O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Uchinchi  bosqich  (2000-2009  yy.)  –faol  demokratik  yangilanishlar  va  mamlakatni 
modernizatsiya qilish davri bo‘lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, 
qonunchilik,  sud-huquq  tizimi  va  ijtimoiy-gumanitar  sohalarni  izchil  isloh  qilishda  muhim  rol 
o‘ynagan  davr  bo‘ldi.Bu  davr  bevosita  ikki  palatali  Oliy  Majlis  tizimiga  o‘tish  bilan  bog‘liq 
saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil 
etadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  2000  yil  25  mayda  bo‘lib 
o‘tgan  Ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisining  ikkinchi  sessiyasidagi  “O‘zgarish  va  yangilanish  – 
hayot  talabi”  ma’ruzalarida:  “...  hayot  o‘zgarishi  bilan,  odamlarimizning  avvalgi  siyosiy  va 
ma’naviy  ongi  ulg‘ayishi  bilan,  bizning  parlamentimizning  tashkil  etilishida  ham,  uning 
faoliyatida  ham  o‘zgarishlar  bo‘lishi  tabiiy.  SHu  holatlarni  nazarda  tutib,  men  doimiy  asosda 
ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman”
120
 deb, ilgari surgan 
mazkur g‘oyalari bu davrda qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bo‘g‘in 
bo‘ldi
121
.  Bunda  asosiy  e’tibor  quyi  palata  –  qonunchilik  palatasini  shakllantirishning  bosh 
prinsipi  asosan  partiyaviy  vakillik  prinsipi bo‘ldi. Bu  siyosiy  partiya  vakillarining o‘z  ijtimoiy-
siyosiy  qarashlarini  va  saylovlar  manfaatlarini  ifodalash  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratdi. 
Parlamentning yuqori palatasi – Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari 
hamda  u  pog‘onali  saylovlar  asosida  shakllanishi  konstitutsiyaviy  qonunda  mustahkamlab 
qo‘yildi
122

Davlat  boshqaruvini  demokratlashtirish  va  yangilash  hamda  erkinlashtirish  sharoitida 
Prezident  vakolati  muddatini o‘zgartirilishi  va uning  ayrim  vakolatlarini  Senat  va  Bosh  vazirga 
o‘tkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi o‘z-o‘zidan saylov to‘g‘risidagi qonunlarning 
o‘zgarishiga  olib  keldi.  SHu  bois  2003  yilning  29  avgustida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisiga  saylovlar
123
  hamda  xalq  deputatlari viloyat,  tuman  va shahar  Kengashlariga  saylovlar 
to‘g‘risidagi  qonunlar  yangi  tahrirda  qabul  qilindi.  SHunday  qilib,  ikki  palatali  parlamentga 
saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining xalqaro 
standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, shuningdek mamlakatda parlamentarizm 
taraqqiyotining  milliy  xususiyatlari  e’tiborga  olindi.  Masalan,  2004  yilgi  saylovlarga  qadar 
saylov  qonunchiligiga  joriy  etilgan  eng  muhim  yangiliklar  qatorida  –  mahalliy  Kengashlarning 
deputatlikka  nomzodlar  ko‘rsatish  huquqi  bekor  qilinganligi,  siyosiy  partiyalar  deputatlikka 
nomzodlar  ko‘rsatganida  xotin-qizlar  uchun  kvota  belgilangani,  shuningdek  saylovoldi 
tashviqotini  olib  borishda  partiyalar  faoliyatini  moliyalashtirish  masalasining  hal  etilganligini 
alohida  ta’kidlab  o‘tish  kerak.  2004  yil  30  aprelda  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish 
to‘g‘risida”gi  qonun  esa  partiyalarga  saylovoldi  kurashini  faol  va  saylovchilar  uchun  qiziqarli 
tarzda o‘tkazishlariga qo‘shimcha imkon yaratdi
124

                                                           
120
Каримов И.А. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т. 8. – Тошкент: Ўзбекистон, 2000. – 
Б. 483. 
121
Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  “2002  йил  27  январдаги  Ўзбекистон  Республикаси  референдуми 
якунлари бўйича қонунчилик фаолиятини асосий йўналишлари тўғрисида”ги қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий 
Мажлисининг аxборотномаси. – 2002. – № 4–5. – 61-модда. 
122
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати тўғрисида”ги конституциявий 
қонуни //Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. –2002. – № 12. – 213-модда. 
123
Ўзбекистон  Республикасининг  1993  йил  28  декабрда  қабул  қилинган  “Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисига 
сайлов тўғрисида”ги қонуни янги таҳрири // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси, 2003. – № 9–
10. – 132-модда. 
124
Ўзбекистон  Республикасининг  “Сиёсий  партияларни  молиялаштириш  тўғрисида”ги  қонуни  //  Ўзбекистон 
Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. – № 5. – 86-модда. 


116 
 
Bundan  tashqari,  2008  yil  19  noyabrda  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan 
“Saylov  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O‘zbekiston 
Respublikasining  ayrim  qonunlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  Qonun 
saylov  jarayonining  huquqiy  asoslarini  yanada  rivojlantirdi.Ushbu  qonunga  muvofiq,  Oliy 
Majlisning  Qonunchilik  palatasidagi  deputatlik  o‘rinlari  sonini  120  tadan  150  taga  oshirildi. 
Bunda  135  ta  o‘rinni  siyosiy  partiyalardan  ko‘ppartiyaviylik  asosida  bir  mandatli  okruglarda 
saylanadigan  deputatlar  egallaydi.  O‘zbekiston  ekologik  harakatidan  esa  Qonunchilik 
palatasining  o‘n  besh  deputati  mazkur  harakatning  oliy  organi  (Konferensiyasi)  tomonidan 
Markaziy  saylov  komissiyasi  belgilaydigan  muddatlarda  saylanadigan  bo‘ldi.  SHuningdek, 
jamiyat  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  yuz  berayotgan  real  jarayonlarda  siyosiy  partiyalarning  roli 
kuchayib  borayotganligi  inobatga  olinib  saylovchilarning  tashabbuskor  guruhlaridan 
deputatlikka  nomzodlar  ko‘rsatish  instituti  bekor  qilindi.  SHuningdek,  deputatlikka 
nomzodlarning  ishonchli  vakillari  soni  5  nafardan  10  nafarga  oshirildi.  Saylovga  tayyorgarlik 
ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni 
ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda. 
Uchinchi  bosqich  (2010dan  h.d.)  –mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  qilish  davridir.  Ushbu  davr  O‘zbekiston 
Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.Karimov  tomonidan  2010 yil  12  noyabrdagi 
«Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish  konsepsiyasi»ning  e’lon  qilinishi  bilan  boshlandi.  Ushbu  Konsepsiyada  ilgari 
surilgan  taklif  va  tavsiyalar  asosida  qonunchilik  tashabbusi  bilan  Oliy  Majlis  Qonunchilik 
palatasiga  taqdim  etilgan  «Saylov  erkinligini  yanada  ta’minlanishi  va  saylov  qonunchiligi 
yanada  rivojlantirilishi  munosabati  bilan  «O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov 
to‘g‘risida»gi  hamda  «Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov 
to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish 
haqidagi  O‘zbekiston  Respublikasining  qonuni  2012  yil  1  noyabrda  O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012 yil 5 dekabrda Senat tomonidan 
ma’qullandi  hamda  2012  yil  19  dekabrda  Prezident  tomonidan  imzolangan  holda  2012  yil  20 
dekabrda matbuotda e’lon qilindi
125

Mazkur  yangi  qonunning  qabul  qilinishini  O‘zbekiston  milliy  saylov  qonunchiligini 
takomillashtirilishining  yangi  bosqichi  sifatida  e’tirof  etish  mumkin.  Kelgusida  ushbu 
Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi 
yanadata’minlanishiga erishiladi. 
YUqorida  qayd  qonunlarda  saylov  tizimi  va  uning  mazmun-mohiyati,  saylov  tizimining 
asosiy tamoyillari, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish, ovoz berish 
natijalarini  aniqlash,  fuqarolarning  saylovlardagi  ishtiroki,  saylov  huquqining  kafolatlari, 
saylovlarni  moliyalashtirish  va  shu  kabi  o‘ta  muhim  masalalarni  huquqiy  tartibga  solish 
mezonlari belgilandi. 
YAngi  qonun  orqali  «O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‘g‘risida»gi  va 
«Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  qonunlariga  4 tadan,  jami  8  ta  yangi  qo‘shimcha  prim  moddalar  va  16  ta  turli 
mazmundagi qo‘shimchalar kiritildi. 
                                                           
125
 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2012 й., 51-сон, 574-модда. 


117 
 
Saylov  qonunchiligiga  kiritilgan  yangi  o‘zgartish  va  qo‘shimchalarning  mohiyati 
quyidagilardan iborat. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish