O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Tahliliy amallarning turlari va ularni tekshiruvda qo’llash tartibi



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

2.Tahliliy amallarning turlari va ularni tekshiruvda qo’llash tartibi 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini tarmoqning 
o’rtacha ko’rsatkichlari bilan solishtirganda, auditor shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tahlil 
qiladi. Bunda auditor shularni hisobga olishi kerakki, tarmoq ko’rsatkichlari mazkur xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt ko’rsatkichlari bilan mutanosib bo’lmasligi mumkin, shuningdek xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar turli hisob siyosatidan foydalanishi ham mumkin. 
Auditor tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini 
moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ma’lumotlar (nobuxgalterlik ma’lumotlari) bilan 
solishtirish usuli qo’llangan taqdirda, auditor foydalanilayotgan nobuxgalterlik ma’lumotlarining 
aniqligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Hisobotning fakt ko’rsatkichlarini avvalgi davrlar ma’lumotlari bilan solishtirish jarayonida 
auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish bosqichidayoq ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini 
belgilab oladi. Ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini aniqlashning keng tarqalgan usullari 
quyidagilardir: 
- Buxgalteriya balansi moddalarini solishtirish va ulardagi jiddiy o’zgarishlar tahlili; 
- Moddalardagi o’zgarishlarni boshqa moddalardan o’zgarishlar bilan solishtirganda 


o’zgarishlarni tahlil qilish. Mazkur holda ehtimolli tavakkalchilik sohasi, bir ko’rsatkichdagi 
o’zgarish iqtisodiy tabiatiga ko’ra boshqa ko’rsatkichdagi o’zgarishga muvofiq kelmaganida 
aniqlanadi. 
Tahliliy amallarni qo’llash tahlil etilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi sababiy-oqibat 
aloqasining mavjudligiga asoslanadi. 
Tahliliy amallarning maqsadlari xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchiliklar sohasini 
belgilovchi gayrioddiy yoki noto’gri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki mavjud 
emasligini aniqlash, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish, moliyaviy hisobot buzilishi 
faktlarini aniqlash, mufassal auditorlik tadbirlari sonini qisqartirish, yuzaga kelgan savollarga javob 
olish maqsadida testdan o’tkazishni ta’minlashdan iborat. 
Tahliliy amallarni qo’llash natijasida auditorga auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq 
tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish orqali auditdagi tavakkalchilik darajasini belgilash 
imkoniyatini, boshqa auditorlik tadbirlari soni va hajmini qisqartirishga, auditorga audit vaqtida 
uning asoslangan, e’tiborli fikrini shakllantirishga yordam beradi hamda qo’shimcha auditorlik 
tadbirlarini talab etuvchi tekshiruv sohalari aniqlab berishi mumkin bo’lgan moliyaviy 
muammolarning mavjudligini uzil-kesil tekshirish vazifasini bajaradi. Tahliliy amallar auditning 
butun jarayoni davomida bajariladi. 
Oddiy solishtirish. Hisobot davrida biror-bir ko’rsatkichning o’zgarish tamoyillarini va 
ularning kelgusi yoki o’tgan davrlardagi tarqalishini aniqlash; biror-bir ko’rsatkichlar o’rtasida 
miqdoriy o’zaro aloqadorliklarni kelgusi yoki o’tgan davrlarda ularning qiymatlarini hisoblab 
chiqish maqsadida aniqlash. 
Tahliliy amallar yigma moliyaviy hisobotga ham, alohida balansga ajratilgan tarkibiy 
bo’linmalarga ham qo’llanishi mumkin. Tahliliy amallar natijalarining ishonchliligi auditor 
tomonidan aniqlanmaganlik tavakkalchiligi, ichki xo’jalik tavakkalchiligi va nazorat vositalari 
tavakkalchiligi darajasining to’gri baholanishiga bogliq. 
Tahliliy amallarning ishonchliligiga ko’rib chiqilayotgan hisobvaraq bo’yicha qoldiqlarning 
muhimlik darajasi; ayni bir tekshiruv ob’ektiga yo’naltirilgan boshqa tahliliy amallar natijalari; 
tahliliy amallarni bajarishda qo’llanadigan ko’rsatkichlarning tafovut miqdorlari; tahliliy amallarni 
bajarishda nobuxgalterlik ma’lumotlari ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.: 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashda tahliliy 
amallarning quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin: 
-
gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan 
davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi; 
-
vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlarning tarkibiy tuzilmasi 
o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni qoplovchi manbalarining hisobot 
davridagi tarkibi va uni utgan davrga nisbatan o’zgarishi ifodalanadi; 
-
nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqa o’rganiladi. 
Masalan, korxona mablag’larining va ularning manbalari o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va 
ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa ifodalanadi; 
-
taqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida bo’limlari moliyaviy 
holati bilan taqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati 
bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi. 
Tahliliy amallar, shuningdek, sub’ekt faoliyatiga asoslangan masalan, yalpi foydaning foiz 
nisbati, istiqbolli namunaga muvofiq bo’lishi kutilayotgan moliyaviy ma’lumotlar elementlari 
o’rtasidagi hamda moliyaviy ma’lumot va tegishli ravishda moliyaviy tavsifga ega bo’lmagan 
ma’lumot, masalan, ish haqi bo’yicha xarajatlar va xodimlar soni o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni 
ko’rib chiqadi. 
Auditor tahliliy amallarni qo’llashda foydalaniladigan ma’lumotlarni tayyorlashda nazorat 
test sinovlaridan, agar bu mavjud bo’lsa, o’tkazish to’g’risida masalani ko’rib chiqishi lozim. Agar 
bunday nazorat samarali bo’lsa, auditor ma’lumot ishonchligi va binobarin, tahliliy amallar 
natijalariga ko’proq ishonch hosil qiladi. Moliyaviy bo’lmagan ma’lumot bo’yicha nazorat 


 
ko’pchilik holatlarda buxgalteriya hisobiga taalluqli bo’lgan nazorat bilan birgalikda test sinovidan 
o’tkazilishi mumkin. Masalan, sub’ekt tomonidan sotilgan tovarlar bo’yicha hisobvaraq 
fakturalarga ishlov berish yuzasidan belgilangan nazorat sotilgan mahsulot birligini hisobga olishni 
yuritish yuzasidan nazoratni ham qamrab olish mumkin. Bunday vaziyatlarda, auditor sotilgan 
birliklar hisobi yuzasidan nazorat testlarini sotilgan tovarga oid schyot-faktura moddalarini qayta 
ishlash yuzasidan nazorat testlari bilan birga o’tkazishi mumkin. Auditorlik dalillarni to’plash 
maqsadida test o’tkazish uchun moddalarni tanlab olish darkor. Buning uchun, auditorlik amallarni 
ishlab chiqishda auditor test sinovlarini o’tkazishda moddalarni ajratib olishning tegishli usullarini 
aniqlashi lozim.

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish