2.Xabar berishning lokal tizimlari.
Radioeshittirish va televidenie (jo’r ovoz bo’ladigan radiouzatgichlarni ham qo’shib) respublika aholisiga xabar berish va axborotni yetkazishning asosiy vositalari hisoblanadi. Xabar berish signallari va tegishli axborot butun hududga ham, shuningdek hududlarni tanlab olib (viloyat tumani) ham berilishi mumkin.
Ovozli xabarlarni Aloqa vazirligining yoki Davlat teleradiosining eshittirish studiyalaridagi suhandonlar (diktorlar) yoki viloyat, shahar, qishloq tumanlari ma’muriymarkazlardagi studiyalarning va iqtisodiyot inshootlari dispetcherlik punktlarining suhandonlari eshittiradilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari asoslangan ovozli xabarlar matnini davlat va rus tillarida aytib chiqishlari, ularni magnit tasmasiga (videokassetaga) yozib qo’yishlari kerak.
Kechiktirib bo’lmaydigan favqulodda hollarda ovozli qisqa xabarlarni favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisining bevosita ish o’rnidan turib magnit tasmasidan yoki to’g’ridan to’g’ri eshitgirish tarzida (magnit tasmasiga oldin yozib olgan tarzda) eshittirishga tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ijozati bilangina yo’l qo’yiladi. Radiotranslyasiya tarmog’ini tanlab olish uchun P-164 apparatidan foydalaniladi. Bildirish signallari televidenieda ham, efirga ham bevosita uzatib yoki videomagnit tasmaga yozib olib etkaziladi. Bu maqsadda respublika eshittirish dasturlari ishga solinadi. Viloyatlarda respublika dasturiga istalgan vaqtda kirib, viloyat teleradio markazlaridan axborot berib xabardor qilish imkoniyati bor.
Favqulolda vaziyat sodir etilganda aholiga bildirish tartibi kuyidagicha bo’lishi mumkin. Kimyoviy xavfli ob’ektda avariya bo’lganda bunday axborot beriladi: “Diqqat barchaga! shahar favqulodda vaziyatlar bo’limidan gapiramiz. Fuqarolar! Kimyo kombinatida kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda - xlor chiqib ketib, avariya sodir bo’ldi. Zaharlangan havo buluti ... yo’nalishida tarqala bormokda. Quyidagi shahar, tumanlar va viloyat aholi punktlari kimyoviy zaharlanish hududida qoladilar. Zaharlanish hududiga tuShib qolgan kishilar uylaridan, muassasa, korxona, o’quv yurtlaridan darhol chiqsinlar, shamol yo’nalishiga perpendikulyar, eng qisqa yo’l bilan xavfsiz joylarga o’tsinlar. Tashqariga oldin ho’llangan yoki 2% li ichimlik soda eritmasi, paxtali doka bog’ich taqib olinglar. Zaharlangan havo buluti etib kelguncha xonadondan chiqib ulgurishga ulgirmasangiz, xonangizni eshik va derazalarini zichlab yopib, tashqaridan havo kirmaydigan qilib oling. Yerto’lalar va uylarning pastki qavatlariga xlor havodan og’ir bo’lgani uchun, pastqam joylarga, yerto’lalarga oqib kiradi. Keyin esa favqulodda bo’limining ko’rsatmasiga binoan yo’l tuting. Hozir favqulodda vaziyatni talofatlarini bartaraf etish borasida ishlar olib borilyapdi. Axborotlarni kuzatib boring”.
Mana shu tartibdagi axborot bir necha marotaba beriladi.
Favqulodda vaziyat xavfi tug’ilganda va sodir bo’lganida xavf darajasini ko’rsatadigan ikkita bildirish belgilangan:
1.Yuqori tayyorgarlik rejimi.
2. Favqulodda rejim.
Ikkala rejimda ham fuqaro muhofazasi tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun shahar ob’ektlarini va sanoat zonalarini joylashishini hisobga olgan holda oqilona reja tuzish;
-ikkilamchi shikast o’choqlari paydo bo’lishi xavfini kamaytirishni ta’minlaydigan texnologik jarayon, konstruksiyalar joriy qilish, nodir uskunalarni qidirish;
-oson yonuvchan, portlash xavfi bor va kuchli zaharli moddalar hajmini iloji bor darajada kamaytirish, suyuqlik idishlarini muhofaza qilish, ulardan suyuqlik oqishini yo’q qiladigan yoki cheklaydigan choralarni ko’rish;
-fuqaro muhofazasi signali berilganda va elektr energiyasi to’satdan o’chib qolganda ishlab chiqarishni avariyasiz to’xtatish choralarini ko’rish;
-favqulodda vaziyat sharoitida tashish ishlariga transportni tayyorlash;
-mavjud xo’jalik aloqalari buzilgan taqdirda foydalanish uchun moddiy-texnika ta’minoti rezervi va dublyaj qiluvchi bazalarini tayyorlash;
-tarmoq taraqqiyoti mobaynida ob’ektlarni, bo’lib-bo’lib tarqatib yuborish;
-ishlab chiqarishni yoki muhimroq mahsulotni har xil ob’ektlarda dublyaj qilib chiqarish;
-inshootlarni chuqurlashtirish, pastroq inshootlar qurish, vertikal konstruksiyalarni gorizontallariga almashtirish;
-inshootlardagi alohida elementlar orasida qo’shimcha bog’lanishlar o’rnatish hisobiga konstruksiyalar pishiqligini oshirish;
-uskunalarni yonmaydigan engilgina to’siq konstruksiyalari bor imoratlarga o’rnatish;
-energota’minot tizimlari ishining barqarorligini ta’minlash (avtonom manbalar, dizel elektr stansiyalar-artezian quduklar hisobiga);
-ob’ekt ta’mirlanayotganda jo’n va oson alanga oladigan konstruksiyalarni barqarorlik shartlariga javob beradigan konstruksiyalarga almashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |