O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


-BOB . INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

 
 1-BOB . INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY 
TUSHUNCHALARI VA ULARNING MAZMUNI 
1.1.Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari. 
1.2.Innovatsion menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari. 
1.3.Innovatsion menejmentning tarixi va rivojlanish tendensiyalari.
1.4.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy - texnikaviy rivojlanishning ahamiyati.
1.5.―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ da innovatsion faoliyatning 
davlat tomonidan boshqarilishi. 
1.1.Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari
―Innovatsiya‖ so‘zi yangi joriy etilgan yoki yangilik so‘zlarining sinonimi 
bo‘lib, ular bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin.
3
Stiv Djobs aytganidek: ―Rahbar 
oddiy ishchidan innovatsion g‘oyasi bilan farq qilib turadi‖.
4
Innovatsiyalarni 
biznesdagi o‘rni haqida SAS tashkiloti boshlig‘i Djeyms Gudnayt shunday deydi: 
―Biznesning oltin baliqchasi - bu innovatsiyalardir‖
5

Adabiyotlarda 
innovatsiyaning mohiyatini ta‘riflashga bir necha xil yondashuvlarni uchratish 
mumkin. Ular orasida ikki nuqtai nazar kengroq tarqalgan. Birinchisida 
yangilikning joriy etilishi ijodiy jarayonning yangi mahsulot (texnika), 
texnologiya, uslub va h.k. ko‘rinishidagi natijasi sifatida, ikkinchisida esa 
amaldagilarning o‘rniga yangi mahsulot, element, yondashuv, tamoyillarni joriy 
etish jarayoni sifatida talqin qilinadi.
Bizga innovatsiyani ijodiy jarayonning yaratilgan yoki joriy etilgan yangi 
iste‘mol qiymatlari ko‘rinishidagi natijasi sifatida ta‘riflagan ma‘qulroq. Ushbu 
yangi qiymatlarning qo‘llanilishi ulardan foydalanuvchi shaxs yoki tashkilotlardan 
faoliyat va ko‘nikmalarning odatiy stereotiplarini o‘zgartirishlarini taqozo etadi. 
Bozorga xos xo‘jalik yuritish sharoitida innovatsiyaning eng muhim belgisi uning 
iste‘mol xususiyatlarining yangiligidan iborat bo‘lishi kerak. Texnik jihatdan 
3
Ingliz tili lug‘atidan Innovation – yangilik, yangi faoliyat turi, Bigg dictionary, 2012
4
Journal BusinessWeek , 25 march 2010
5
Djek Traut, El Rays «Botton – up Marketing», 2012 – p. 137.


11 
yangiligi esa ikkincha darajali rol o‘ynaydi. Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi 
yangi mahsulot yoki xizmatga, ularni ishlab chiqarish usuliga, tashkiliy, moliyaviy, 
ilmiy tadqiqot va boshqa sohalardagi yangiliklar, xarajatlarning tejalishi yoki 
shunday tejash uchun sharoit yaratuvchi har qanday takomillashtirishga 
taalluqlidir. Innovatsiya ishlab chiqarish faoliyati jarayonini, ilm-fan, madaniyat, 
ta‘lim sohasida, jamiyat faoliyatining boshqa jabhalaridagi iqtisodiy, huquqiy va 
ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy - tadqiqot natijalari va 
ishlanmalardan foydalanish natijasida vujudga keladi.
Mazkur atama har xil kontekstlarda turlicha ma‘no kasb etishi mumkin, ular 
o‘lchash va tahlilning aniq maqsadlaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi. 
Innovatsiya - bu innovatsion faoliyatning bozorda sotilayotgan yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki 
takomillashtirilgan texnologik jarayon ko‘rinishida ro‘yobga chiqarilgan pirovard 
natijasidir. 
Shunday qilib innovatsiyaning pirovard natijasi tijoriy muvaffaqiyat 
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarni tizimli tavsiflash 
uslubiyati xalqaro standartlarga asoslangan bo‘lib, ular bo‘yicha tavsiyalar 1992 yil 
Oslo shahrida qabul qilingan. ―Oslo qo‘llanmasi‖ nomi shundan olingan.
Ular texnologik innovatsiyalarga nisbatan qo‘llash uchun ishlab chiqilgan 
bo‘lib, yangi mahsulot hamda jarayonlarni, shuningdek ulardagi ahamiyatli 
texnologik o‘zgarishlarni qamrab oladi. Innovatsiya bozorda yoki ishlab chiqarish 
jarayonida joriy etilgan bo‘lsagina amalga oshgan hisoblanadi.
1.1-jadval 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish