O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/71
Sana27.12.2022
Hajmi1,61 Mb.
#896281
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Odatdagi 
qurollar
tarkibiga 
quruqligda, 
dengizlarda 
va 
havoda 
foydalaniladigan an‘anaviy qurol-yarog‗ kiradi. Butunjahon harbiy xarajatlarning 80 
% dan ortiqrog‗i odatdagi qurollar va qurolli kuchlarga to‗g‗ri keladi.
Ekologik muammolar. 
Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to‗g‗risida so‗z 
yuritilmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda kuydagi tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin:

ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida 
atrof muhitning degratsiyalanishi; 

atrof muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi;

atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi; 
Shunday qilib, ishlab chiqarishning o‗sishi, ilmiy - texnik inqilob natijalari va 
tabiat imkoniyatlaridan o‗ylamay foydalanish dunyo olidida global ekologik inqiroz 
oldida turganligini bildirmoqda.
15
Wе the Peoples, The Role of the United Nations in the 21 st Century. UN. Briefing Papers for 
Students. Tashkent. 2003. р. 239. 


28 
Bunga isbot sifatida Shimoliy yarim sharning o‗zida so‗nggi yillarda tabiiy 
ofatlar suv bosish, kuchli shamol, quruqlashish xolatlarini 2,5 barobar oshganini, 
Arktika muzlarining qalinligi o‗zgarganligini keltirish mumkin. Oxirgi yillarda 
qorning erishi tezlashib, yiliga 10 sm ga etgan va bu jarayon kundan kunga o‗sib 
bormoqda.
Ishlab chiqarish xajmi va sur‘atini nazoratsiz o‗sishini davom etilishi va bu 
bilan bog‗liq bo‗lgan tabiatdan o‗ylamay foydalanish keyinchalik insonlarga zarur 
bo‗lgan resurslarni ham topish imkonsizliligiga olib kelishi mumkinligini tushunish 
zarur.
Resurslarni to‗xtamay va betartib iste‘mol qilinishi insoniyatni jahon inqirozi 
poyonida turganligini anglatmoqda. Planetaning ekologik ifloslanishiga alohida hissa 
qo‗shayotgan manbalar butan, gaz, avtomobil gazlari, ximikatlardir.
Atmosferaga uglekislorod gazi kuniga 5 milliard tonna miqdorida 
chiqarilmoqda. Natijada atmosferaning ozon qatlamini yo‗qolishi muammosi vujudga 
kelmoqda. 1992 yili AQSH olimlarining fikriga ko‗ra, ozon qatlami Shimoliy yarim 
sharda 30-40 % ga kamaygani tasdiqlangan. Yerlarning saxrolashishi davom etishi 
bir milliarddan ortiq odamning hayotini xavf ostiga solmoqda.
Dunyo mamlakatlari bu jarayon oqibatida ko‗rayotgan zarari har yili 42 
milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Muammo global xususiyatga ega bo‗lib 
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham juda dolzarb hisoblanadi. 
Energetik muammolar. 
1973 yilda yuz bergan energetika inqirozi va uning oqibatlari hozirgi kungacha 
sezilmoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, hozirgi kundagi yoqilg‗i 
iste‘moli hajmida (agar yoqilg‗i iste‘molining hozirgi kundagi hajmi o‗zgarmasa) Yer 
sayyorasida shu kungacha aniqlangan yoqilg‗i zaxiralari yana 150 yilga etishi 
mumkin. Xususan, neft zaxiralari 35 yilga, tabiiy gaz – 50 yilga va ko‗mir 425 yilga 
etadi. 


29 
Ma‘lumki, qazilma boyliklar konlari bir tekisda joylashmagan. Jahon neftining 
35 % va tabiiy gazning 17 % O‗rta Sharqda jamlangan bo‗lib, Shimoliy Amerika 
ham ushbu turdagi yoqilg‗i zaxiralariga boydir.
Jahon tabiy gaz zaxiralari esa neft zaxiralaridan ko‗ra nomutanosib joylashgan 
bo‗lib – atigi uchta davlatga (Rossiya, Eron va Qatar) 60% to‗g‗ri keladi. 2007 yil 1 
yanvar holatiga ko‗ra jahon bo‗yicha tabiiy gaz zaxiralari 175.1 trln.kub.m.ni tashkil 
etadi. 
O‗zbekiston Respublikasining hududlari ham neft va tabiiy gaz bo‗yicha 
yuqori potensialga ega, zero respublika hududining qariyb 60 % i istiqbolga egadir. 
Neft va tabiiy gazga boy bo‗lgan bir qator mintaqalarda (Ustyurt, Buxoro-Xiva,
Surxondaryo va Farg‗ona) ko‗plab konlar ochilgan. 
Ma‘lumki, hozirgi zamonda yonilg‗i-energetika resurslariga bo‗lgan talab 
butun dunyoda oshib bormoqda. Shu tariqa, jahon va milliy tabiiy zaxiralarning 
kamayib borish tendensiyasining ob‘ektiv jihatlari, atrof muhitning ifloslanib borishi, 
neft-gaz qazib chiqarishning globallashuvi, sanoati rivojlangan davlatlar tomonidan 
uglevodorod xom - ashyo bilan o‗zini ta‘minlanishining pasayib borishi, neft va gaz 
narxlarining tez o‗sib ketishi natijasida va to‗lash qobiliyatga ega yirik 
iste‘molchilarning paydo bo‗lishi global energetik xavfsilik muammolarini kelib 
chiqishiga olib kelayapti 
16
.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish