tashkil qiladi. Korxona buxgalteri tomonidan mazkur holda to‘liq
amortizatsiyalangan mebel
to‘plamining tugatilishidan olingan daromad 92 ming so‘m (1050 - 1050 + 92), deb baholagan.
Korxona buxgalterining fikricha, korxonada to‘liq amortizatsiyalangan mebel to‘plamining
tugatilishidan olingan daromad (92 ming so‘m) bo‘yicha YASTni hisob-kitob qilishda soliq
majburiyatlari vujudga kelmaydi. Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida mebel
to‘plamining hisobdan chiqarilishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettirilgan:
T/r
Xo‘jalik
operatsiyalarining
mazmuni
So‘mma
(ming so‘m)
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1 Mebellar to‘plami tuga-
tilishida tiklash qiymatini
hisobdan
chiqarish
1 030
9310
0140
Asosiy vositani hisobga
olish inventar varaqasi,
asosiy vositalarni qabul
qilish dalolatnomasi
2 Mebellar to‘plamining hi-
soblangan eskirish so‘m-
masini hisobdan chiqarish
1 000
1080
9010
hisoblash qaydnomasi,
limit-zabor kartalari
3 8510-hisobvaraq bo‘yicha
qoldiqni (saldo)
hisobdan
chiqarish
62
8310
9310
Qayta baholash qayd-
nomasi, schot fakturalar
4 Mebellar to‘plamini tuga-
tishda moliyaviy natijani aks
ettirish
80
9010
9110
Buxgalteriya hisob-ki-
tobi, inventar kartochka-
lar, moliyaviy hisobot
shakllari
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi
750000 so‘m, amortizatsiya 250000 so‘mlik subyekt yetishmasligi aniqlandi. Hisobot yilining
dekabr oyida bu subyekt shartnomaga ko‘ra uning narxi 166000 so‘m amortizatsiya o‘tkazish
paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan.
Auditorlik tekshiruvi
jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter
tomonidan o‘z vaqtida hisobga olingmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo‘jalik muomalalari
hisobot yilining 31 - dekabrigacha bo‘lgan holati bo‘yicha buxgalteriya hisobi schetlarida aks
ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘ldi.
Talab qilinadi:
1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘liq va to‘g‘ri hisobga olinganligini
tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini rasmiylashtiring.
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. “DSHS” korxonasi mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona 2005-yilda
tashkil topgan. 2012-yilda mebellarni obshivka qilishga moslashgan uskuna sotib olgan va hisob
siyosatiga muvofiq tezlashgan amortizatsiya usulidan foydalanadi.
Uskunani 2012-yildagi sotib olish bahosi 1000000 so‘m bo‘lgan. foydali xizmat muddati 5
yil va tugatish qiymati 100000 so‘mni tashkil etgan.
1 - yil 1000000-40 %;
2 - yil 600000-40 %;
3 - yil 360000-40%;
4 - yil 216000-40%;
5 - yil qoldiq-29600;
Shu yilda amortizatsiya hisoblanishi kerak edi. Lekin xarajatlarni kamaytirish maqsadida
buxgalter yillar yig‘indisi usulini tanlagan.
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Yo‘l qo‘yilgan xatolik va shu xatoliklarning korxonaga ta’sirini aniqlang?
Masala. Chakana savdo korxonasi 160,0 ming so‘mlik bolalar assortimentidagi tovarlarni
tekinga berdi. Tovarlarning xarid qilish qiymati - 160,0 ming so‘m.
Mazkur hol qanday soliq
oqibatlariga olib keladi keltirgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan aks
ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: