O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti


Aholini ko’chirishni tashkil etish va o’tkazish



Download 1,41 Mb.
bet114/158
Sana24.12.2022
Hajmi1,41 Mb.
#895493
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158
Bog'liq
UMK FM va FV

Aholini ko’chirishni tashkil etish va o’tkazish


Aholini ko’chirish - bu tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar zonalarida va ular yuzaga kelish ehtimoli bor zonalardan aholini transportda (piyoda) tashkiliy olib chiqish hamda uni oldindan (FV manbalarining shikastlovchi omillarining ta’sir zonalaridan tashqarida) tayyorlab qo’yilgan xavfsiz joylarga qisqa muddatli joylashtirish tadbirlari majmuidir.
Ko’chirish tadbirlarini o’tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:
-Favqulodda vaziyatlar manbaining tavsifi (tusi);
- Favqulodda vaziyatlar manbai ta’sir ko’rsatishining makon-vaqt (tavsiflari);
- Transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholining soni va qamrab olinishi;
- Aholini ko’chirish tadbirlarining o’tkazish vaqti va qanchalik shoshilinchligi.
Qachonki ko’chirilishi kerak bo’lgan aholining hammasi favqulodda vaziyatlar manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasi chegarasidan tashqariga transportda (piyoda) olib chiqib bo’linsa, shundagina aholini ko’chirish tugallangan hisoblanadi. O’tkazish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko’chirishning 2 turi (varianti) mavjud:
1. Oldindan o’tkaziladigan ko’chirishlar.
2. Shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) ko’chirishlar.
Oldindan o’tkaziladigan ko’chirishlar favqulodda vaziyatlar (potensial xavfli ob’ektlardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida ishonchli ma’lumot olinganda o’tkaziladi. Bunga bir necha o’n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bo’lishi mumkinligi haqidagi qisqa muddatli ishonchli oldindan taxminlash asos hisoblanadi. Bu taxminga shu muddat mobaynida aniqlik kiritilishi mumkin.
Shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) ko’chirishlar odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug’iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o’tkaziladi.
Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, ko’chirishning 3 xil (variant) bo’ladi:
1. Cheklangan ko’chirishlar.
2. Mahalliy ko’chirishlar.
3. Mintaqaviy ko’chirishlar.
Cheklangan ko’chirishlar. Favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol bo’lgan ta’sir zonasi shahar, kichik tuman yoki qishloq aholi punkti chegarasi ichidan chiqmay, ko’chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o’tkaziladi. Bunday holda ko’chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi punktlariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (FV manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.
Mahalliy ko’chirishlar o’rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholining soni bir necha mingdan o’nlab ming kishigacha yetishi mumkin bo’lib, ular, odatda, favqulodda vaziyatlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.
Mintaqaviy ko’chirishlar shikastlovchi omillar anchagina keng moydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuasiyada favqulodda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi domiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko’chirilishi mumkin.
Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko’chirish tadbirlari bilan qamrab olinganiga qarab, ko’chirishning ikki turi (varianti) bo’lishi mumkin:
1. Yalpi ko’chirish.
2. Qisman ko’chirish,
Yalpi ko’chirish favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda tutadi.
Qisman ko’chirish favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bo’lmagan aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, hunar-texnika bilim yurtlari o’qituvchilari olib chiqilishi zarur bo’lganda o’tkaziladi.
Aholini ko’chirishning ko’rsatilgan variantlari xavfning yoyilish ko’lami va tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxmini qanchalik ishonchliligiga, shuningdek favqulodda vaziyatlar manbai shikastlovchi omillarining ta’sir zonasidagi ishlab chiqarish ob’ektlaridan xo’jalikda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi. Odamlar hayoti va salomatligiga xavf borligi aholini ko’chirish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.
Aholini ko’chirish haqida qarorga kelish huquqi O’zbekiston Respublikasi sub’ektlarining hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyatlar xavfi oldindan taxmin qilinayotgan ijroiya hokimiyat idoralarining mahalliy o’zini o’zi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida (fuqaro muhofazasi boshliqlarida) bo’ladi. Favqulodda vaziyatlarning tarqalish chegarasiga, ko’lamiga va ko’chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab mahalliy yoki mintaqaviy xarakterga ega bo’ladi. Shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) yoki oldindan o’tkaziladigan ko’chirish tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko’rsatmalari (farmoyishlari)ga binoan amalga oshiriladi.
Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan xarakterdagi shoshilinch ko’chirish potensial xavfli ob’ektning navbatchi yo’riqchilik xizmati boshlig’ining ko’rsatmasi (farmoyishi)ga binoan o’tkazishi mumkin. Boshqaruvning hududiy, idoraviy, ob’ekt idoralari fuqaro muhofazasi boshliqlari (favqulodda vaziyatlar hay’atlari) ko’chirishga umumiy rahbarlik qiladi.
Aholini ko’chirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va o’tkazishga esa viloyat, shahar, tumanlar ma’muriyati va iqtisodiyot ob’ekti boshqaruv organlari tashkil etadigan aholini ko’chirish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini ko’chirish tadbirlarini yaxshilab o’ylab rejalashtirishni hamda transportni, yo’llarni, ko’chirish tashkilotlarining ko’chiriladigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayorlab qo’yishini, shuningdek aholining fuqaro muhofazasi sohasida har tomonlama tayorgarlik ko’rishini talab qiladi. Bunday tayyorgarlikni ijroiya hokimiyati idoralarining va iqtisodiyot ob’ektlari boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlar tashkil etadi va o’tkazadi.
Aholini evakuasiya qilish ishlab chiqarish-hududiy va hududiy tamoyillari asosida rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyili favqulodda vaziyatlar zonalaridan ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o’quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o’quv yurtlari bo’yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish soxasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish organlari orqali turar joylari bo’yicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Muayyan hollarda evakuasiya hududiy tamoyilda, ya’ni aholini ko’chirish e’lon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi mumkin.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish