O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

 
 
6.8 - rasm.
”Ratsionalist” strategiyasi bosqichlari
98
 
-
Yirik, funksional jihatdan ixtisoslashtirilgan va geografik dispers 
tashkilotlarda maqsadlar va harakatlarning kelishilganligini ta‘minlash. 
Lekin Djon Key ta‘kidlaganidek, harbiy metafora chalg‗itishi mumkin. 
Korporativ maqsadlar harbiy maqsadlardan farq qiladi va aynan farqlovchi 
konpetensiyalarni yaratish va bu bilan raqobatchilariga qaraganda mijozlarning 
ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish – dushmanni yo‗q qilish uchun yetarlicha 
resurslarni jalb qilmaslik. ―Dushmanlarga (ya‘ni korporativ raqobatchilariga) 
haddan tashqari e‘tibor qaratish – daromadli bozorlar hisobiga monopol 
hokimiyatni yaratish uchun resurslarning katta majburiyatlariga urg‗u berish 
strategiyasiga olib kelishi mumkin. Masalan: 
-
1960-yilda Gulf kompaniyasi energiya ishlab chiqarishni o‗zining farqli 
kompetensiyasi sifatida belgilab oldi va shuning uchun yadro energetika firmasini 
qo‗lga kiritmoqchi bo‗ldi. Lekin ko‗zlangan maqsad muvaffaqiyatsiz bo‗lib chiqdi, 
chunki neft korxonasining kuchli tomonlari neft mahsulotlarini izlash, qazib olish, 
qayta ishlash va taqsimlash ishlaridan, ya‘ni geologiya va texnologiyalarni 
98
Managing innovation 
Integrating Technological, Market and Organizational ChangeThird Edition 
Joe Tidd
Science and Technology Policy Research (SPRU), University of Sussex 
John Bessant S
chool of Management, 
Cranfield University
Keith Pavitt 2014- P.111. 


171 
kimyoviy qayta ishlash, logistika, iste‘molchilar marketingidan iborat edi. 
Bularning esa yadro reaktorlarini qurish va sotish kabi dizayn ishlariga aloqasi 
yo‗q, chunki bunda asosiy ko‗nikmalar elektr mexanik texnologiyalarga qaratilgan 
bo‗lib, sotish bo‗yicha ishlarda nisbatan kam edi. 
-
1960- va 1970-yillarda elektr texnika sanoatidagi ko‗pgina firmalar yadro 
texnologiyasining kelajagiga deyarli og‗riqsiz energiya bilan ta‘minlaydigan 
inqilobiy yangilik sifatida sezilarli darajada umid bog‗ladilar. Lekin yadro 
energetikasi kutilgan umidni oqlamadi, faqat keyingina firmalar ular uchun asosiy 
inqilobiy imkoniyatlar va xatarlar yarimo‗tkazgichda yaxshilash va u bilan bog‗liq 
texnologiyalarda taqdim etilgan ma‘lumotni deyarli og‗riqsiz saqlash va qayta 
ishlashdan kelganligini tan oldilar. 
-
1980-yillarda analitiklar va amaliyotchilar kompyuter ―konvergensiyasi‖ va 
raqamlashtirish asosidagi kommunikatsion texnologiyalar kompyuter firmalarining 
telekommunikatsion qurilmalarga meynfreymlarni kiritishga va aksini qilishga 
bo‗lgan to‗siqlarni kamaytirdilar. Ko‗pchilik firmalar sotib olish yoki birlashish 
hisobiga boshqa bozorlarga har xillashtirishga urinib ko‗rdilar, masalan, IBM 
Rohmni 
sotib 
oldi. 
Ko‗pchilik 
urinishlar 
omadsiz 
bo‗ldi, 
chunki 
telekommunikatsiya va ofis sohasidagi dasturli ta‘minotga bo‗lgan talablar juda 
ham turli-tuman edi. 
-
1990-yillarda AKT (axborot-kommunikatsion texnologiyalar)ning tez 
harakatlanayotgan sohalardagi talablar bunda imkoniyatlar va o‗zaro to‗ldirish 
haqidagi boshlang‗ich kutishlar o‗zini oqlamadi. Masalan, 1990-yillarning 
oxirlarida Internet tarmog‗idagi yirik media-kompaniyalarning sarmoyalari o‗z 
foydasini ko‗rsatishi uchun 10 yildan ortiq vaqt ketdi: mahsulotlarni 
iste‘molchilarga yetkazib berish va ular uchun pul olish muammo bo‗lib qoladi va 
reklama samarasiz bo‗lib qolmoqda. 
-
Internet-pufak 1990-yillarning oxirida boshlaninb, 2000-yillarda yuzaga 
chiqqan. U juda ko‗tarinki va elektron kommersiyalarni qo‗llovchi yangi 
korxonalarda misli ko‗rilmagan darajada baholangan. Xususan, 1998- va 2000-
yillar oralig‗ida AQSh va Buyuk Britaniyaning fond birjalarida yuruvchi elektron 


172 
kommersiyaning ko‗pchilik yangi korxonalari keyinchalik o‗zlarining qariyb 
90%ga yaqin qiymatlarini yo‗qotganlar hamda bankrot bo‗lganlar. Qayg‗uli 
muvaffaqiyatsizliklar ma‘lum: Boo.com Buyuk Britaniyanida Internet orqali sport 
kiyimini sotishga; AQShda Pets.com uy hayvonlari uchun yemak hamda 
aksessuarlar sotishga uringan. 
Inkremenalistik 
strategiya. 
Bunday 
sharoitlarda 
―Inkremenalist‖lar 
ta‘kidlaydilarki, murakkablik va o‗zgarishlarni to‗liq tushunish mumkin emas: 
borini anglash va kelajakni ko‗ra bilish imkoniyatlarimiz, so‗zsiz, cheklangan. 
Buning natijasi o‗laroq, muvaffaqiyat bilan amaliyot yuritayotgan muhandislar, 
shifokorlar, siyosatchilar, shuningdek, biznes-menedjerlar ratsionalistlar yoyadigan 
strategiyalarga amal qilmaydilar. Biroq ochiq tan oladilarki, firmalar o‗z muhitlari, 
o‗zlarining kuchli va kuchsiz tomonlari haqida, shuningdek, bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan stavkalar, kelajakda ro‗y berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarning 
yo‗nalishlari haqida mukammal bo‗lmagan bilimlarga egalar. O‗z-o‗zidan, u 
shaxsiy strategiyasini yangi axborotlar qamrovida adaptatsiya qilishga tayyor 
hamda uni olishga ongli ravishda intilishi zarur. Bunday sharoitlarda eng samarali 
yo‗l quyidagilar: 
1.Belgilangan maqsadlar sari tadbirkor qadamlar (yoki o‗zgarishlar) qo‗yilishi 
kerak.
2.Qadamlar (o‗zgarishlar) ta‘sirini o‗lchash va baholash. 
3.Maqsadlarni (zarurat tug‗ilganda) yo‗lga solish va keyingi qadam 
(o‗zgarishlar) haqida qaror qabul qilish. 
Bu ketma-ketlik turli nomlarga ega. Masalan, inkremenalizm, urinishlar va 
xatolar, tushunmovchiliklar va o‗rganish usuli. U kuchli asos bilimlarga tayanib, 
ongli o‗tkazilsa, ancha salobatga ega bo‗ladi. Masalan,
-
simptom – diagnostika – davolash – diagnoz – davoni sozlash – davolash 
(bemorlar bilan shug‗ullanuvchi shifokorlar uchun). 
-
dizayn – ishlab chiqish – dizaynni sozlash – test qilish – ish (mahsulot va 
innovatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi muhandislar uchun).


173 
Bugungi murakkablikni hamda kelajakdagi o‗zgarishlar bilan bog‗liq 
noaniqliklarni tan olmaydigan korporativ strategiyalar falokatli oqibatlarga duchor 
bo‗lishlari muqarrar; agar to‗liq hajmda bajarilgan bo‗lsa. Biroq bu tahlildan 
hamda innovatsion menedjmentdan voz kechish uchun asos bo‗la olmaydi. 
Aksincha, murakkablik va uzluksiz o‗zgarishlar sharoitida tasdiqlash mumkinki
ratsionalistik strategiyaga qaraganda inkremenalistik strategiyalar ancha ratsional. 
Bu esa barcha strategik rejalashtirish tushunchasidan voz kechishga sabab bo‗la 
olmaydi. Yuqorida qayd etilgan ―ratsionalist‖larning o‗ziga xos maqsadlari 
strategik rejalashtirish uchun to‗liq asos bo‗lib qoladi. 
Boshqaruv uchun natijalar. Mazkur munozara menedjerlar uchun ikki xil 
natika beradi. Birinchisi korporativ strategiyalar amaliyotiga tegishli bo‗lib, unga 
korporativ o‗qishning shakli sifatida qarash kerak bo‗ladi, ya‘ni tahlil, tajriba, 
murakkablik va o‗zgarishlarni qanday qilib samaraliroq yengib o‗tish mumkin.
6.9-rasm. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish