2. Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasining ildizi (civil society) qadimgi grek faylasuflari va
boshlab Sitseron yozgan asarlarda kuzatiladi. Lekin, grek faylasuflari fuqarolik jamiyati haqida
fikrlaganida asosan davlatni ko‘zda tutgan edilar. Fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar XVIII
asr oxirida bir vaqtning o‘zida shotland va kontinental Ma’rifatparvarligi tomonidan tug‘ildi.
Tomas Peyn va Georg Gegel kabi nazariyotchilar fuqarolik jamiyatini davlatga yaqin, lekin, shu
bilan birga undan ajralgan soha, qaysiki, bu kabi jamiyatda fuqarolar o‘z xohishlari va
manfaatlariga bog‘liq holda birlashadilar, deb talqin etdilar. Bu yangi talqinlarda iqtisodiy
voqeliklarni o‘zgarishlari ifodalangan edi: xususiy mulk, bozor raqobati va burjuaziyaning paydo
bo‘lishi. U tobora o‘sib borayotgan erkinlik sari da’vat etish chaqiriqlaridan paydo bo‘lgan edi.
XIX asrning o‘rtasida jamiyatshunoslar va faylasuflar sanoat inqilobining ijtimoiy va
siyosiy oqibatlariga o‘z e’tiborlarini qaratganlarida esa fuqarolik jamiyati tushunchasi
iste’moldan tushib qoldi. Faqat ikkinchi jahon urushida keyingi davrda Antonio Gramshi
fuqarolik jamiyatiga tiraniya bilan kurashishning muhim sohasi va mustaqil siyosiy faoliyatning
o‘ziga xos otlanish nuqtasi sifatida qarab, uniqaytadan tikladi va bu jamiyat yana rusumga kirdi.
Gramshi o‘ng oqim diktaturani tadqiq etganligi uchun uning g‘oyalari SHarqiy Evropa,
shuningdek, Lotin Amerikasidagi dissidentlar va huquq himoyachilariga kuchli ta’sir qildi.
CHex, vengr, polyak faollari doimo fuqarolik jamiyati tushunchasiga murojaat etishar edi.
Ayniqsa, 1989 yilda Berlin devori qulagan paytlarda u jasurlik tushunchasining sinonimi sifatida
ishlatila boshlandi.
XX asrning 90-yillarida fuqarolik jamiyati jozibador formulaning so‘nggi natijasiga
aylandi. Ulkan demokratlashtirishning dunyoviy tamoyillari uning oldida yangi ufqlarni ochdi.
AQSH va G‘arbiy Evropada uning jamiyatni yangilashning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi
o‘rniga nisbatan qiziqishlar kuchaydi, shuningdek, davlat va hukumatta’sirlari kamayib
borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar ichida ham u keng tarqala boshladi.
Tarixiy taraqqiyot tajribasidan ma’lumki, inson jamiyat tomonidan oliy ijtimoiy qadriyat
manbalari sifatida namoyon bo‘lishi eng echimini topish eng qiyin muammolardan biridir.
CHunki, bu kabi sharoitlarda insonni mansabdorlar va ularning apparatini irodasi asosida
faoliyat yuritishdan boshqa chorasi qolmaydi, inson davlat mashinasining bir murvatiga aylana
boshlaydi. SHaxs o‘zining turmushini o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lmasdan, u xalqaro
munosabatlarda “inson huquqlari manbasi” deb ataladigan o‘z insoniy qadr-qimmatini
e’zozlaydigan erkinlik me’yorlaridan bahra ololmaydi.
SHuning uchun ham fuqarolik jamiyatini xalqaro tajribalar va milliy an’analar asosida
shakllantirish inson erkinligi va huquqlarini ta’minlashning asosiy kafolati sifatida shakllantirish
inson taraqqiyoti uchun eng zaruriy omildir. Hozirgi davrda jamiyatga doir zamonaviy
nazariyalarda fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy uchta tarkibiy qismlari quyidagicha
ta’riflanadi:
ijtimoiy ahamiyatga molik funksiyalarni sezilarli qismini amalga oshiradigan jamoat
birlashmalarini rivojlanganligi; “shaffof” hukumat va parlamentning mavjudligi; uning
“shaffof”ligi jamiyat nazorati ostida va fuqarolarning baholashlari bilan bog‘liq ekanligi bilan
ifodalanadi;
37
hukumat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida “de-yure” talablari doirasidagi muloqotlarning
mavjudligi, yoki, boshqacha aytganda, ijroiya hokimiyati tizilmalari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir eta
olishning legitim usullarini shakllanganligi.
SHu bilan birga, jamiyatni qonunlar asosida boshqarilishi ham ob’ektiv zaruriyat
hisoblanadi. Lekin, boshqaruv tizimida ba’zi mansabdorlarning byudjetni ijro etishi va turli
resurslarni taqsimlash va boshqaruv faoliyatida qonunlar bilan belgilanmagan turli ruhsatnomalar
berish, tadbirkorlikni nazorat qilish kabi turli byurokratik vositalar paydo bo‘ladiki, ular doimo
jamiyatni rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelgan. SHuningdek, bu kabi holatlar ob’ektiv zarurat
hisoblanmaydi. Ularning barchasi boshqaruv an’analaridan chiqarib tashlanishi zarur.
Umuman, fuqarolik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun davlat organlari
quyidagilarga amal qilishiga zarurat tug‘iladi:
-qarorlar qabul qilishva ularni ijrosini amalga oshirishda u yoki bu ijtimoiy tizilmalar
bilan kelishib faoliyat ko‘rsatishi shart ekanligi;
-davlat organlari vakolatlarini bir qismini nodavlat tashkilotlarga o‘tkazish.
SHuningdek, davlat apparati funksiyalarini nodavlat tashkilotlarga o‘tkazib borish bilan
boshqaruv tizimi ham demokratiyalashib boradi. Masalan, Buyuk Britaniyada davlat organlari
faqat nodavlat tashkilotlari bajara olmaydigan yoki bajarishni istamaydigan funksiyalarni
bajaradi (ya’ni qoldiq prinsipiga amal qiladi).
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: vertikal
ierarxiya asosida boshqarish manbai insonlardan iborat bo‘lganzaruriy qadriyatlarni
shakllaninishini izdan chiqarib turadi. SHuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning
rolini
muvozanatlashtirish
boshqaruvni
modernizatsiyalashning
ustuvor
yo‘nalishi
hisoblanmoqda.
SHuning uchun ham davlat boshqaruviga doir (ma’muriy) islohotlarni amalga
oshirishningkafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda
bog‘liqdir. CHunki, inson taraqqiyotining asosiy komponentlaridan biri, bu – inson taqdirini
hal etish, uning huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga doir boshqaruv jarayonida uning o‘zi
bosh manfaatdor sifatida ishtirok etishi taqozo etiladi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |