Reja:
Kirish
1.
Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standartining
"Hisob siyosati"
ning
tasdiqlanishi va uning tarkibi.
2.
Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish.
3.
Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashtirish.
4.
Davlat byudjet standartlari va Byudjet hisobining funksiyalari.
5
.
Byudjet hisobining axborot tizimlari haqida tushuncha va ularning turlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat
va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi
hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari,
turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan
ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak
natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish
quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy
salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va
ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi,
bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib
borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan
iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda
xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz
farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta
murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan
muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan,
bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda
rivojlangan mamlakatlarda o‘zining yangi “xuruji”ni namoyon etayotgan jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli
barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya
tizimining “mo‘rt” bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi. Ana shunday murakkab bir
sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zini to‘la oqlagani
har qanday e’tirof va e’tiborga munosibdir.
Davlat byudjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib
chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjctida milliy daromadning katta qismi
markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa
ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bulaming hammasi davlat
budjeti daromadlari o ‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablaglarining
maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi
jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Budjet hisobi davlat
budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan
bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va m azkur ijro jarayonida
budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq x o ‘jaligi
hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya
hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda budjetning pul m
ablag‘lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi m ablag‘lar, budjet ijrosi
jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining
moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul
mablagMari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda budjetdan
moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiym atliklari budjet hisobining
bevosita obyektlari hisoblanadi. Mahalliy budjetlami, respublika budjetini va
mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha
rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, toMa va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet
hisobining vazifasi hisoblanadi. Budjet ijrosi jarayoni-davlat budjeti ijrosi
buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi
yordamida mamlakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet
tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi.
Budjetning daromadlari va xarajatlari budjet hisobining asosiy obyektlari
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming budjet ijrosi jarayonining ayrim
bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy
mazmuni bo‘yicha: 1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar; 2) jismoniy
shaxslardan tushgan mablagMarga boMinadi. Davlat budjeti daromadlari budjetga
tushish tavsifi bo‘yicha: 1) soliqlar sifatidagi tushumlar; 2) nosoliq tushumlarga
bo‘linadi. Davlat budjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari
bo‘yicha: 1) hisoblangan daromadlar; 2) kassa daromadlariga boMinadi. D avlat
budjetining hisoblangan darom adlari. Budjetning kassa organiga kelib tushguniga
qadar davlat soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan
daromadlar davlat b u d jetin in g hisoblangan d arom adlari, deb ataladi. Davlat soliq
va m oliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi.
Davlat budjetining kassa daromadlari. Budjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda
kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa darom adlari, deb ataladi. Kassa
daromadlari budjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning
uchun ham budjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha
baho beriladi. Davlat budjetining kassa xarajatlari. Budjetning bankdagi
schyotlaridan budjetda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag‘ beriladi. Budjet
mablagMari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yoMi bilan berilishi
mumkin. Budjetning bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan
summalar davlat budjetining kassa xarajatlari, deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |