V — shamolning о‘rtacha tezligi (km) soat
Zaxarlangan zonalarning ranglarii quyidagicha belgilanadi:
1-A zona kо‘k rang
2-B zona yashil rang
3-V zona jigarrang
4-G zona qora rang
Nazorat savollari:
Bashorat qilish uchun qanday ma’lumotlar berilgan.
Zaxarlangan zonalarni tashqi va ichki chegaralarini qanday topiladi?
“ G ” bekatiga zaxarlangan bulutni yetib kelish vaqti nimalarga bog‘liq.
10- AMALIY MASHG’ULOT
MAVZUSI.
Favqulodda vaziyatlarda temir yo’l transportida ko’chirish tartibi. Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda himoyalash yo’llari
Ishdan maqsad.
Favqulodda vaziyatlarda axolini muhofaza qilishni o’rganish
Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullarini o’rganish
Tayanch sо‘z va iboralar: transportda, piyoda va aralash ko’chirishlar, cheklangan ko’chirishlar, mahalliy ko’chirishlar, mintaqaviy ko’chirishlar.
Tinchlik va urush vaqtlarida favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biridir.
Tinchlik vaqtida favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlari quyidagicha:
1. Aholini favqulodda vaziyat boshlanishi yoki boshlanganligi haqida xabardor qilish.
2. Aholini favqulodda vaziyat sodir bo’lgan joylardan boshqa xavfsiz joylarga evakuasiya qilish.
3. Aholini fuqaro muhofazasini muhofaza qilish joylariga ko’chirish (berkitish).
Urush vaqtida aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlari quyidagicha:
1. Aholini fuqaro muhofazasining muhofaza qilish joylariga berkitish.
2. Aholini evakuasiya qilish, ishchi xizmatchilarni va ularning oilalarini birinchi kategoriya ob’ektlaridan, shahardan tashqarida joylashgan, xavfsiz zonalarga va shahar tashqarisidagi hududlarga ko’chirish.
3. Aholi tomonidan shaxsiy individual himoya vositalarini nafas olish va terini himoya qilish uchun ishlatiladigan anjomlardan, medik vositalardan foydalanish.
Radioaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi chora tadbirlar.
1. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
2. Fuqaro muhofazasining muhofaza qurilmalarida berkinish va eng oddiy joylarda berkinish.
3. Zaharlangan joylarda bo’lganda belgilangan rejimlarga rioya qilish.
4. Zaharlangan joylardan zaharlanmagan joylarga evakuasiya qilish.
5. Tibbiyot vositalarini ishlatishni qo’llash.
6. To’la va qisman sanitar tadbirlarini olib borish.
Suv bosgan joylarda aholini muhofaza qilish.
1. Aholini asosan xavfsiz hududlarga evakuasiya qilish;
2. Suv bosishi mumkin bo’lgan hududlarda yashovchi aholini oldindan ogohlantirish, sodir bo’lgan taqdirda qanday choralarni ko’rishni oldindan tushintirish;
3. Tezkor evakuasiya zarur bo’lmagan vaqtda balandroq joylarga chiqib olish, keyinchalik esa xavfsiz joylarga evakuasiya qilish.
Aholini muhofaza qilishda fuqaro muhofazasi muhandislik xizmati, ishchilar, korxona ishchilari quyidagi ishlarni o’tkazishlari kerak:
1. Fuqaro muhofazasi muhofaza qilish joylarini qurish, shuningdek yer osti qurilmalarini ta’mirlash (yer to’lalarni, yer osti o’tish joylarini).
2. Qutqarish ishlarida ishtirok etish va boshqa ishlarni bajarish, imoratlarni tiklash, fuqaro muhofazasi qurilmalarini va muhandislik qurilmalarini tiklash.
Yong’inlar bilan kurashish.
Yong’in, bu- kuchli issiqlik natijasida moddiy va ma’naviy boyliklarni bir necha daqiqada yo’q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda vaziyatdir. Yong’in uy sharoitida nazorat qilinishi mumkin bo’lgan dastlabki daqiqadan uch daqiqagacha bo’lgan vaqt oralig’ida nazorat qilib bo’lmaydigan darajada kuchayadi.
Yong’inlarga qarshi kurash asosan yong’inga qarshi kurashadigan xizmatchilarga zimmasiga yuklatilgan, ular zamonaviy texnika bilan ta’minlangandirlar. Yong’inlarga qarshi kurashishni takomillashtirish uchun yong’inga qarshi muhofazani rejalashtirib borish va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazib turish zarur. Fuqaro muhofazasida butun aholini yong’inga qarshi kurashishga o’rgatish kerak, kerakli moslamalarni saqlash lozim. Elektr asbob-uskunalar, apparatlar, isitgichlar va isitish anjomlarini yong’inga qarshi moslanganligi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |