O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toshkent viloyati Quyi chirchiq tumani 2-son kasb xunar maktabi



Download 0,62 Mb.
bet33/56
Sana27.10.2022
Hajmi0,62 Mb.
#857058
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
дастурлаш тўплам 08 (2)

Mashg‘ulot yakuni:
1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholaydi va rag‘batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish
yuzasidan yo‘riknoma beradi

Baxolari bilan tanishadilar

Topshiriqni yozib oladilar

Mavzu :FOR parametrli takrorlash operatori.
Reja :

    1. Masalalarni yechishda ma’lum amallar

    2. Paskalning xizmatchi so`zlari

    3. Takrorlash parametrining qiymati

Aksariyat masalalarni yechishda ma’lum amallar ketma-ketligini bir necha marta takrorlash zarur bo`ladi. Avvalgi bobda bu kabi masalalar bilan tanishildi va ularni hal qilish uchun takrorlanuvchi algoritmlar tuzdingiz. Endi takrorlanuvchi dasturlar tuzish usullari ko`rib chiqiladi. Takrorlanuvchi dasturlar tuzish uchun takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda ular uchta bo`lib, bu darsda ulardan bittasi - parametrli takrorlash operatori o`rganib chiqiladi. Mazkur operatorning umumiy ko`rinishi quyidagicha: For I: = N1 To N2 Do ; bu yerda For (uchun), To (gacha) va Do (bajar) Paskalning xizmatchi so`zlari; I - butun turli ixtiyoriy o`zgaruvchi bo`lib, u takrorlash parametri deyiladi; N1- takrorlash parametrining qabul qiladigan boshlang`ich qiymati; N2- takrorlash parametrining qabul qiladigan oxirgi qiymati; - takrorlanishi lozim bo`lganoperator yoki operatorlar ketma-ketligi. Takrorlanish tanasini operatorlar ketma-ketligi tashkil etgan bo`lsa, ular albatta begin ko`rsatmasi bilan boshlanib, end; ko`rsatmasi bilan tugallanadi. Takrorlash parametrining boshlang`ich va oxirgi qiymatlari o`zgarmas, o`zgaruvchi yoki ifoda ko`rinishida bo`lishi mumkin. Mazkur operator quyidagicha ishlaydi: 1. Avval takrorlash parametri boshlang`ich qiymatni qabul qiladi; 2. Agar takrorlash parametrining qiymati oxirgi qiymatdan katla bo`lmasa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bajariladi, aks holda takrorlanish to`xtatiladi va boshqarish navbatdagi operatorga uzatiladi; 3. Takrorlash parametrining qiymati bittaga ortadi (unga 1 qo`shiladi) va 2-bandga o`tiladi. For operatori, asosan, takrorlanishlar soni avvaldan ma’lum bo`lganda qo`llaniladi.
Berilgan A[1..21] massivning juft indeksli elementlari yig`indisini hisoblash dasturini tuzing. Yechish. Massivni kiritish va indekslarini qarab chiqish uchun yana takrorlash operatori parametridan, indekslarning juftligini tekshirish uchun NOT(Odd(x)) dan foydalaniladi.
Program Massiv;
Var i:
Integer;
s: real;
a:
array[1..21] of real;
Begin For i:=l to 21 Do Begin WriteLn(`a[`, i, `]= `);
readln(a[i]);
end, S:=0;
For i:=l to 21 Do If NOT(odd(i)) then S:=S+a[i];
WriteLn(`S= S);
readln;
7 End.
Ko`rib turganingizdek, massivlarni kiritish, chiqarish va ularning indekslarini sanash kabi vazifalarni bajarish uchun parametrli takrorlash operatori juda qulaydir. Savol va topshiriqlar
1. Takrorlanuvchi algoritmlarga misollar keltiring.
2. Parametrli takrorlash operatorining ko`rinishi qanday bo`ladi?
3. Takrorlash parametri qanday qiymatlarni qabul qiladi?
4. Parametrli takrorlash operatorining boshlang`ich va oxirgi qiymatlarini izohlang.
5. Takrorlash parametrining qiymatlari chegaralanganmi?
6. Takrorlash operatorining ishlashini tushuntiring.
7. Qanday vaziyatda To o`rniga Downto xizmatchi so`zi qo`llaniladi?
Mashqlar
1. Quyidagi operatorlardagi takrorlanishlar sonini aniqlang.
a) for i:=l to 88 do b:=l;
b) for i:=73 to 161 do m:=2;
d) for i:= -21 to 0 do a:=3;
e) a:=5; b:=34;
for i:=a+7 to b-1 do s:=s+l;
f) a:=5; b:=19;
for i:=a*a to 2*b+8 do s:=s+l;
2. у = 21x 2 + 7x + 1963 funksiyaning qiymatini x ning -5, -4, -3,-2, -1, 0, 1, 2, 3, 4, 5 qiymatlarida hisoblash dasturini tuzing.
3. у = 23x + 1 funksiyaning qiymatini x ning [-15, 5] oraliqdagi butun qiymatlarida hisoblash dasturini tuzing.
4. A[1..17] massiv berilgan. Massivning nolga teng elementlarinining indeksini chiqaruvchi dastur tuzing.
5. у = 2x + 19 funksiyaning qiymatini x ning [0, 10] oraliqda 0,25 qadam bilan hisoblash dasturini tuzing (yo`llanma: i=0 da x=0; i=1 x=0,25; ...; i=40 da x=10).

“Tasdiqlayman”


ICHIB
Direktor o‘rinbosari
__________________
“___”_____20 21_yil


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish