Nazorat savollari
Shaxsiy himoya vositalari va oddiy himoya vositalarini qanday tayyorlashnadi?
Terini himoya qilish vositalari va oddiy terini himoya qilish vositalarini qanday tayyorlanadi?
12- AMALIY MASHG’ULOT
MAVZUSI.
Fuqaro muhofazasi bino va inshoatlari. Ularga qo’yiladigan talablar.
Ishdan maqsad.
Fuqaro muhofazasi himoya inshootlarining turlarini o’rganish
Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanishni o’rganish
Tayanch sо‘z va iboralar:kimyoviy va germetik to’siqlar, kirish yo’llari, odam ko’tarish uchun mexanizmlar, yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar, boshqaruv va sanitar punktlari, oziq-ovqat omborlari, aloqa uzatishni va qabul qilish.
Aholini radiasiyadan muhofaza qilish maqsadida turli xildagi inshootlar mavjud. Muhofaza inshootlari aholini muhafazalovchi ishonchli vositadir. Bu inshootlar aholini turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan hamda ommaviy qirg’in qurollarning ta’sir etish omillaridan saqlaydigan boshpana hisoblanadi. Muhofazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga ko’ra, pana va radiasiyaga qarshi pana joylarga bo’linadi. Bunday inshootlar quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda:
-yo’nalishga ko’ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishga mo’ljallangan;
-joylashgan o’rniga ko’ra: alohida joylashgan (metropolitenlar va tog’-kon qurilishlari, shaxtalari);
Qurilish muddatiga ko’ra: boshpana RSB (radiasiyadan saqlovchi boshpana) va oddiy boshpanalar quriladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda aholini fuqaro muhofazasi himoya inshootlarida yashirish kelib chiqishi mumkin bo’lgan ko’plab yo’qotishlarni olidini oluvchi eng samarali usulidir. Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganida fuqaro muhofazasining “Havo trevogasi”, “Radiasiyaviy xavf” va “Kimyoviy trevoga” jamoalari beriladi.
“Kimyoviy trevoga” jamoasi berilganida panajoylarga yashiruvchilarga ob’ektning fuqaro muhofazasi xodimlari, fuqaro muhofazasi shtabi xodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalarini tarqatishni tashkil etishlari kerak. Pana joylarga kirish to’g’risida buyruqni ob’ekt rahbari-fuqaro muhofazasi boshlig’i berishi kerak. Agarda favqulodda vaziyat sodir bo’lgan vaqtda aholining pana joylarga o’z vaqtida etib kela olmagan qismi pana joylarga kirishdan oldin ularga panajoyning maxsus joyida qisman dezinfeksiya qilinadi. Pana joylarda aholi joylashishi uchun strelkalar o’rnatilgan bo’ladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan hududlardan jabrlanganlarni yoki jabrlanish ehtimoli tug’ilganda aholini panajoylarga joylashtirish tadbirlarini qoniqarli va samarali olib borish maqsadida ob’ekt fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi shtabi xodimlaridan iborat bo’lgan zvenolar tuziladi. Pana joylarga aholini tartib bilan, kolonnalarga ajratgan holda olib kiriladi. Kolonna boshlig’ida hududning va panajoylarning chizmasi (sxema) bo’lishi kerak. Ko’chirilayotganlar tarkibida agarda bemorlar bo’lsa, ularga birinchi tibbiy yordam ko’rsatilib, ularga sog’lom kishilar birkitib qo’yiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bo’lgan hududda jamoasiz shaxsiy himoya vositalarini echish, yakka holda yurish, osmonda osilib turgan xavfli uskunalar ostida turish, yerda yotgan elektr simlariga yaqinlashish yoki tegish, tutun chiqqan joylarga jamoasiz bormaslik lozim.
Pana joylarga yashiringan aholining majburiyatlari:
-tez va chaqqonlik bilan ko’rsatilgan joylarni tartibni saqlagan holada egallashlari;
-ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etishlari;
-vahimaga tushmaslik, o’zlarini erkin his qilishlari;
-qariyalarga, ayollarga va yosh bolalarga yordam ko’rsatishlari;
-shaxsiy himoya vositalarini tayyor holatda saqlashlari;
-pana joylarda bo’lgan vaqtlarida texnika xavfsizligi qoidalariga (elektr tarmoqlaridan o’zboshimcha foydalanish, kislorod solingan balonlarga va boshqa asbob-uskunalarga yaqinlashmaslik) qat’iyan rioya qilishlari;
-xavf tugaganidan keyin faqat fuqaro muhofazasi yoki fuqaro muhofazasi shtabi xodimlarining jamoasi bilan tashqariga tartibni saqlagan holda chiqishlari.
Pana joylardan aholini majburiy chiqishlarini taqozo etadigan sabablar:
-pana joylardagi asbob uskunalar yashiringanlarning hayotiga xavf tug’diradigan darajada buzilishi;
-pana joylarni suv bosganda;
-pana joylarda yong’in chiqqanda;
-pana joylardagi havo miqdorida xavfli gazlarning tarqalishida, kislorod miqdorining keskin kamayib ketishida.
Yuqorida ko’rsatilgan salbiy holatlar sodir bo’lganida, yashiringan aholi pana joydan uzoq bo’lmagan boshqa himoya inshootlariga o’tkaziladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish paytida yashiringanlar albatta shaxsiy himoya vositalari bilan to’liq ta’minlangan bo’lishlari zarur.
Fuqaro muhofazasi himoya inshootlarida radiaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar ta’siridan himoya qilishga, ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar ta’siridan to’liq saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |