qolgan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya talab qilishga haqlimi va buni korxona to’lab
berishi lozimmi?
19.
Vakillik xarajatlari me’yorlashtiriladimi, ular uchun qanday me’yor belgilangan?
Masala. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 25
645,4 ming so‘mga 100 foizli oldindan to‘lov sharti bilan sotgan. Ushbu sotilgan mahsulotning
tannarxi 27 535,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Yuqoridagi muomalalar korxona buxgalteri
tomonidan quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan:
T/r
Xo‘jalik operatsiyasi
mazmuni
So‘mma,
ming so‘mda
Schotlar
Korresponden-
siyasi
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1
Mahsulot uchun oldindan to‘lov
kelib tushdi
25 645,4
6310
5110
Hisobraqamdan
ko‘chirma
2
Sotilgan mahsulotning haqiqiy
narxi hisobdan chiqarildi
27 535,6
2810
9110
Yukxati, hisobvaraq-
faktura
3
Mahsulot sotilishidan tushgan
daromad aks ettiriladi
25 645,4
9010
4010
Buxgalteriya hisob-
kitob-ma’lumotnomasi
4
Avans to‘lovini hisobga olinishi
aks ettiriladi
25 645,4
4010
6310
Olingan bo‘naklar
hisobining qaydnomasi
5
Realizatsiya bo‘yicha moliyaviy
natija aks ettiriladi (9110 va 9010
schotlarining yopilishi)
27 535,6
25 645,4
9110
9910
9910
9010
Olingan bo‘naklar
hisobining qaydnomasi
6
YAST hisoblandi
1 376,78
6410
9820
Buxgalteriya hisob-
kitobi
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga
olinganligini tekshirib
auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. “ALSCOM” kompaniyasida 2012 - yil bo‘yicha quyidagi moliyaviy natija
aniqlangan. Kompaniyaning soliqqa tortilgunga qadar foydasi 2500 000$ ni tashkil etgan.
Buxgalteriya hisoboti bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori 100 000$, soliq hisoboti
bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori esa 120 000$ ni tashkil etadi. Kompaniya bank
kreditidan foydalanganligi uchun, bankka 50 000$ miqdorida foiz to‘lovlarini to‘lagan.
Markaziy
bank tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasi bo‘yicha foiz xarajatlari 40 000$ ni tashkil etadi Soliq
stavkasi 10% Kompaniya 2008 - yil uchun budjetga 25 000$ daromad solig‘i to‘lagan .
Talab qilinadi:
1.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim
Masala. OAJ umumbelgilangan tartibdagi soliq to‘lovchi hisoblanadi. Jamiyat tarkibida mustaqil
balansga va alohida hisobraqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanuvchi 8 ta sho‘ba korxona
mavjud. Auditorlik tekshiruvi jarayonida mijoz-korxona tomonidan auditorlarga quyidagi masalalar
bo‘yicha amaliy maslahatlar berish talab etildi.
Shu’ba korxonalar yil yakuni bo‘yicha jamiyatga topshirgan balanslari yig‘ilgan holda
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida olingan sof foyda taqsimlanadi.
Sof foydaning dividend
uchun yo‘naltirilgan qismi aksiyadorlarga (yuridik va jismoniy shaxslarga ) egalik qilayotgan
aksiyasiga qarab taqsimlanadi, taqsimlangan dividend uchun dividend solig‘i kim tomonidan,
qanday tartibda to‘lanadi?
Quyidagi qayd etilgan ko‘rsatkichlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning (2-son
shaklning) qaysi satrlarida aks ettiriladi:
a) jamiyatni saqlash uchun sho’ba korxonalaridan kelib tushgan to‘lovlar (daromadlar);
b) sho’ba korxonalarimiz tomonidan bizning hisobraqamga o‘tkazilgan dividendlar;
v) sho’ba korxonalarimiz tomonidan korxonamiz hisobiga o‘tkazib berilgan to‘lovlar hisobidan
amalga oshiriladigan korxonani boshqarish va boshqa maqsadlardagi xarajatlar.
Talab qilinadi:
1.
Auditorlar tomonidan OAJ buxgalterlariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha
qanday amaliy
tavsiyalar yoki maslahat-tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. Chakana savdo korxonasi 10 to‘plamdagi oshxona servizini har bir to‘plam uchun
750 ming so‘m narx bo‘yicha sotdi. Bir to‘plam servizning xarid qiymati - 650 ming so‘mni tashkil
qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar buxgalteriya hisobida
quyidagi tartibda aks ettirilgan:
T/r
Xo‘jalik operatsiyalari-
ning mazmuni
So‘mma,
ming so‘m
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1.
Sotilgan
servizlarning tan-
narxi hisobdan chiqarildi
6 500
9220
2820
Kassa
kirim
orderi,
buxgalteriya
hisob-
kitobi
2.
Servizlarni
sotishdan
olingan daromad aks ettirildi
6 500
5110
9120
Kassa kirim orderi
3.
Sotilgan servizlar bo‘yicha
savdo ustamasi hisobdan
chiqarildi
2 000
2880
9220
Buxgalteriya
ma’lumotnoma-hisob-
kitobi
Do'stlaringiz bilan baham: