1. Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning asosiy vositalarni hisobga olishdagi o`rni va ahamiyati.
Asosiy vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko`proq
vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida
ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy
aktivlardir (BXMA №5 ning 7-bandi). Asosiy vositalarga binolar, inshootlar,
transport vositalari, uzatuvchi moslamalar, ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari
va h.k. kiradi. Fermer xo`jaliklarida mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko`p yillik
daraxtlar va h.k. ham asosiy vositalar tarkibiga kiradi. Asosiy vositalarga yerlarni
meliorativ holatini yaxshilash uchun qilingan kapital sarflar ham kiradi.
Fermer xo`jaliklarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish va ular bilan
ta`minlanish darajasini oshirish, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini
oshirish bo`yicha tavsiyalar, me`yoriy hujjatlar mavjud bo`lib, ularning bitiruv
malakaviy ishini bajarishda foydalanilganlarini ko`rib chiqamiz.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog`liq
munosabatlar ushbu Qonun hujjati bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonun 24
moddadan iborat bo`lib, unda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari (2–
modda), buxgalteriya hisobi subyektlari (3-modda), buxgalteriya hisobi obyektlari
(4-modda), buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish (5-modda),
buxgalteriya hisobini tashkil etish (7-modda), boshlangich hisob xujjatlari (9-
modda), buxgalteriya hisobi registrlari (10-modda), daromadlar va xarajatlarni
hisobga olish (1 3-modda), xususiy kapitalni hisobga olish (14-modda), moliyaviy
hisobot (1 6-modda), moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi (19-modda) kabilar
alohida moddalarda belgilab berilgan. Qonunning 13–moddasi «Daromadlar va
xarajatlarni hisob olish» deb atalib, bunda daromadlar va xarajatlar, to`langan vaqti
va pul kelib tushgan sanadan qat`i nazar, qaysi davri taalluqli bo`lsa, o`sha hisobot
davrida aks ettiriladi, deb yoritilgan.
Mazkur Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda
O`zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me`yoriy tartibga solish
tizimining elementi hisoblanadi. Mazkur standartning maqsadi mulk, xo`jalik
yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo`jalik yurituvchi subyektga
tegishli bo`lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyatini belgilash hisoblanadi.
Ushbu standart 10 paragrafdan iborat bo`lib, unda asosiy vositalarning kelib
tushishi, asosiy vositalarni baholash, asosiy vositalarga o`tkaziladigan kapital
qo`yilmalar, asosiy vositalarni qayta baholash, amortizatsiyani hisoblash, asosiy
vositalarni ta`mirlash, asosiy vositalarning chiqib ketishi, asosiy vositalarni
inventarlash, axborotni ochib berish kabi tushunchalar keng yoritilgan.
Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini
belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo`llaniladigan ularning balans qiymatini va
amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning
balans qiymatidagi boshqa o`zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga
moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish asosiy qoidalar hisoblanadi.
1.“Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning umumiy qoidalari
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda O`zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur standartning maqsadi mulk, xo`jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo`jalik yurituvchi subyektga (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) tegishli bo`lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyotini aniqlash hisoblanadi.
2. Asosiy vositalarni hisobga olishdagi asosiy qoidalar asosiy vositalarning aktiv sifatida tan olish paytini aniqlash, ularning mazkur aktivlarga nisbatan qo`llanilishi shart bo`lgan balans qiymatini va amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o`zgarishlarni va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
3. Mazkur standartda qo`llaniladigan atamalar:
a) asosiy vositalar — korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo`jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish jarayonida yoxud ma`muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar;
b) amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda moliyaviy hisobotlarda ko`rsatilgan aktivning boshlang`ich (tiklash) qiymati summasi. Boshlang`ich qiymati qo`shimcha qurish, qo`shimcha asbob-uskunalar bilan ta`minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish ishlari bo`yicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiyalanadigan qiymat bo`lib, ushbu ishlar tugatilganidan so`ng kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chiqarib tashlagan holda mazkur asosiy vositalar ekspluatatsiyaga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati hisoblanadi;
v) amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va o`tkazish ko`rinishida eskirishning qiymat ifodasi;
g) foydali xizmat muddati — korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo`ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori. Qo`shimcha qurish, qo`shimcha asbob-uskunalar bilan ta`minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo`yicha ishlar tugatilganidan so`ng foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar uchun foydali xizmat muddati bo`lib ushbu ishlar tugatilganidan so`ng mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytdan boshlab korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalaniladigan vaqt davri yoki korxona ushbu asosiy vositalardan foydalanishdan olishni kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori hisoblanadi;
d) boshlang`ich qiymat — asosiy vositalarni yaratish (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo`yicha qilingan xarajatlarning qiymati, shu jumladan to`langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig`imlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog`liq bo`lgan yetkazib berish va montaj qilish, o`rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlar;
e) joriy qiymat — ma`lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo`yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o`rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo`lgan summa;
j) qoldiq (balans) qiymat — jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang`ich (tiklash) qiymati;
z) tugatish qiymati — asosiy vositalarning chiqib ketishi bo`yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog`ida olinadigan aktivlarning kutilayotgan summasi.
4. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o`zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat muddati;
b) bir birlik (to`plam) uchun qiymati O`zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo`lgan buyumlar.
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilash huquqiga ega.Xizmat muddati va qiymatidan qat`iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo`ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;
v) ko`rpa-to`shaklar;
g) kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo);
d) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari;
e) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshooatlar, moslamalar va qurilmalar;
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo`lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to`rlar, to`rlar, jihozlar, merejlar va hokazo).
Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga topshirilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
Ko`p yillik ko`chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar obyektlariga kapital qo`yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qat`iy nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
5. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo`lib inventar obyekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar obyekti sifatida barcha qurilmalari va jihozlariga ega bo`lgan obyekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan ishlarni bajarish uchun mo`ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui — umumiy moslamalarga va jihozlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o`z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli maqsadlarga mo`ljallangan bitta yoki bir nechta buyumlardir.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obyektlar mavjud bo`lganda, har bir bunday obyekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obyekt sifatida tan olinadi.
Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo`lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi.
6. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog`liq iqtisodiy naf kelib tushishiga ishonch bo`lsa;
b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo`lsa.
2-§. Asosiy vositalarning kelib tushishi
7. Mulkka egalik, xo`jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi asosida xo`jalik yurituvchi subyektga tegishli bo`lgan asosiy vositalarning qiymati korxona balansiga kiritilishi lozim.
8. Asosiy vositalar qiymati korxona balansiga:
a) kapital qo`yilmalar tugaganidan so`ng qurilgan obyektni qabul qilish-topshirish;
b) obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha xarid qilish;
v) ta`sischilarning ustav kapitaliga hissalari;
g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo`yicha);
d) ayirboshlash;
e) tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o`tkazish;
j) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo`yicha olish;
z) qiymati aniqlab bo`lingan asosiy vositalarga kapital qo`yilmalar;
i) ortiqcha (hisobga olinmagan) asosiy vositalarni aniqlash;
k) xo`jalik jamiyatining ta`sischilari tarkibidan chiqayotganda yoki tugatilayotgan xo`jalik jamiyatining mulki ta`sischilar o`rtasida taqsimlanayotganda asosiy vositalarni olish;
l) asosiy vositalarga mulkka egalik, xo`jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqini qo`lga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki hodisalar natijasida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |