55
Aylanma kapital juda ko’p funktsiyalarni bajaradi. Ular-ning orasidan
quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
takror ishlab chiqarish;
rag’batlantirish;
taqsimlash;
ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’-minlash;
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;
va boshqalar.
Aylanma kapital o’z funktsiyalarini ham pulli,
ham natural-buyum
shakllarida amalga oshiradi.
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funktsional jihatdan quyidagi
ikki tashkil etuvchi belgilab beradi:
aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab
chiqarish fondlari;
muomala fondlari.
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga,
eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan ibo-rat bo’lgan quyidagilar kiradi:
xom ashyo va asosiy materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar;
yoqilg’i;
qadoqlash va qadoqlash materiallari;
joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
inventarlar va xo’jalik buyumlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari;
o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari;
kelgusi davr xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
56
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala
fondlarining tarkibi quyidagilardan iborat
4
:
tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan
tovarlar, ortib
jo’natilgan tovarlar;
pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta
hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisobvaraqlari (akkreditivlar va chek
daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, bosh-qa to’lov hujjatlari);
qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda)
moliyaviy
qo’yilmalar – boshqa XYuSlar qimmatli qog’ozlariga in-vestitsiyalar, davlat va
mahalliy zayomlarning foizli obligatsiya-lari, boshqa XYuSlarga berilgan
zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish;
debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari,
sotib oluv-chilar va
buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, sho’ba va bo’ysunuvchi
jamiyatlarning qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari,
berilgan avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari.
Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakl-lantiriladi va
aylanma fondlarning iqtisodiy elementlariga pulli kapitalni doimiy avanslashtirish
ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’larining doiraviy aylanishi
XYuS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy
resurslar qiy-matining
to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mah-sulotni realizatsiya qilishdan
olingan tushum ko’rinishida qay-tishi bilan tugallanadi.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiy-mat kategoriyasi
sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismla-rining funktsional shakllarini
uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari – xom
ashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – tushum
ko’ri-nishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda
aylanma kapital kompa-niya
moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisob-lanadi.
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalash-tirish manbalari
quyidagilardan iborat:
4
Marcia Cornett, Troy Adair, Finance: Applications and Theory, 2014
57
o’zlik va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;
qarz va jalb qilingan mablag’lar.
O’z navbatida, aylanma mablag’larni shakllantirish va mo-liyalashtirishning
o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav kapitali;
foyda;
emission daromad.
Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi.
O’zlikka tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYuS
aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan
iborat. Ish haqi va ijtimoiy sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha
garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda vaq-
tinchalik foydalanilishi mumkin.
Qarz mablag’lari o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga
mo’ljallangan. Ularning tarkibiga:
banklarning qisqa muddatli kreditlari;
zayomlar;
uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi.
Jalb qilingan mablag’lar:
mol etkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarz-lari;
to’lanuvchi veksellar;
“qiz” XYuSlar va bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet ol-didagi
qarzlar;
olingan avanslar;
va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi.
Aylanma
kapitalning
foydalanish
samaradorligini
tavsif-lovchi
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’lar
aylani-shining soni va
aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoq-ligi hisoblanadi va ular
quyidagicha aniqlanadi: