O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti


Fuqaro muhofazasida oldindan ogohlantirish: tahlil va xarakatlar tizimi



Download 1,41 Mb.
bet5/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

2. Fuqaro muhofazasida oldindan ogohlantirish: tahlil va xarakatlar tizimi

Bilingan murakkab-bu joyda biz sabab va oqibatni faqat retrospektiv tushunamiz: faktdan so‘ng nima paydo bo‘lishi mantiqan, ammo ko‘plab variantalrdan biri kelishi mumkin va oxirgisi xolos-bu joy juda ko‘p bezovta qiladi, sabab va oqibat noaniq. Shu sababli biz imkonimiz, qobiliyatimiz etgancha o‘zgartirishimiz fuqaro muxofazasining oldindan ogohlantiruvchi signallarini aniqlashimiz kerak.


Barcha favqulotda vaziyatlarning oldindan bilishning iloji yo‘qligi tayin.Xatto biz barcha resurslarga ega bo‘lishimizda ham vaziyat ba’zan chegaralanib ketadi, chunki ba’zan qatnashuvchilar aksiyadorlar xalokatdan ogoh bo‘lishidan norozi bo‘lishadi. Ba’zida esa oddiy bilingan va bilish mumkin bo‘lgan holatlarni turlicha tushunishadi. Shunga qaramay oldindan ogohlantirish ko‘p hollarda zarur, xatto yolg‘on ogohlantirishlar va qiyin tushunishlar bo‘lsa ham. Bu kuzatuvlar bizga amalda bo‘lmagan narsalarga tayyorgarlik zarurligini iloji boricha tasavvurga sig‘maydigan narsalarni tasavvur qilishimizni eslatib turadi. Oldindan bilgan sezilgan tasavvur qilingan narsalarga asoslanib ko‘p narsa xalokat paytida qilish mumkin. Xalokatdan keyingi baholashlar shuni ko‘rsatadiki kutilmagan voqea xodisalar oldindan ogohlantirishlarning bo‘lishi ko‘p xollarda bilim etishmaganidan emas, balki tasavvur etishmaganidan sodir bo‘ladi.
Ayrim favqulodda yordam tashkilotlari aynan, aniq qaysi vaqtda xalokat sodir bo‘lishini ayta olmaydi ammo, ehtimolligini xavfni baholashda hisobga olishimiz va shunday qilib, biz ularga xar doim oldindan tayyor tura olamiz. Yuqoridagi tadqiqotda aytib o‘tilganidek (bilish mumkin) bo‘lgan mummolarni fazodan (bilinganga) o‘tkazsak , fazo haqidagi bilimlarimizni kengaytirsak sabab, oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilsak ko‘proq muammolarni xal qilishimiz mumkin. Bu narsa bizga oldindan berilgan signallarni aniqlashga yaxshiroq tayyorlanish imkonini beradi va ularga qarab xarakat qilishadi.
Xatto sabab-oqibat munosobotlari aniq bo‘lgan hollarda ham, oldindan ogohlantirish doim ham ish beravermaydi. Bunday muvafaqqiyatsizlik alohida yoki bir vaqtning o‘zida yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlar barbod bo‘lganda sodir bo‘ladi. Ba’zida xavfni baholash barbod bo‘ladi, chunki ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati bor bo‘lgan bo‘lsada, ular potensial xavfdan etarlicha oldin ogoh bo‘lmagan. Ba’zan va ko‘pincha juda kech bo‘lganda, kimdir zaif yoki xatto aniq ogohlantiruvchi signal atrofdagi “shovqin” tufayli yo‘qolib qolganini sezib qoladi.
Boshqa holatda esa bizda sodir bo‘ladigan xavfni bilamiz, ammo ayrim sabablar oldini olish uchun zaruriy choralar ko‘pincha olib kelmadi. SHunday qilib xavfning oldi iqtisodiy va yoki boshqa sabablarga ko‘ra olinmadi. Yoki xavf “xavfni baholash”ga qo‘shilgan bo‘lsa ham, xavfni monitoring qilish jarayonida noto‘g‘ri ko‘rsatkichlar tufayli aks ettirilmadi; yoki bu xatarni monitoring qilish barbod bo‘ldi yoki noto‘g‘ri ishladi; shunday qilib u oldindan ogohlantiruvchi signallarni sezishga qodir bo‘lmadi. Xatto agar ogohlantiruvchi signallar monitor qilinsa ham aniqlansa ham ular doim ham oldindan berilgan signal natijasini bermaydi; ayrim signallar noaniqligi yuqori bo‘lishi mumkin; ayniqsa bu ogohlantirish moddiy siyosiy yoki boshqa qiymatga ega bo‘lsa, yolg‘on signaldan qo‘rquv aniq signallarni ham ogohlantiruvchi bo‘lishini cheklaydi. Shu erdan, muvafaqqiyatli oldindan ogohlantirishlar tan olinmasa, savol kelib chiqadi, fuqaro muxofazasining oldindan ogohlantirish tizimi hurmat qilinmasligida muammo nimada? Tabiyki biz oldindan ogohlantirishlarning barbod bo‘lganiga bir qator faktorlarni topishimiz mumkin, ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin chunki ular chalkashib, aralashib ketgan. Deyarli barcha milliy va xalqaro ko‘lamdagi xalokatlardan so‘ng tekshiruv hisobotlarida shu narsa qayd etilgan: oldindan ogohlantiruvchi signallarning barbod bo‘lishi bir vaqtning o‘zida bir necha xatolar qilinganing natijasida yuzaga kelgan.(CHernobil 1986. USSR; 9/11 in the USA, east-Asian tsunami 2004).
Biz oldindan ogohlantirishlarning barbod bo‘lishini qanday tahlil qila olamiz, agar ular aralashib ketgan bo‘lsa? Xar xil xolatlarda barbod bo‘lgan oldindan ogohlantirishlarning har bir faktorini alohida va muammoli nuqtasini metodologik tomondan qo‘rib chiqish va ularni tushunishga xarakat qilishimiz zarur, bu xolatlarni tizimli ravishda kelajakdagi FUQARO MUXOFAZASIning oldindan ogohlantiruvchi strategiyani ishlab chiqayotganimizda hisobga olishimiz zarur2.
Fuqarolar muhofazasi haqida umumiy tushuncha. Ma’lumki, har bir mustaqil davlat о‘zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari о‘sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Yuqoridagi qurollar yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Shuning uchun har bir davlatning mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bо‘lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida fuqarolar muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо‘tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О‘zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi.
Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Respublika faollarining Kengashida sо‘zlagan nutqida bayon etilgan. Keyinchalik, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida О‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish