O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Salbiy fikr bildirishga yoki fikr bildirishdan bosh tortishga taalluqli bo’lgan boshqa jihatlar
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortish 
zarur deb hisoblagan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)ga ham ayrim moliyaviy hisobot yoki 

7
АХС 260 “Бошқарув юклатилган шахслар билан ахборот алмашинуви”, 13-банд 




 
moliyaviy hisobotning bir yoki bir nechta alohida elementlari, schyotlari yoki moddalari bo’yicha 
moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning ayni o’sha asosi xususida modifikatsiyalanmagan fikr 
kiritilishi mumkin emas. Mazkur vaziyatda ayni o’sha hisobot (xulosa)ga bunday 
modifikatsiyalanmagan fikrning kiritilishi
8
moliyaviy hisobotlar bo’yicha bildirilgan salbiy 
auditorlik fikriga yoki auditorning fikr bildirishdan bosh tortishiga zid bo’lur edi.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ning shakli va mazmuni 
quyidagicha.
Modifikatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos. 
Tekshiruvni o’tkazgan auditor 
moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti 
(xulosasi)ga AXS 700 ga muvofiq talab etiladigan alohida elementlarga qo’shimcha ravishda fikrni 
modifikatsiyalashni talab qilgan jihatni tavsiflovchi paragrafni kiritishi lozim. Auditor bu paragrafni 
auditorlik hisoboti (xulosasi)da fikr bildirilayotgan paragrafdan bevosita oldin joylashtirishi va 
vaziyatga qarab, “Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Salbiy fikr bildirish uchun 
asos” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhani qo’llashi lozim.
Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan muhim buzib ko’rsatish moliyaviy hisobotlardagi 
alohida summalar (shu jumladan miqdoriy ochib berilgan ma’lumotlar) bilan bog’liq bo’lsa, auditor 
modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga mazkur buzib ko’rsatish moliyaviy 
ta’sirning tavsifi va summasini kiritishi lozim (agar buning imkoni bo’lsa). Agar moliyaviy ta’sir 
hajmini hisoblab chiqish mumkin bo’lmasa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan 
paragrafda buni ko’rsatishi lozim. Bordiyu, moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib 
ko’rsatishlar ochib berilayotgan tavsifiy ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash 
uchun asos ifodalanayotgan paragrafga ochib berilgan ma’lumotlar qanday buzib ko’rsatilgani 
xususida tushuntirishlarni kiritishi lozim.
Ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berish talab 
etiladigan ma’lumotlarni ochib bermaslik bilan bog’liq bo’ladi. Bunday hollarda auditor ochib 
berilmagan ma’lumotlarni boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan muhokama qilishi,
modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tushirib qoldirilgan ma’lumotlar 
xususiyatini ko’rsatishi va agar bu qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar bilan ta’qiqlangan bo’lmasa, 
u hisobot (xulosa)ga tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni kiritishi lozim bo’ladi. (agar buning imkoni 
bo’lsa ya’ni u tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgan 
bo’lsa). 
Modifikatsiyalashga talabning paydo bo’lishi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish 
mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lsa, auditor buning sabablarini modifikatsiyalash uchun asos 
ifodalanayotgan paragrafda ko’rsatishi lozim. Hatto auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy 
fikr bildirgan yoki fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa ham, modifikatsiyalash uchun asos 
ifodalanayotgan paragrafda auditor o’zi xabar topgan va fikrni modifikatsiyalashni talab qilishi 
mumkin bo’lgan boshqa har qanday sabablarni ko’rsatishi, shuningdek ularning ta’sirini tavsiflashi 
uning professional vazifasidir. 
Fikr bildiriladigan paragraf
Agar auditor auditorlik fikrini modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u fikr bildiriladigan paragraf 
uchun (vaziyatga qarab) “Qo’shimcha izohlar bilan fikr”, “Salbiy fikr” yoki “Fikr bildirishdan bosh 
tortish” degan sarlavhalardan foydalanishi lozim.
Auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha 
izohlar bilan fikr bildirayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda u, qo’shimcha izohlar bilan fikr 
bildirish uchun asos ifodalangan bandda tavsiflangan jihat (jihatlar) ta’sirini istisno qilganda, o’z 
fikriga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: 
(a)
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan 
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning 
qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil 

8
АХС 805 “Алоҳида масалалар – айрим молиявий ҳисобот ва молиявий ҳисоботнинг алоҳида элементлари, 


счётлар ёки моддалар аудити” 


qilish imkonini berishini); yoki
(b)
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan 
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish 
uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanganligini.
Agar fikrni modifikatsiyalashga talab etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati 
yo’qligi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, auditor modifikatsiyalangan fikrni bildirishi uchun tegishli 
“...jihat (jihatlar) ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni istisno qilganda” iborasini qo’llashi lozim.
Tekshiruv oqibatida auditor salbiy fikr bildirayotgan bo’lsa, u fikr ifodalanayotgan 
paragrafda o’z fikriga ko’ra, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalangan paragrafda tavsiflangan 
jihatning ahamiyatliligiga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: 
(a) 
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan 
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning 
qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilmaganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur 
hosil qilish imkonini bermasligini); yoki
(b)
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan 
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish 
uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanmaganligini.
Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr 
bildirishdan bosh tortayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda quyidagilarni ko’rsatishi lozim:
(a) 
Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan 
jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli auditor auditorlik fikrini bildirish uchun asosni 
ta’minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmagan; va, tegishli 
ravishda,
(b) 
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirmaydi. 
Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning javobgarligi tavsifi 
Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning javobgarligi tavsifiga 
auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan auditorlik fikrini bildirishga asosni 
ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir, deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritishi lozim.
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr 
bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafiga moliyaviy 
hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi 
lozim. Shuningdek, auditor auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat 
quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim: 
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz Auditning Xalqaro 
Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh 
tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik 
fikrini bildirish uchun asosni ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga 
ega bo’lganimiz yo’q”.
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar 
1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha 
izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy fikr 
bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi).
3-misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi 
tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 
4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli auditorlik 
dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan 
auditorlik hisoboti (xulosasi). 
5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida etarlicha tegishli 
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish 



Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish