O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Innovatsiyalarni rivojlantirishiga ta‟sir etuvchi omillar



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

2.7. Innovatsiyalarni rivojlantirishiga ta‟sir etuvchi omillar 
Bozor iqtisodoyoti rivojlaniyotgan bir vaqtda tashkilot uchun innovatsiyalar 
yaratish va ularni rivojlantirish katta ahamiyatga egadir. Lekin innovatsiyalar bir 
yo‘nalishda rivojlanishmaydi, ularga turli xil tashqi va ichki omillar o‘z ta‘sirini 
o‘tkazadi. Ko‘pgina olimlar, jumladan I. Adams va S.Axmed tashkilotdagi 
innovatsiyalar rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir etishini o‘rganishgan. Bu 
omillar quyidagilar:
 
- tashkilot o‘sishiga ta‘sir. Har bir tashkilot o‘zining uzoq va qisqa muddatga 
mo‘ljallangan rejalar tuzadi. Biznesda aytishlaricha qisqa muddatli reja tuzgan va 


59 
qisqa muddatli daromad olish niyatida bo‘gan tashkilot uzoq muddatli 
investitsilarga qiziqmaydi, masalan innovatsiyalarga qilingan investitsiyalar. 
Innovatsiyalarga investitsiyalar 1yildan ko‘p vaqt oladi va katta miqdordagi 
mablag‘ni talab qiladi. Shuning uchun ham uzoq muddatli reja tuzuvchi 
tashkilotlar innovatsion mahsulot ishlab chiqarishga qiziqishadi. 
-innovatsiyalar sohasidagi tajriba. Agar tashkilot oldin ham yangiliklar bilan 
shug‘ullangan bo‘lsa, ishchilar innovatsiya sohasida tajribaga ega hisoblanadi. 
Tajriba deb innovatsion menejment sohasida yeg‘ilgan tajriba va mahoratlar, 
izlanish tajribasi, biznes – reja tuzish tajribasi tushuniladi. 
-tashqi tahlikalarga ahamiyat bermoq.Biz globalizatsiya vaqtida yashayapmiz, 
ya‘ni davlatlar o‘rtasidagi chegaralar yuvilib ketmoqda, chet el tashkilotlari bilan 
aloqalar o‘rnatilmoqda, dunyo bozoriga chiqish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. 
Shunga qaramay biznes turli xil tashqi tahlikalarga duch kelmoqda masalan, 
siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, texnologik va huquqiy. Nafaqat yangi 
mahsulot bilan shug‘ullaanib balki tashqi tahlikalarni inobatga oluvchi tashkilot 
xatarlarni kamaytira oladi. 
-texnologiyalar saviyasi yangi mahsulot ishlab chiqarishdagi hissasi. 
Anchadan beri texnologiyalar va ularning saviyasi innovatsiyalar sohasida asosiy 
omil hisoblanadi. Masalan, agar tashkilot yangi innovatsion fikrga, ishchilarga ega 
bo‘lsa ammo texnologiyalar saviyasi pas bo‘lsa, bunday tashkilot o‘z fikrini hatto 
ishlab chiqarishga olib chiqolmaydi. Bundan hulosa kelib chiqadiki internet va 
texnologiyalar davrida tashkilot ko‘proq yangi va zamonaviy jihozlar sotib olishi 
lozim.
-turli xil bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlik. Innovatsion mahsulot ishlab 
chiqarishni ko‘pincha izlanish va ishlab chiqarish bo‘limlari bilan bog‘lashadi, 
lekin tashkilot yangi mahsulot ishlab chiqariyotgan guruhni turli xil tarzda tuzishi 
mumkin. Masalan ba‘zi tashkilotlar har xil bo‘lim ishchilaridan iborat, ya‘ni 
marketolog, moliyachi va boshqa bo‘lim ishchilaridan, guruhlar tuzadi. Ikkinchi 
usul bu yangi mahsulotni yaratishni bitta hodimga topshirish, u hodim esa o‘zi 
birga ishlash uchun guruh yeg‘adi. Asosiysi qanday usuldan foydalanib bo‘lsa ham 


60 
har bir hodimni imkoniyatlarini inobatga olib tuzulgan guruhlar muvaffaqiyatli 
hisoblanishadi.
- qabul qilish.Texnologiya albatta asosiy omil, lekin tashkilotda yangi 
mahsulotlarini tekshiradigan menedjer bo‘lishi lozim. Bunday menedjer 
tashkilotni turli xil yangiliklar bilan ta‘minlab boradi, bu esa 
raqobatbardoshlik oshishiga yordam beradi.
- yangiliklar yaratish uchun imkoniyatlar 
Innovatsiya yaratish uchun yangi va noyob fikr kerak, bunday fikrlarni 
yaratish bilan esa menedjer shug‘ullanadi. Bunday menedjer va uning bo‘limi 
―Qanday qilib insonlar ehtiyojlarini qondirish? Qanday qilib mijozlarni hayron 
qoldirish mumkin?‖ degan savolga javob izlashadi. Bu savolga javob sifatida yangi 
mahsulot ishlab chiqarish va undan tushadigan katta daromad bo‘lishi mumkin.
- innovatsiyalar strategiyasi.Innovatsiya yaratish uzoq vaqtni oladi, ya‘ni bir 
yildan bir necha yilgacha. Menejment sohasida uzoq vaqtga tuzilgan reja strategic 
deb ataladi, bunday maqsadlar bilan yuqori malakali menedjerlar shug‘ullanishadi. 
Strategic rejalashtirishga ahamiyat beruvchi tashkilotlar xatardan xoli bo‘ishadi va 
daromadini oashira olishadi.
39
Innovatsiyalar rivojlanishi tashkilotlarga katta mablag‘ olib keladi. Shuning 
uchun ham innovatsiyalar rivojlanoshiga ta‘sir etuvchi omillarni e‘tiborsiz 
qoldirish kerak emas. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish