O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti


Gidrometeorologik xavfli hodisalar



Download 1,41 Mb.
bet13/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
-odamlar o`limiga, aholi punktlarini, sanoat va qishloq xo`jalik ob`ektlarini suv bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish tadbirlari o`tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv o`pirishlari va sellar;
-aholi punktlarini, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog’lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlarning va sportchilarning jarohatlanishiga va o`limiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan qor ko`chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
-o`lat, vabo, sarg’ayma, isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infektsiyalar;
-odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar-epidemik toshmalar, terlama, Bril’ kasalligi, Ku-isitma;
-zoonoz kasalliklar-Sibir yarasi, quturish;
-virusli infektsiyalar –OITS;
-epidemiya-alohida xavfli infektsiyalarga tegishli bo`lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omillari bir bo`lgan odamlarning guruh bo`lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida -50 kishi va undan oshiq;
-aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo`lib kasallanish -20 kishi va undan oshiq;3
-tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi- 15 kishi va undan oshiq;
-o`lim yoki kasallanish darajasi o`rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan oshiq bo`lgan vaziyat;
-zaharli moddalar bilan zaharlanish- jabrlanganlar soni -10 kishi, vafot etganlar soni – 2 kishi va undan oshiq;
-oziq-ovqatdan ommviy zaharlanish –jabrlanganlar soni – 10 kishi, vafot etganlar soni 2 yoki undan oshiq;
-epizootiya – hayvonlarning umumiy qirilib ketishi yoki kasallanishi;
-epifitotiya- o`simliklarning ommaviy nobud bo`lishi.


Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar

1.Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o`zgarishi bilan bog’lik vaziyatlar:


-halokatli ko`chkilar – foydali qazilma konlarni qazib chiqarish chog’ida er ostiga ishlov berish va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo`luvchi er yuzasining o`pirilishi, siljishi;
-tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og’ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarishda odamlarning sog’ligi uchun xavf soluvchi kontsentratsiyalarda qo`llanilgan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o`zgarishi bilan bog’lik bo`lgan vaziyatlar:
-havo muhitining quyidagi ingredientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
-oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, qurum, chang va odamlar sog’ligiga xavf soluvchi kontsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zaharli moddalar;
-katta ko`lamda kislotali zonalar hosil bo`lishi va ko`p miqdorda kislota chiqindilari yog’ilishi;
-radiatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.
3. Gidrosfera holatining o`zgarishi bilan bog’lik vaziyatlar:
-yer yuzasi va er osti suvlarining sanoat qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi oqavalari: neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lgan tarkibida og’ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo`lgan chiqindilar va boshqa zaharli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi;
-binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning emirilishiga olib kelishi mumkin bo`lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi;
-suv manbalari va suv olish joylarining zaharli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin etishmasligi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish