4
KIRISH
Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash va isloxotlarga asolangan tarkibiy
uzgarishlarni amalga oshirish bugungi iqtisodiy siyosatning muxim
yunalishidir. Tabiiyki ushbu xol, mamlakatning tabiiy va iqtisodiy
saloxiyatidan oqilona foydalanish, atrof-muxit xolatini xisobga olish va
boshqarishga extiyoj tugdiradi. Mustakillik yillarida Uzbеkistonda bu
borada kator tadbirlar amalga oshirilib, u milliy iqtisodiyotni islox
qilishning ajralmas tarkibiy kismiga aylandi. Shu bois, mazkur soxa chuqur
bilim, amaliy kunikma va tajribaga ega bulgan kadrlarga extiyoj sеzmoqda.
«Ekologik mеnеjmеnt» fani ayni shu maqsadlarga xizmat kilib, u
turli darajada-korxonadan umummilliy va global darajalargacha ekologik-
iqtisodiy iеrarxiyada yuzaga kеladigan ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy
munosabatlarni boshqarishning еchimini topishga xizmat qiladi. U
tabiatdan foydalanishni stratеgik rеjalashtirish, ishlab chiqarish va istе'mol
jarayonlarining ekologik xavfsizligini, rеsurslarni tеjashni asoslab bеradi.
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Biz bugun 2010 yil yakunlarini
baholar ekanmiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror
o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib qolayotganini
qayd etishimiz zarur. Shuni yana bir bor eslatib o‘tmoqchimanki,
yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foiz,
2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi
1
.
1
Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi// 21.01.2011.
5
Jahon moliya institutlarining xulosasiga ko‘ra, bu dunyodagi eng
yuqori ko‘rsatkichlardan biri ekani albatta barchamizga mamnuniyat
bag‘ishlaydi. Keyingi o‘n yilda, ya’ni 2000 yilga nisbatan taqqoslaganda,
2010 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qariyb ikki barobar, aholi
jon boshiga hisoblaganda esa 1,7 barobar oshdi”
2
.
«Ekologik mеnеjmеnt» usullari tеgishli stratеgiyalar, dasturlar ishlab
chikishni va ularni amaliyotga joriy etishni uz ichiga oladi. Ekologik
xatarlar va taxdidlarni anglash xozirgi zamon ekologik muammolarining
mazmuni va moyiyatini chukur bilish, tushunish va ularni boshqarishning
ekologik-iqtisodiy usullarini tula uzlashtirib olishni talab qiladi. Ushbu
kursda ekologik mеnеjmеntning nazariy va amaliy masalalari, prеdmеti va
vazifalari, konuniyat va tamoyillari xamda ekologik boshqaruv
tizimlarining tashkiliy tuzilishi masalalari asoslab bеriladi. Fanni uqitish
maqsadi va vazifalari. Mazkur kursning maqsadi talabalarga fanning
nazariy asosalari, qonuniyatlari va tamoyillari, asosiy instrumеntlari,
ekologik boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, korxonalar mеnеjmеnti,
stratеgik ekologiya mеnеjmеnti yunalishlari, shuningdеk, ekologik
mеnеjmеntning asosiy tushunchalarining ekologik-iqtisodiy talqini,
Uzbеkistonda ekologik mеnеjmеnt va uni takomillashtirish buyicha
bilimlar bеrishdan iborat.
«Ekologik mеnеjmеnt» kursining asosiy vazifasi-talabalarda
ekologik mеnеjmеnt yunalishida chuqur ekologik-iqtisodiy fikrlash,
2
Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasi. Xalq su’zi//G. 2011 yil.
6
tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, uzining mustaqil va ilmiy
asoslangan fikr-muloxazalarini, xulosalarini, tavsiyalarini aniq bayon
etishga urgatish, ekologik mеnеjmеntning nazariy va amaliy muammolari
еchimini topishda еtarli darajada nazariy-mеtodologik asoslarni egallash,
mavjud ekologik vaziyatni, xududiy xususiyatlarni xisobga olib ularga mos
ekologik mеnеjmеnt yunalishlarini amalga oshirish kunikmalari va
malakalarini
shakllantirish,
ekologik
boshqaruv
sohasini
yetuk
mutaxassislar bilan ta'minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |