221
KIRISH
O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligining
ilk kunlaridan boshlab, ijtimoiy sohaning
markaziy bo‗g‗ini hisoblangan ta‘lim yo‗nalishiga katta e‘tibor berib kelinmoqda. Ta‘lim
yo‗nalishining to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilishi va oqilona tashkil etilishi mamlakatda olib
borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o‗z vaqtida va to‗liqligicha
bajarilishiga zamin yaratadi. Mamlakat miqyosida davlatning o‗z
funktsiya va
vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‗lgan markazlashgan pul fondi hisoblangan davlat
byudjetini
shakllantirish
bilan
bog‗liq
munosabatlar
―Byudjet-soliq siyosati‖ fanining dolzarbligini ifodalaydi. Shuningdek, jamiyat
sub‘ektlarini moliyaviy mablag‗lar bilan uzviy ta‘minlanishiga qulay sharoit tug‗diradi.
Moliyaviy munosabatlarni oqilona
va odilona tashkil etish, rivojlantirish va
takomillashtirib borishda ―Byudjet-soliq siyosati‖ fani katta ahamiyat kasb etuvchi
fanlardan bo‗lib hisoblanadi.
I.
OʻQUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA‟LIMDAGI
OʻRNI
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish,
milliy
iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko‗tarish, eksportga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish
tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish
Byudjet-soliq siyosatini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o‗zgarishlarni
amalga oshirish, iqtisodiyot
tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda
raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o‗rin egallash,
mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni
amalga oshirish bilan
bevosita bog‗liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning Byudjet-soliq
siyosatidagi ishtiroki ham muhim o‗rin tutadi.
II. O„QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
―Byudjet-soliq siyosati‖ fanining asosiy maqsadi – magistrantlarda Byudjet-soliq
siyosatining mohiyati, uning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari), hozirgi davrdagi Byudjet-
soliq siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, Byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish
vositalari, Byudjet defitsitini kamaytirish – Byudjet
siyosatining markaziy masalasi,
zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishning fundamental
asoslari, soliq yukini engillashtirish – soliq siyosatining eng dolzarb muammosi, soliq
imtiyozlarini oqilona taqdim etish – soliq siyosati samaradorligini ta‘minlash garovi,
Byudjet-soliq siyosatining
zamonaviy dolzarb muammolari, ularga nisbatan
bildirilayotgan e‘tirozlar, muammolarni hal qilish va e‘tirozlarni yumshatish yo‘llari,
O‘zbekistonda Byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning fundamental asoslari
(ustuvor yo‘nalishlari) bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – Byudjet-soliq siyosatining nazariy asoslari;
moliyaviy
siyosatning mazmuni, maqsadi, printsiplari; Byudjet siyosatining mazmun-mohiyati,
222
tarkibiy tuzilmasi, namoyon bo‘lish shakllari; Byudjet jarayoni va Byudjet siyosatining
o‘zaro vobastaligi,Byudjet siyosati va Byudjet
jarayonining bosqichlari, vazifalari,
ishtirokchilari va printsiplari; soliq siyosati va soliq yukini optimallashtirishning o‘zaro
bog‘liqligi; soliq yukining darajasini aniqlash; soliq yuki va uning maksimal darajasi;
soliq yuki va uning soliq to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanishi haqida nazariy-amaliy
bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: