‘lgan yangi qoidalar kiritildi. Bular, “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya 
yoki  teng  miqdordadagi  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rinlarini  qo‘lga  kiritgan  bir  necha  siyosiy  partiya 
tomonidan taklif etilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri va O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  o‘rtasida  ziddiyatlar doimiy  tus  olgan  holda  Qonunchilik  palatasi 
deputatlari  umumiy  sonining  kamida  uchdan  bir  qismi  tomonidan  qo‘llab-quvvatlangan  taqdirda  Bosh 
Vazirga  nisbatan  ishonchsizlik  votumi  bildirish  huquqini  joriy  qilinishi  bilan  bog‘liq  muhim 
qoidalardir”
152
.  
Konstitutsiyamiz  mazmuniga  bunday  qoidaning  kiritilishi  natijasida  jamiyatimiz  siyosiy  tizimi 
amal  qilishining  demokratik  tamoyillari  va  asoslari  yanada  mustahkamlandi  ya’ni,  Qonun  chiqaruvchi 
hokimiyatning  demokratik  vakolatlari  va  imkoniyatlari  yanada  oshirildi.  Bu  bilan  uning  ijro  etuvchi 
hokimiyat bilan demokratik balansini yanada mutanosibroq darajaga ko‘tarilishi uchun zaminlar yaratildi. 
Davlatimiz  rahbari  I.A.Karimov  shu  munosabat  bilan  ta’kidlaganidek:  “Konstitutsiya  va  uning 
asosida  yaratilgan  qonunchilik  bazasi,  shuningdek,  2010  yilda  qabul  qilingan  Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, 2011 
va 2014 yillarda Bosh qomusimizga kiritilgan tuzatishlar jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va 
liberallashtirish,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  tub  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish 
bo‘yicha  puxta  o‘ylangan,  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan,  dunyoda  taraqqiyotning  “o‘zbek  modeli”  deb 
tan  olingan  dastur  asosini  tashkil  etdi.  Ayni  shu  model  zamonaviy,  jadal  va  barqaror  rivojlanib 
borayotgan  davlatning  shakllanishida  mustahkam  poydevor  bo‘lib  xizmat  qildi,  desak,  hech  qanday 
mubolag‘a bo‘lmaydi”
153
.  
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  yangilanishlar  va  modernizatsiya  jarayonlarining  hozirgi 
bosqichida  fuqarolik  jamiyatining  mustahkam  zaminlarini  barpo  qilishga  qaratilgan  islohotlar  keng 
ko‘lamli ravishda rivojlantirib borilar ekan, bu o‘rinda jamiyat miqyosida demokratiyaning institutsional 
va sotsial zaminlarini eng yangi  konseptual yondashuvlar asosida rivojlantirish vazifalariga hal qiluvchi 
ahamiyat qaratib kelinmoqda.  
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirib  borilishi  o‘z  navbatida  inson,  uning  uning  huquqlari  va 
erkinliklarini  kengaytirib  borishga,  ya’ni  demokratik  yangilanish,  liberallashuv  jarayonlarining  ijtimoiy 
o‘zagini mustahkamlashga yo‘g‘rilgan tub islohotlarni real ravishda amalga oshishida asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Mana shunday holatda ya’ni bir tomondan demokratiya institutlari samaradorligi va imkoniyatlarini 
kengaytirib,  zamonaviylashtirib  borilishi  ikkinchi  tomondan  esa  demokratik  jarayonlarning  sotsial 
zaminlarini  mustahkamlab  borilishini  AQSHlik  olim  R.Dal  “Demokratiyaning  realistik  varianti”
154
  deb 
atagan edi. 
Bu  o‘rinda  asosiy  gap  demokratiyaning  jamiyat  miqyosida  to‘liq  qaror  topganligini  bildiruvchi 
asoslar:  demokratiya  institutsionallashuvi  va  demokratiyaning  sotsial  darajada  amal  qila  boshlashligi 
                                                           
152
 Ўзбекистон Руспубликасининг Конституцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2014. –Б. 52-53. 
153
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация 
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. // Халқ сўзи, 2015. 6-декабрь, № 236 (6419) 
154
 Қаранг: Полис, № 2 2004, -Б 79. 


142 
 
masalasi  ustida  bormoqda.  Demokratiyaga  nisbatan  qo‘yilayotgan  bunday  mezonlar  davr  talablarining 
mahsulidir. 
Zeroki, 
zamonaviy 
tendensiyalar 
demokratiya 
o‘lchamlarini  yangi  darajalarda 
kengaytirilishini  talab  etmoqda.  Bunday  holat  ayniqsa  demokratiyaning  barcha  etakchi  institutlari, 
ustunlarini zamonaviylashtirilishini ob’ektiv ravishda taqozo qiladi. 
SHu jihatdan kelib chiqilganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning 
hozirgi  bosqichida  etakchi  e’tibor,  demokratiya  institutlarini,  zamonaviy  demokratiya  normalari, 
qoidalarini  jamiyatimizning  barcha  jabhalarida  chuqur  qaror  toptirish,  uning  sotsial  darajada 
konsolidatsiyalashuviga  erishish  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  kelib  chiqib  modernizatsiya  qilishga 
qaratilayotganini izchil zamonaviy demokratik siyosatining namunasi, deb hisoblash mumkin. 
Jamiyatimizda  ushbu  jarayonlarni  bevosita  amalga  oshirishi  natijasida  bunungi  kunga  kelib, 
demokratik  yangilanishlar  borasida  mislsiz  katta  natijalarga  erishildi.  Ayni  paytda  ana  shu  natijalar 
asosida  demokratik  qadriyatlarning  institutsional  zaminlarini  rivojlantirish  uchun  siyosiy,  ijtimoiy, 
huquqiy  va  ma’naviy  imkoniyatlar  bazasi  shakllantirildi.  Zamonaviy  demokratiyaning  mazmun  va 
mohiyati  talablariga  javob  bera  oladigan  siyosiy  hamda  sotsial  munosabatlar  tamoyillari  hayotimizda 
tobora chuqurroq o‘rin olib bormoqda.  
Mamlakatimizni yangilash va zamonaviylashtirish jarayonlarining hozirgi bosqichida demokratiya 
institutlarini  takomillashtirish  vazifalariga  e’tibor  berilar  ekan,  bunda  demokratiyaning  asosiy  va  hal 
qiluvchi  ustuni  bo‘lgan,  demokratiyaning  mohiyatini  belgilab  beradigan  xalq  hokimiyatchiligini  amalga 
oshirish  prinsiplarini  yanada  kengroq  ro‘yobga  chiqarish  masalalariga  birinchi  darajali  ahamiyat 
qaratilmoqda.  
Vatanimizda  siyosiy  modernizatsiya  jarayonlarining  hozirgi  bosqichida  Davlatimiz  rahbari 
tomonidan  asoslab  berilgan  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi”ning  nazariy  asoslariga  tayangan  holda  demokratiya  va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va qaror toptirishning zamonaviy tamoyillarini keng ko‘lamli ravishda 
joriy qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.  
SHu  munosabat  bilan  demokratlashuv  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  hodisasi  uzluksiz  va 
bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liq  ekanligi  to‘g‘risidagi  g‘oyaviy  asosga  tayanilgan  holda  islohotlarni 
rivojlantirib borish, jamiyatimizni yangilash va zamonaviylashtirish strategiyasida ustuvorlik qilmoqda. 
Birinchi  Prezidentimiz  xulosa  qilganidek:  “Biz  shuni  yaxshi  anglashimiz  kerakki,  demokratiya 
hech  qachon  bir  xil  shakl  yoki  mazmunda  bo‘lmaydi.  Demokratiya  degani  –  bu  hamisha  o‘zgarib 
turadigan hayot tarzi, jamiyat tizimining rivoji bilan uzviy bog‘liq. 
Demokratiya  –  inson,  jamiyat,  davlat  degan  uch  sub’ekt  o‘zaro  bir-birini  to‘ldiradigan,  bir-birini 
boyitib,  kerak  bo‘lsa,  nazorat  qilib  turadigan  tizim  demakdir.  Bu  har  qaysi  insonning  jamiyat  bilan, 
jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi”
155

Davlatimiz  rahbarining  mazkur  g‘oyalari  asosida  demokratiya  va  fuqarolik  jamiyati  o‘rtasidagi 
o‘zaro  mohiyatan  bog‘liqlik  holati  asoslanib,  jamiyatimizda  demokratlashuv  jarayonlari  xususiyatlarini 
zamonaviylashtirish  orqali  fuqarolik  jamiyati  tuzilmalarining  kengayib,  rivojlanib  borishi  uchun  zarur 
bo‘lgan  demokratik  mexanizmlarni  yanada  yuqoriroq  pog‘onada  shakllantirish  masalalariga  ustuvor 
vazifalar  sifatida  qaralmoqda.  Ayni  paytning  o‘zida  demokratiya  g‘oyasining  muhim  jihatlaridan  biri 
bo‘lgan huquqiy davlatni jamiyatimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-huquqiy zaminlarini ta’minlovchi 
muhim omil sifatidagi rolini va ahamiyatini yanada oshirish choralari ko‘rilmoqda. 
Ushbu  holatdan  kelib  chiqib,  demokratik  islohotlarni  kuchli  rivojlantirish  asosida  huquqiy 
davlatchilik  tamoyillarini  va  institutsional  asoslarini  izchil  mustahkamlash  va  fuqarolik jamiyatini  qaror 
toptirishga 
yo‘naltirilgan  taraqqiyot  strategiyasining  konseptual,  normativ  asoslari  ham 
zamonaviylashtirilmoqda. 
Davlatimiz  rahbari  ta’kidlaganidek:  “Hech  kimga  sir  emas,  faqatgina  huquqiy  davlat  sharoitida 
demokratik  tartibga  erishiladi  va  shunday  tartib  saqlanadi,  demokratik  institutlar  va  qadriyatlar  hayotga 
tatbiq  etiladi,  inson  huquq  va  erkinliklari,  eng  asosiysi,  ularning  huquqiy  va  ijtimoiy  himoyasi  amalda 
ta’minlanadi”
156

                                                           
155
Каримов  И.А.  Она  юртимиз  бахту  иқболи  ва  буюк  келажаги  йўлида  хизмат  қилиш  –  энг  олий  саодатдир.  –Т.: 
Ўзбекистон, 2015. –Б. 103. 
156
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация 
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. //Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь, №236 (6419) 


143 
 
Mazkur  konseptual  g‘oyalar  asosida  bugungi  kunda  mamlakatimizda  ro‘y  berayotgan  siyosiy 
modernizatsiya jarayonlari o‘z tarkibiga quyidagi muhim jihatlarni qamrab olmoqda: 
Birinchidan,  qonun  ijodkorligi  faoliyatini  yanada  rivojlantirish  orqali,  Konstitutsiyamiz 
normalariga tayangan holda demokratik islohotlarni va fuqarolik jamiyatini qaror toptirish ehtiyojlari va 
aniq  maqsadlaridan  kelib  chiqib,  yangi  qonun  va  qonunchilik  xujjatlarini  qabul  qilib  borish  ishlarini 
yanada rivojlantirish; 
Ikkinchidan,  qonunlarni  hayotga  joriy  qilishning  yanada  samaraliroq  mexanizmlarini  vujudga 
keltirish; 
Uchinichidan, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishning muhim omili va vositasi sifatida 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimini rivojlantirish va shakllantirish. 
Mazkur  g‘oyalarni  bosqichma-bosqich  va  izchillik  bilan  jamiyatimiz  hayotiga  tadbiq  etib 
borilayotganligi  bois  hozirgi  vaqtga  kelib,  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  siyosiy  islohotlar  o‘z 
tarkibiga  mohiyatan  davrimizning  eng  zamonaviy  mezonlariga  mos  keluvchi  yangi  asoslarini  qamrab 
olmoqda. Buning zaminida yurtimiz  mustaqil demokratik taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi va maqsadi 
bo‘lgan  fuqarolik  jamiyatini  chuqur  qaror  toptirish  uchun  huquqiy-ijtimoiy  zaminlar  kuchli  darajada 
mustahkamlandi, Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari rivojlantirildi. 
SHu  munosabat  bilan  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganidek:  “Ijtimoiy  sheriklik 
to‘g‘risida”,  “Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligi  to‘g‘risida”gi,  qonunlar 
va  boshqa  ko‘plab  qonunchilik  xujjatlari  fuqarolik  jamiyatini  yuksaltirishda,  mamlakatimizni  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlantirishning  eng  muhim  vazifalarini  hal  etishda  fuqarolik  institutlari,  ommaviy  axborot 
vositalari rolini kuchaytirish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirnish, fuqarolarning ijtimoiy hamda 
mehnat huquqlarini himoya qilish borasida sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab berdi”
157
.  
Mamlakatimizda  amalga  oshirib  kelinayotgan  yangilanishlar  va  modernizatsiya  jarayonlarining 
muhim 
tarkibiy 
qismi 
bevosita 
islohotlarning 
iqtisodiy 
asoslarini 
mustahkamlash 
va 
zamonaviylashtirishga  qaratilgandir.  Zero,  bozor  munosabatlariga  asoslangan  demokratik  iqtisodiyot 
fuqarolik  jamiyatini  ijtimoiy  poydevorini  shakllantirishning  hal  qiluvchi  bo‘g‘inidir.  Aynan  rivojlangan 
iqtisodiyot  fuqarolarning  ijtimoiy  manfaatlarini  yuksak  darajada  ta’minlashga  xizmat  qilish  orqali 
fuqarolik  jamiyatining  fundamental  elementi  bo‘lgan  ijtimoiy  barqarorlikni  ta’minlash  uchun  manbaa 
bo‘lib xizmat qiladi. 
YUrtimizda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  hozirgi  zamon  bosqichining  ustuvor 
strategik yo‘nalishlarining tub mohiyatida zamonaviy modernizatsiyani tashkil etish va rivojlantirishning 
barcha muhim xususiyatlari qamrab olingan. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnik va texnologik jihatdan yangilash zaminida yuksak rivojlangan 
mamlakatlar erishgan yuqori sifat darajalaridan mutlaqo qolishmaydigan samarali tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga  oshirish  va  uning  zaminida  mamlakatimiz  aholisining  hayot  darajasini  muttasil  oshirib  borish 
hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirsh uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy farovonlik va erkinlikni ta’minlash 
– mamlakatimizni modernizatsiya qilishning muhim iqtisodiy yo‘nalishi sifatida belgilandi. 
Ma’lumki,  Birinchi  Prezidentimiz  tomonidan  belgilab  berilgan  2015  yilda  va  undan  keyingi 
yillarda  mamlakatimizni  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlantirishning  yangi  strategik  yo‘nalishlari  vazifalaridan 
kelib  chiqib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  yaqin  muddatga  va  uzoq  istiqbolga 
mo‘ljallangan  Harakat  Dasturi  taqdim  etildi.  Unga  ko‘ra  ettita  muhim  strategik-iqtisodiy  vazifalar 
belgilandi. Jumladan, Harakat dasturida ta’kidlanganidek, “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy 
o‘zgartirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilishni  ta’minlash  chora-tadbirlari  dasturini  tayyorlash 
doirasida  jami  qiymati  38  milliard  dollarga  teng  bo‘lgan  870  ta  yirik  investitsiya  loyihasi  ro‘yxati 
shakllantirildi.  Ushbu  loyihalarga  binoan  415  ta  yangi  korxona  barpo  etish  hamda  455  ta  ishlab  turgan 
korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash nazarda tutilmoqda. 
Dasturning  prinsipial  tarzda  ajralib  turadigan  jihati  shundaki,  eksportga  mo‘ljallangan  ichki  va 
tashqi  bozorlarda  raqobatdosh  bo‘lgan  mahsulot  turlarini  aniqlash  va  yuqori  texnologiyaga  asoslangan 
ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilgan”
158

                                                           
157
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни модернизация 
қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. // Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь, №236 (6419) 
158
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг яқин муддатга ва узоқ истиқболга мўлжалланган Ҳаракат дастури 
// Халқ сўзи, 2015 йил 27 январь. 


144 
 
Bu  o‘rinda  alohida  e’tirof  etib  o‘tish  joizki,  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy-
ijtimoiy  yo‘nalishdagi  islohotlar  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  mamlakatimiz  aholisining  barcha  qatlamlari 
manfaatlarini  ko‘zlaydi.  Buning  samarasi  o‘laroq  aholining  moddiy  ahvoli  bo‘yicha  keskin 
tabaqalanishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Ma’lumki,  bunday  holat  fuqarolik  jamiyati  ijtimoiy  asoslarining 
barqarorligini  ta’minlovchi  muhim  manbadir.  Bugungi  kunga  kelib  mamlakatimizda  eng  ko‘p  daromad 
oladigan aholi bilan, eng kam daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq nihoyatda qisqarib 7,8 barobarga 
tushganligi  jamiyatimiz  a’zolarining  farovonlik  darajasi  ortib,  sotsial  himoya  vositalari  rivojlanib 
borayotganidan  dalolat  beradi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  rivojlantirishning 
muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish