O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN” Rektor v.v.b.
_____________B.S. Mirzayev
202___ yil “___”__________
“KELISHILDI” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi____________________
202___ yil “_____”___________
Ro‘yxatga olindi: №BD-60720600-YOF211010 202__ yil “___”____
YARIM O‘TKAZGICHLAR FIZIKASI FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
700000 – Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
Ta’lim sohasi:
720000 – Ishlov berish va ishlab chiqarish sohalari
Ta’lim yo‘nalishi:
60720600 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
(yarim o‘tkazgichlar va lazer texnologiyasi)
Fan/modul kodi YOF2110
O‘quv yili 2021-2022
Semestr 5,6
ECTS - Kreditlar 10
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek/rus
Haftadagi dars soatlari 6
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
YARIM O‘TKAZGICHLIAR FIZIKASI
120
180
300
2.
I. Fanning mazmuni
“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi 60720600- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (yarim o‘tkazgichlar va lazer texnologiyasi) mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr mutaxassisligi o‘quv rejasiga kiritilgan mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Bakalavrlarga kelajakda mustaqil ilmiy–tadqiqot va amaliy ishlab chiqarish jarayonlarida yarimo‘tkazgichli qattiq jismlarni fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha ajrata olishni o‘rgatish; ularning ongida yarimo‘tkazgichlarda va qattiq jismlarda kechadigan optik va fotoelektrik hodisalar, jarayonlar haqida bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning maqsadi va vazifalari – optik asboblar, qurilmalarning xossalari, ko‘rsatkichlarini nazariy hisoblay bilish, qattiq jismli fotoelektron asboblarning tuzilishi va ishlash jarayonlarining fizik asoslarini bilishi, ularning elektrofizik va fotoelektrik ko‘rsatkichlarini o‘lchash usullarini bilishi, mustaqil ravishda laboratoriya ishlarini qo‘ya olishi, tajriba ishlaridagi o‘lchov asboblaridan to‘g‘ri va aniq foydalana olishi optik asboblarni modifikatsiyalash bo‘yicha malaka va tajriba hosil qilishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Yarimo‘tkazgichli materiallarning optik va fizik xossalari” fanining predmeti, vazifasi va manbalari. Yarimo‘tkazgichlar xaqida umumiy tushunchalar
2-mavzu. Xususiy yarimo‘tkazgich va uning xossalari
3-mavzu. Kirishmali legirlangan yarimo‘tkazgichlar, donor va akseptorli aralashmali yarimo‘tkazgichlar
4-mavzu. Zaryad tashuvchilar yashash vaqti. zaryad tashuvchilar dreyf va diffuzion xarakati
5- mavzu. Kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlar, nokristal yarimo‘tkazgichlar.
6- mavzu. Yarimo‘tkazgichlarda kinetik hodisalar.
7- mavzu. Zaryad tashuvchilar xarakatchanligining temperaturaga bogliqligi. Xoll Effekti.
8- mavzu. Ikki turdagi zaryad tashuvchili yarimo‘tkazgichlarda Xoll effekti..
9- mavzu. Termoelektrik xodisalar. Yarim o‘tkazgichlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi
10- mavzu. Elektron va kovaklarning generatsiya va rekombinatsiyasi.
11- mavzu. Muvozanatdagi va nomuvozanatdagi zaryad tashuvchilar. Zaryad tashuvchilarning optik monopolyar generatsiyasi. Maksvell relaksatsiya vaqti.
12- mavzu. Yarim o‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Tashqi elektr maydondagi yarim o‘tkazgich. Termoelektron chiqish ishi. Kontakt potensiallar farqi.
13- mavzu. Nomuvazanat zaryad tashuvchilarning diffuziyasi va dreyfi. Eynshteyn munosabati.
14-mavzu. Yarim o‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Tashqi elektr maydondagi yarim o‘tkazgich. Termoelektron chiqish ishi. Kontakt potensiallar farqi. Metall-yarim o‘tkazgich kontakti. Metall-yarimo‘tkazgich kontaktida tokni tug‘rilanish. Tok to‘g‘rilanishining diodli nazariyasi. Tok to‘g‘rilanishining diffuzion nazariyasi. Elektron va kovakli yarimo‘tkazgichlar kontakti. Tokni p-n-o‘tishda to‘g‘rilanishi.
15-mavzu. Yarimo‘tkazgichlarda sirt xodisalari. Sirt bo‘ylab rekombinatsiya tezligi. Chekli o‘lchamga ega bo‘lgan namunalarda zaryad tashuvchilarning yashash vaktiga sirt rekombinatsiyasinin ta’siri