To‘g‘ri qilingan biznes – tahlil tahlilchilar ishi uchun vaqt va mablag‘ talab
qiladi, tahlilchilar moliyaviy, marketing, muhandislik, strategic rejalashtirish
sohalarida tajriba va bilimga ega bo‘lishi lozim.
Biznes – tahlilning asosiy maqsadi – yangi mahsulotdan keladigan daromadni
baholashdan iboratdir.
Bunday tahlil bozor tahlilini, bozor potensialini baholash, mahsulotga
ishlatiladigan
harajatlarni
hisoblash,
ishlab
chiqarishga
ishlatiladigan
investitsiyalarni hisoblash, mahsulot marketingiga ishlatiladigan harajatlarni
baholash, mahsulot narxini aniqlashni o‘z ichiga qamrab oladi.
5. Mahsulotni ishlab chiqarish
Mahsulotni ishlab chiqarish
– bu olimlar, muhandislar tomonidan yangi
mahsulot ishlab shiqarish jarayoni. Ba‘zi tashkilotlarda ilmiy ishlar olib boruvchi
91
bo‘limlarda yangi mahsulot g‘oyalari paydo bo‘ladi. Bu esa tashkilotdagi g‘oyalar
eskirishiga olib keladi.
Shuning uchun ham texnologiyalarni yaxshilashga harakat qilgan tashkilot
yangi mahsulotlarni boshqarish uchun strategiyalarga ega bo‘lishi lozim.
Bu vaziyatda ilmiy – izlanishlar bo‘limi tashkilotning kuchli yoki kuchsiz
tomoniga aylanadi, chunki ularning omadli bo‘lishi kerakli vaqtda yangi
texnologiyalar ishlab chiqarishiga bog‘liqdir.
Texnologiyalarni yaxshilash niyatida bo‘lgan tashkilotlarda marketing bo‘limi
asosiy vazifani bajaradi, chunki u ilmiy – izlanish bo‘limining ishlari ehtiyojlarni
qondiryaptimi shuni aniqlashi lozim. Agarda ilmiy - izlanish bo‘limiga bozor
ehtiyojlari haqida ma‘lumotlar kelmasa, yangi mahsulot mijozlarga yoqmasligi
riski kattadir.
Mahsulot portfelining tez-tez tekshirib turilishi ishlab chiqarilayotgan
loyihalarni tahlil qilishni va mahsulotga talabni o‘rganib chiqishni o‘z ichiga oladi.
Ijobiy natija loyiha maksimal tezlikda oldinga bormoqdaligini ko‘rsatadi. Shu bilan
birga mijozlar ehtiyojlari haqidagi bozordan kelayotgan ma‘lumotlar, yangi
mahsulot ishlab chiqarishda va uni targ‘ib etishda katta ahamiyatga egadir.
6. Yangi mahsulotni bozorda tahlil qilish yoki test o‘tkazish
Test o‘tkazish – yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayonidan biridir. U yangi
mahsulot g‘oyalarni test qilishdan boshlanadi, so‘ngra laboratoriya natijalari tahlil
qilinadi. Mahsulot sotuvga tayyor bo‘lganidan so‘ng birinchi qism ishlab
chiqariladi.
Bu tajribaning javoblarini mahsulotni narxini, sifatini bilish uchun yaxshilab
o‘rganib chiqish lozim,. So‘ngra mahsulot bozorda testan o‘tadi.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish foydasini aniqlashda yettita marketing
usullari qo‘llanadi:
1.Ikkinchi marotaba tadqiqot o‘tkazish (Desk Research) – buning uchun
tayyor ma‘lumotlardan foydalaniladi, ya‘ni internet manbalaridan, statistika
ma‘lumotlardan.
92
2.Focus - guruhlar – bu o‘xshash jihatlarga ega bo‘lgan aholining turli xil
qatlamlari orasida o‘tkaziladigan guruh intervyusi.
3.Pochta orqali so‘roqlar – har bir mijozga to‘ldirish uchun savollar anketasi
yu
bo
riladi.
4.Telefon orqali so‘roqlar – tez ma‘lumot yeg‘ishning yo‘li. Oldindan tanlab
olingan raqamlarga hodimlar qo‘ng‘iroq qilishadi va anketa bo‘yicha savol – javob
o‘tkazishadi.
5.Intervyu (Face – to - face) – respondent bilan shaxsiy intervyu.
6.Product Placement – yashirin reklama, ya‘ni kinolarda, kliplarda, kompyuter
o‘yinlarida bu mahsulot bilan foydalanishadi;
7.Sinov marketingi – 100 – 400 gacha guruh tomonidan yangi mahsulot
sinovdan o‘tadi, keyin qatnashchilarning fikrlari o‘rganib chiqiladi.
Mahsulotni bozorda o‘tkazilgan test natijalarida quyidagilarni bilib olsa
bo‘ladi:
-
Mijozlarning yangi mahsulotga ta‘siri haqidagi ma‘lumot
-
Mahsulot ishlatiladigan sohalar aniqlanadi
-
Asosiy bozorlar aniqlanadi
-
Sotib olish uchun qanday omillar ta‘sir etishini aniqlash
-
Mahsulotga talab pasayish sabablarini aniqlash
-
Sotishni alternativ usullarini testdan o‘tkazish.
7. Tijorat
Tijorat bosqichida tashkilot o‘z kuchini yangi mahsulot marketingiga
yo‘naltiradi. Yangilik tashkilotning boshqa mahsulotlari orasida o‘z o‘rnini topadi.
Yangi mahsulotning marketing programmasi uzoq va qisqa muddatga
strategik rejalarni tuzishni o‘z ichiga oladi. Asosiy e‘tiborni reklama, kattaloglarga
ajratish lozim.
Yangi mahsulot haridorlarga taqdim qilinadi. Bu taqdimotda yangi
mahsulotning boshqalarga nisbatan afzalliklari namoon qiladi. Agarda mahsulot
haridorlar tomonidan maqullansa uni bozorga olib chiqish ishlari boshlanadi.
93
Yangi mahsulot yaratish tashkilot tomonidan tinimsiz izlanishlarni talab
qiladi. Lekin mijozlarga kerakli bo‘lgan mahsulot taqdim qilinsa tashkilot uchun
katta daramodga aylanishi mumkin.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |