O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

 
VII.
 
FAN BO‘YICHA KURS ISHI 
 
Kurs ishi tasdiqlangan o‘quv rejada ko‘zda tutilgan ta’lim yo‘nalishlarida 
bajariladi. “Moliya” fani bo‘yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo‘yicha natijalarni 
umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir. 
Kurs ishi “Moliya” fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning 
rivojlanish tendensiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak. 
Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan 
natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda 
rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi 
- bu qo‘yilgan savollarning o‘zaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta’minlashdir. 
Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to‘g‘ri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi 
va vazifalarini aniq qo‘yish hamda ko‘zlangan natijaga erishish yo‘llarini, 
shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini to‘g‘ri tanlashga imkon yaratadi. 
Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga 
izlanishning oldiga qo‘yilgan maqsad hamda natijalarini to‘g‘ri ifodalash, fikrlarni 
bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini 
beradi. 
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan yetukligi hamda “Moliya” fani bo‘yicha 
chuqur bilimga va amaliy ko‘nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs ishida 
o‘rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarni, qo‘yilgan 
ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni ko‘zlagan 
holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba kurs ishi 
bo‘yicha izlanish natijalarini yoritishda mamlakatimizda moliyaviy munosabatlarni 
tashkil qilishning o‘ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini 
o‘zimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda O‘zbekistonda 
iqtisodiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlarini, belgilangan muammolarning 


335 
yechimini topish yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya 
etadi. 
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi: 

o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur 
tahlil qilish; 

kurs ishida chizma va jadvallarni muayyan tizimga keltirilgan holda 
rasmiylashtirish; 

kurs ishi bo‘yicha to‘plangan materiallarni tanqidiy o‘rganish; 

xulosa va tavsiyalarning asoslab berilishi; 

talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayyan izchillikda bayon 
qilinishi; 

qo‘yilgan talablar bo‘yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi. 


Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish