2.Sоzlаsh ishlаrini tеxnik - iqtisоdiy rеjаlаshtirish
133
Pardozlfsh va qog’oz korxonalari korxonalarda uskunalarga texnik
ko’rsatish va ta`mirlash bo’yicha ishlarni rejalashtirish istiqbolli reja, yillik va
oylik reja-grafiklar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Istiqbolli reja, uskunaning o’rnatilish muddati va uning texnik holatidan kelib
chiqqan holda, yil bo’yicha capital va joriy ta`mirlashlarni ketma-ketlikda amalga
oshrishni belgilaydi. U ta`mirlash ishlarini yil bo’yicha bir xil taqsimlanishini
ta`minlashi lozim.
Ta`mirlashning yillik reja-grafigi oylar bo’yicha istiqbolli reja asosida tuziladi
va ta`mirlashdan tashqari uskunlarni nazorat qilish va tekshirishni ham nazarda
tutadi. Har bir uskuna birligini ta`mirlashning taqvimiy reja muddatlari uskuna
ishini hisobga olgan holda amalda ishlangan soatlar va nazorat hamda tekshiruv
natijalari asosida belgilanadi. Ta`mirlash reja-grafigini asosiy ishlab chiqarish
rejasi bilan uyg’unlashtirish uchun bir turdagi uskunalar uchun yil chorakalri va
oylari bo’yicha ta`mirlashda to’xtab turishning bir tekis maksimallashishini va
ta`mirlovchi ishchilarning ishi bilan bir tekis ta`minlashini tashkil qilishi lozim.
Nazorat va tekshiruv grafigini tuzishda profilaktika ishchilarning qabul
qilingan davomiyligi va bu ishlarni bajarish uchun tegishli vaqt me`yorlari hisobga
olinadi.
Ta`mirlash ishlarini rejalashtirishda har bir ta`mirlash turi, nazorat va
tekshiruvning mehnat sarfini, har bir ta`mirlash vaqtidagi to’xtab turishni va
ta`mirlashda o’rtacha yillik to’xtab turish, kasblar bo’yicha ta`minlash
ishchilarning soni, dastgoh, uskunalariga bo’lgan ehtiyoj, ta`mirlash uchun
harajatlar hisoblanishi lozim. Capital ta`mirlashning me`yoriy mehnat sarfi ROT
me`yori bo’yicha belgilanadi, joriy ta`mirlash, tekshiruv va nazoratning mehnat
sarfi, mehnat sarflarining me`yoriy nisbatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ta`mirlash, tekshiruv va nazorat vaqtida uskunalarning to’xtab turishi
chilangarlik, elektr chilangarligi va boshqa ishlarning mehnat sarfiga, ta`mirlash
brigadasi hodimlari soniga va me`yoriy bajarish rejali darajasiga bog’liq.
Uskunalarning to’xtab turishi davomiyligi ta`mirlash-mexanik sexning bir smenali
ishidan kelib chiqqan holda ROT me`yorlarida belgilangan ishlab chiqarish rejasini
134
tuzish uchun uskunalarning to’xtab turishini aniqlashda uskunalr ishining smenasi
hisobga olinishi lozim.
Ta`mirlash bilan band bo’lgan ishchilarning soni tegishli kasblar
(chilangarlar, elektr chilangarlari, dastgohlari va b.)bo’yicha o’rtacha yillik mehnat
sarfidan, me`yorni bajarishning rejali darajasidan, bitta ishchining yillik ishlash
vaqtidan kelib chiqib aniqlanadi.Bundan tashqari, formulaga ta`mirlashga taaluqli
bo’lmagan ishlarni hisobga oluvchi zahira (qo’shimcha yuklama) koeffisienti
kiritiladi.
Dastgohli ishlar turlari bo’yicha dastgohlar soni (chilangarlik, frezalash,
narmalash va b.) tegishli dastogli ishlarning o’rtacha yillik mehnat sarfi, zahira
koeffisienti, me`yorni bajarishning rejali darajasi dastgohning asosiy ish vaqti
fondidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tegishli ta`mirlash bo’yicha harajatlar tamirlash mehnat sarfi va ishchining
tariff setkasi (o’rtacha olganda me`yoriy ish sharoitiga ega bo’lgan 4-razryadli
ishbay ishlovchi bo’yicha) bo’yicha hisoblangan ishchilarning tog’ridan-tog’ri ish
haqi, qo’shimcha to’lovlar va qo’shimcha ish haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar,
materiallar va sotib olinadigan ehtiyot qismlarga harajatlar, umumkorxona va
ishlab chiqarishga bog’liq bo’lmagan harajatlardan tashkil topadi. Capital
ta`mirlash va zamonaviylashtirishni moliyalashtirish amortizasiya ajratmalari
hisobiga amalga oshiriladi, uskunalarni joriy ta`mirlash va ularga ta`mirlashlar
orasida xizmat ko’rsatish harajatlari mehnat tannarxiga kiritiladi.
Ta`mirlash-mexanik sexining (TMS) chorak va oylar bo’yicha ish uskunalarni
ta`mirlashning yillik reja-grafigidan kelib chiqib rejalashtiriladi. Bu reja capital va
joriy ta`mirlash ishlarini, tekshiruv va nazoratlarni amalga oshirish, ehtiyot
qismlarini tayyorlash, rasionalizatorlik takliflarini joriy qilish, yangi texnika va
boshqa ishlarni joriy qilish bo’yicha topshiriq
larga ega bo’ladi. TMS rejasini
tuzishda rejali mehnat sarfiga nisbatan 15-30% o’lchamda rejadan tashqari ishlar
uchun zahira ko’zda tutilishi lozim. Tegishli ta`mirlash ishlarining oylik rejasidan
kelib chiqqan holda dastgoh, chilangarlik-yig’ish va boshqa uchastkalar uchun har
135
bir oylik reja ishlabv chiqiladi. Shuni hisobga olish lozimki, ta`mirlash ishlari
rejalari asosiy ishlab chiqarish rejasi bilan qat`iy uyg’unlashishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |