O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-MAVZU. MOLIYA VA KAPITALNING TARKIBIY TUZILMASI



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

7-MAVZU. MOLIYA VA KAPITALNING TARKIBIY TUZILMASI 
REJA: 
1.Kapitalning iqtisoliy tabiati va tasnifi 
2.Xususiy kapital va qarz kapitalini baholash 
1.Kapitalning iqtisoliy tabiati va tasnifi 
Iqtisodiyot nazariyasida 4 ta omil ajratiladi: kapital, yer, ishchi kuchi va 
menejment (ishlab chiqarishni boshqarish). 
Yo‘naltirilishiga ko‘ra tadbirkorlik va ssuda kapitali mavjud. Tadbirkorlik 
kapitali foyda olish va korporatsiyani boshqarish maqsadida yo‘naltiriladi. Ssuda 
kapitali foizlilik, muddatlilik, qaytarishlik va kafolat asosida joylashtiriladi. 
Xullas, kapital korporatsiya resurslarining manbalari (balansning passivi) 
bo‘lib, daromad keltiradi. 
Unumli kapitalning asosiy va aylanma kapitalga bo‘linishi asosida ularning 
o‘z qiymatini mahsulotga (xizmat) alohida usul bilan o‘tkazishi yotadi. Agar bu 
hol bo‘lmasa, ular ishlab chiqarish vositalari bo‘lib qoladi. Bundan asosiy va 
aylanma kapitalni farqlashning hal qiluvchi belgisi qiymatini mahsulotga 
ko‘chirish usuli hisoblanadi. Shu sababli ashyoviy – buyum shakli va iqtisodiy 
faoliyatdagi roli u yoki bu mehnat vositasini asosiy yoki aylanma kapitalga kiritish 
uchun boshlang‘ich holat bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Asosiy kapital iqtisodiy faoliyat jarayonida bir necha davr davomida 
qatnashib, o‘z qiymatini mahsulot (xizmat)ga sekin-asta, butun xizmat qilish davri 
davomida va ma’lum ulushlar bilan o‘tkazadi. Aylanma kapital esa iqtisodiy 
faoliyatning bir davri davomida qatnashib, o‘z qiymatini tayyorlangan mahsulotga 
to‘lig‘icha o‘tkazadi va ashyoviy – buyum shaklini yo‘qotadi. Asosiy va aylanma 
kapitalning bu xususiyatlari ularning aylanishi va qiymatining qoplanishidagi 
farqlarni belgilab beradi.
Unumli kapitalning ko‘pchilik tarkibiy qismlari ashyoviy buyum shaklini 
o‘zgartiradi (qishloq xo‘jaligida ko‘p yillik daraxtlar, chorva mollari va h. k. ) yoki 
buyum shaklida yaratilayotgan mahsulotga kirmaydi (toshko‘mir, gaz, yoqilg‘i-
moylash materiallari, elektroenergiya kabilar). Bundan tashqari, foydalanish 
tavsifiga bog‘liq ravishda ayrim mehnat vositalari va predmetlari ham asosiy va 
ham aylanma kapital ko‘rinishida chiqishi mumkin. Bunga yer, ishchi va 
mahsuldor hayvonlarni misol qilib keltirish mumkin.
Unumli kapitalning alohida turlari ko‘p hollarda ham ishlab chiqarish vositasi 
va ham iste’mol buyumi sifatida amal qilishi mumkin. Masalan, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari bevosita iste’mol qilinishi va ayni bir vaqtda, qayta ishlovchi sanoat 
tarmoqlarida aylanma kapital sifatida foydalanilishi mumkin.
Bu mulohazalardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, ishlab chiqarish 
vositalarining o‘z buyum shaklini saqlash yoki o‘zgartirishi, buyum shaklida 
mahsulot tarkibiga kirishi yoki kirmasligi, iqtisodiy faoliyat va qiymatning hosil 
bo‘lish jarayonlaridagi roli unumli kapitalning asosiy va aylanma kapitalga 
bo‘linishida asosiy mezoni sifatida chiqmaydi. Shu bilan birga bu holatlar 


111 
«qiymatini o‘tkazish usuli»dan keyin asosiy va aylanma kapitalning xususiyatlarini 
keltirib chiqaradigan navbatdagi muhim belgilardir.
Bu yerda, yana shuni ta’kidlash lozimki, bizning iqtisodiy atamashunoslikda 
foydalanib kelinayotgan, “ishlab chiqarish fondlari” tushunchasi “unumli kapital” 
tushunchasining mohiyatini to‘liq darajada yoritib bermaydi. Birinchidan, u 
mazmun jihatdan nomoddiy ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va boshqa 
iqtisodiy faoliyat sohalaridagi mavjud fondlarni o‘z ichiga olmaydi. Ikkinchidan, 
unumli kapital takror ishlab chiqarishning barcha vositalarini (ehtiyot va zaxiradagi 
kapital) o‘zida aks ettirmaydi.
Unumli kapital tarkibidagi asosiy va aylanma kapital o‘rtasidagi farq ob’ektiv 
ravishda kelib chiqadi. Amaliyotda ularning farqlanishi asosiga ko‘pincha P…P

doiraviy aylanishning davomiyligi qabul qilinadi. Bu davr turli ishlab 
chiqaruvchilar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki ishlab chiqarishning alohida olingan 
bitta omili, bir ishlab chiqaruvchi uchun asosiy kapital, boshqasi uchun esa 
aylanma kapital hisoblanadi. Turli iqtisodiy faoliyat sohalarida takror ishlab 
chiqarish davrlari ham to‘g‘ri kelmaydi, chunki ishlab chiqarish omillari hajmi, 
tarkibi va ulardan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning yo‘nalishi 
(sanoat yoki agrar) va ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi. Bu sohaga yondashishning 
umumiy uslubini ishlab chiqishda, fikrimizcha, doiraviy aylanishning yillik 
davridan kelib chiqish zarur. Mazkur tartib mehnat vositalari va peredmetlari, 
asosiy va aylanma kapitalni farqlashga ham asos qilib olinsa to‘g‘ri bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, doiraviy aylanish jarayonlarida ishlab chiqarish va 
ayirboshlash bir-birini to‘ldiradi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqarish 
ayirboshlash bosqichida, ayirboshlash jarayoni esa ishlab chiqarish bosqichida 
mavjud bo‘ladi.
Mazkur hol iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini o‘zgartirmasada, ishlab 
chiqarish omillariga aylangan unumli kapital turlari bo‘yicha qilinadigan 
xarajatlarni doiraviy aylanish bosqichlari (I-texnik, moddiy, energetik resurslar 
bilan ta’minlash; II-ishlab chiqarish; III-sotish faoliyati) bilan bog‘lash masalasida 
munozara tug‘diradi. Chunki hozirgacha amaliyotda iqtisodiy faoliyat omillari, 
unumli kapital va kapitalning doiraviy aylanish bosqichlari bo‘yicha xarajatlar 
hajmini umumlashtirish uchun kerakli ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilmagan. 
Bunday ko‘rsatkichlar unumli kapitallarning ishlab chiqarish va ayirboshlash 
jarayonlarida uzluksizligini ta’minlash maqsadida faoliyat turlari bo‘yicha 
bog‘liqlik darajasini, qiymatning doiraviy aylanish bosqichlari bo‘yicha harakatini 
aniqlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirishning mavjud rezervlarini qidirib topish 
va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun zarur bo‘lur edi.
Asosiy kapitalning takror ishlab chiqarish va doiraviy aylanish jarayonidagi 
harakatini nazariy hamda amaliy tahlil qilishda ularni turkumlash orqali tuzilishini 
ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shu sababli asosiy kapitalning an’anaviy tarmoq va texnologik tuzilishi bilan 
birga, ularning iqtisodiy faoliyati sohalari bo‘yicha (ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish va iqtisodiy nafli ish bajarish sohalari) tuzilishini ishlab chiqish ob’ektiv 
zaruriyat hisoblanadi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish