O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 1,41 Mb.
bet117/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Nazorat savollari

  1. Favqulodda vaziyatlarda axolini muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz ?

  2. Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning qanday asosiy usullari mavjud?

11- AMALIY MASHG’ULOT
MAVZUSI.
Shaxsiy himoya vositalari va ularga qo’yiladigan talablar
Ishdan maqsad.

  1. Shaxsiy himoya vositalari va oddiy himoya vositalarini tayyorlashni o’rganish

  2. Terini himoya qilish vositalari va oddiy terini himoya qilish vositalarini tayyorlashni o’rganish



Tayanch sо‘z va iboralar: radioaktiv moddalar (RM), zaharli moddalar (ZM), bakteriologik vositalar (BV), va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM).
Shaxsiy himoya vositalari ikki guruhga bo’linadi:

  1. Nafas a’zolarini himoya qiluvchi vositalar.

  2. Terini himoya qiluvchi vositalar.

Bular nafas a’zolarini, ko’z va teri qavatlarini radioaktiv moddalar (RM), zaharli moddalar (ZM), bakteriologik vositalar (BV), va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) ta’siridan saqlaydi.
Ularning o’zining himoya xususiyatiga ko’ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo’linadi. Filtrlovchi vositalarning himoyalash xususiyati havoni himoyalovchi materiallar orqali o’tkazishga asoslangan bo’lib, unda havo RM, ZM, BV va KTZMdan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning himoyalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to’liq ajratishga qaratilgan bo’ladi. Foydalanilishiga ko’ra hamma himoyalovchi vositalar quyidagilarga: umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo’ljallangan va sanoatda qo’llaniladigan vositalarga bo’linadi.
Umumharbiy himoya vositalari bilan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi.
Maxsus himoya vositalari bilan tankli, aviasion, kimiyoviy qismlar, turli xil qo’shinlarning bo’linmalari, hamda tibbiy xizmat bo’limlari yaradorlarga yordam ko’rsatishda ishlatilish uchun ta’minlanadilar.
Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan himoya vositalari fuqaro muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun aholini ta’minlash uchun mo’ljallangan.
Sanoatda ishlatiladigan himoya vositalari maxsus korxonalarda, qishloq-xo’jaligida va boshqa sohalarda kimyovyi moddalar bilan bog’liq bo’lgan joylarda qo’llaniladi.
Nafas a’zolarining himoyalovchi vositalari filtrlovchi va ayiruvchi vositalardan iborat.
Filtrlovchi vositalarga quyidagilar kiradi: protivogazlar G11-5, GP-5M, GP-7, GP-7V, DP-6, DP-6M, PDF-7, PDF-D, PDF-SH; respiratorlar R-2, R-2D, RU-60M; kameralar — KZD-4, KZD-7.
Ayiruvchi vositalarga IP-4, IP-6, IP-46, KIP-5, KIP-7, KIP-8 kiradi. Sanoatda tayyorlangan vositalardan tashqari nafas a’zolarini himoyalash uchun oddiy vositalardan foydalanish mumkin. Ularga paxta-doka bog’lami va changga qarshi matoli maska PTM -I kiradi. Protivogazlar nafas a’zolarini, yuz va ko’zni RM, ZM, BV va KTZMdan saqlashga mo’ljalangan.
GP-5 protivogaz yuz qismi, protivogaz qutichasi va sumkadan iborat. Sumkada maxsus sovun "Q&\am" bor. Yuz qismi shlem maska oynasi bilan, I nafas olish, 2 ta nafas chiqarish klapanli qutichadan iborat.
Protivogaz komplektiga oynaning ichki tomoniga qo’yiladigan, (terlatmaydigan plyonkali metall quticha kiradi. Protivogaz qutichasi metaldan ishlangan bo’lib ichida ikkita tur shaklida qirindi bo’ladi. Silindirning tashqi tomonida tutunga qarshi filtr o’rnatilgan. Silindrlar orasida maxsus kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan aktivlashtirilgan ko’mir qatlami bor va kichik silindr ichki yuzasida changga qarshi filtr o’rnatilgan.
Tutunga qarshi filtr havoni aerozollardan tozalash uchun xizmat qiladi, aktivlashtirilgan ko’mir adsorbsiya va kimyoviy neytrallash usuli bilan ZMning bulutlarini yutish uchun mo’ljallangan. Tutunga qarshi filtr aktivlashtirilgan ko’mir changining bir qismini tutib qolish uchun xizmat qiladi.
GP-5ning shlem-maskani bot razmerda chiqariladi. Kerakli razmeri aniqlash uchun santimetr lentasi bilan bosh o’lchanadi: aylanasiga engak orqali o’tib, boshning tepa qismida yana engakka qaytiladi. Shu o’lchov natijasida shlem - maskaning razmeri aniqlanadi:



o’lchash natijasi (sm)



Shlem-maskaning kerakli razmeri

bZgacha
63,5-65,6
66-68
68,5-70,5
71 dan yuqori

0
1
2
3
4

Protivogaz sumkada olib yuriladi, lekin sharoitga ko’ra 3 holatda olib yurilishi mumkin "safar", "tayyorgarlik", "jangovor".
Ayiruvchi protivgazlar. Suv bosgan boshlana va binolarda, toza havo yetishmasligi aniqlangan joylarda qutqarish ishlari olib borilganda foydalaniladi. IP-46(yokiIP-46M) ajratuvchi protivogazlar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
-qat-qat buklanuvchi naychalari yuz qism;
-natriy peroksid to’ldirilgan regenerativ patron;
-regenerativ patronnish u neonga o’rnatilgan briket va kislotali ampuladan iborat ishga soluvchi moslama;
-nafas olish uchun rezina xalta;
-dyuralyuminiydan ishlangan korpus (g’ilof);
-sumka.
Natriy peroksidi kimyoviy bog’langan kislorodni ajratib, ajralib chiqarayotgan havodagi karbonat angidridni va suv bug’larini yutadi. Regenerativ patronning harakat vaqti undagi kislorod zahirasiga qarab belgalanadi: oshrish bajarilganda bir soatga, o’rtacha -2 soatga, tinch holatda 4 - 5 soatga yetadi: suv ostida 30 minutdan ortiq qolishga ruxsat etilmaydi. Atmosferada bug’uvchi gazlar (masalan, is gazi) bo’lsa, gopkalipt patronidan foydalanish kerak. Unda is gazi karbonat angidridga aylanadi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish